Davlat xaridining asosiy prinsiplari
Oldingi tizim
|
Yangi tizim
|
Hech qaysi me’yoriy-huquqiy hujjatda davlat xaridining prinsiplari aniqlashtirilmagan edi
|
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonuni 4moddasida davlat xaridining asosiy prinsiplari quyidagicha bayon qilingan: - Davlat buyurtmachisining kasbiy mahorati;
Asoslanganlik;
Moliyaviy mablag‘lardan foydalanishning oqilonaligi, tejamkorligi va samaradorligi;
Ochiqlik va shaffoflik;
Tortishuv va xolislik;
Mutanosiblik;
Davlat xaridlari tizimining yagonaligi va yaxlitligi;
Korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik.
|
Qonun qabul qilunguncha bo‘lgan oraliq bosqichdagi, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-avgustdagi “Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat va korporativ xaridlarini amalga oshirishning zamonaviy shakl va uslublarini yanada joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 3237-sonli Qarori bilan o‘rnatilgan tartib-taomillar muvaqqat xarakterga ega bo‘lganligi uchun ushbu bosqichni tahlil jarayoniga tortmaslikni maqsadga muvofiq deb topdik.
Qonunda davlat buyurtmachisining ikkita yangi toifasi, ya’ni “byudjet” va “korporativ” buyurtmachilar kiritildi.
Byudjet buyurtmachilar:
davlat organlari;
byudjet tashkilotlari va byudjetdan mablag’ oluvchi
davlat maqsadli jamg’armalari. korporativ buyurtmachilar:
davlat korxonalari;
ustav fondida davlat ulushi 50% va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar.
Ustav fondining 50%i va undan ortig’i 50% va undan ortiq miqdorda davlat ulushiga ega yuridik shaxsga tegishli bo‘lgan yuridik shaxslar
7-jadval Davlat xaridi oldingi va yangi tizimlarining davlat xaridi sohasidagi vakolatli organ faoliyati bo‘yicha qiyosi19
Do'stlaringiz bilan baham: |