Bitiruv malakaviy ishi mavzusining maqsadi va vazifalari. Bitiruv malakaviy ishi mavzusining maqsadi O‘zbekiston Respublikasida davlat xaridini samarali tashkil etish shart-sharoitlarini, davlat xaridlari samaradorligini oshirishning xorij tajribalarini o‘rganish asosida davlat xaridini maqbul darajada tashkil etish orqali barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlashga qaratilgan tashkiliy, huquqiy, iqtisodiy va moliyaviy masalalardagi takliflar tizimini ishlab chiqish hamda ularni ilmiy jihatdan asoslab berishdan iborat. Ushbu maqsaddan kelib chiqqan holda, tadqiqotimiz oldiga quyidagi vazifalar qo‘yilgan:
davlat xaridini tashkil qilishning nazariy va huquqiy asoslarini tadqiq
qilish;
davlat xaridini tashkil qilish amaliyotini tahlil qilish;
davlat xaridlarini amalga oshirishda elektron savdolardan foydalanish hamda ularga kichik biznes subyektlarini jalb qilish holati tahlil qilish;
davlat xaridi tizimining oldingi va yangi holatlari qiyosiy tahlilini amalga oshirish;
davlat xaridlarini samarali tashkil qilishning istiqbollari va ustuvorliklarini o‘rganish;
davlat xaridini tashkil qilishning xorij tajribalarini o‘rganish;
izlanishlar asosida davlat xaridlarini samarali tashkil qilishga qaratilgan taklif va tavsiyalar tizimini ishlab chiqish va ularni ilmiy jihatdan asoslash.
Bitiruv malakaviy ishining nazariy va amaliy ahamiyati. Davlat xaridlarini samarali tashkil etishga qaratilgan tadqiqotimiz ushbu yo‘nalishdagi bilimlarning tizimlashtirilganligi, davlat xaridlarini samarali tashkil qilish mexanizmlarining bayon qilinganligi, qator tayanch so‘z va iboralarning mazmunmohiyati tizimlashtirilgan holda yoritilganligi bilan nazariy ahamiyatga egadir. Tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalarning amaliyotga tatbiq etilishi mamlakatimizda iqtisodiyotda raqobat muhitining qaror topishiga, yangi texnologiyalarga asoslangan savdo jarayonlarining yo‘lga qo‘yilishi natijasida xarid jarayonlari samaradorligining oshishiga, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish hajmlarining ko‘payishiga, iqtisodiyotni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash dasturlarining muvaffaqiyatli bajarilishiga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |