Kafedrasi mamatkulov anvar baxtiyarovich


Davlat xaridi tizimining oldingi va yangi holatlari qiyosiy tahlili


Download 1.83 Mb.
bet13/29
Sana20.10.2023
Hajmi1.83 Mb.
#1713730
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29
Bog'liq
DAVLAT XARIDLARI - AUKSION KURS ISHI

2.2. Davlat xaridi tizimining oldingi va yangi holatlari qiyosiy tahlili


Bugungi kunda O‘zbekistonda davlat xaridi tizimini rivojlantirishga hamda mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy yuksalishida ushbu tizimning barcha imkoniyatlarini ekspluatatsiya qilishga katta e’tibor qaratilmoqda. Ushbu jarayonda mazkur sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilinayotgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar davlat xaridining zamonaviy metodlarga asoslangan mutlaqo yangi tizimini ishlab chiqishga qaratilgan. Bu yangi tizim nafaqat davlat xaridi jarayonida yuzaga keladigan sarf-xarajatlarni qisqartirish orqali byudjet mablag‘larini iqtisod qilishni hamda buyurtmachilarning tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga bo‘lgan ehtiyojini maksimal darajada qondirishni ta’minlashni, balki xarid jarayoniga kichik biznes subyektlarini kengroq jalb qilish orqali uning iqtisodiyotga stimul beruvchi mexanizm sifatidagi imkoniyatlarini oshirishni nazarda tutadi.
Davlat xaridining yuqorida ta’kidlangan yangi tizimi 2018-yil 9-aprelda O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunining qabul qilinishi bilan boshlandi. Mazkur Qonun davlat xaridi tizimining yagona huquqiy asosi sifatida yangi bosqichning barcha jihatlarini o‘zida aks ettiradi.
5-jadval

Davlat xaridi oldingi va yangi tizimlarining “davlat xaridi” termini atamasi bo‘yicha qiyosi17


Davlat xaridining umumiy qonuniy ta’rifi

Oldingi tizim

Yangi tizim

O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksida quyidagi ta’rif keltirilgan:
Davlat xaridlari – byudjet tizimi byudjetlarining mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) xaridlari
Mazkur ta’rif faqat byudjet mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan davlat xaridlariga taalluqlidir. Boshqa qonun hujjatlarida davlat xaridi haqida ta’rif berilmagan

O‘zbekiston Respublikasining yangi
“Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi
Qonunida keltirilgan ta’rif:
Davlat xaridi – tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) davlat buyurtmachilari tomonidan pulli asosda olish
Ushbu ta’rif davlat xaridlari sohasidagi barcha munosabatlarda umumiy tarzda amal qiladi

Qiyosiy tahlilimizni davlat xaridining oldingi amal qilgan tizimini “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilingandan keyingi davr bilan muqoyasa qilish orqali amalga oshiramiz.

6-jadval Davlat xaridi oldingi va yangi tizimlarining davlat xaridining asosiy prinsiplari bo‘yicha qiyosi18



Download 1.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling