Kafedrasi mamatkulov anvar baxtiyarovich


Download 1.83 Mb.
bet2/29
Sana20.10.2023
Hajmi1.83 Mb.
#1713730
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
DAVLAT XARIDLARI - AUKSION KURS ISHI

3-bob bo’yicha xulosa 65
XULOSA VA TAKLIFLAR 66
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI 69

KIRISH




Bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi. Ma'lumki, davlat sektorining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojidagi alohida rolidan kelib chiqib, uning uzluksiz va samarali faoliyati uchun zarur tovarlar, xizmatlar va ishlar bilan o‘z vaqtida ta'minlash muhim ahamiyatga ega.
Davlat xaridlari esa ayni shu maqsad yo‘lida xizmat qiladi. Binobarin, davlat byudjeti xarajatlarining kattagina qismi ham davlat xaridlari orqali amalga oshirilib, bunday xaridlar byudjet muvozanatini saqlashga bevosita ta'sir ko‘rsatadi. Shu boisdan davlat xaridlari miqdorini eng maqbul darajada saqlab turish uchun uning yuqori samaradorligini ta'minlash dolzarb masaladir. Bu masalaning hal qilinishi ko‘p jihatdan bugungi kunda davlat xaridlari sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan davlat xaridi jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish bilan bevosita bog‘liqdir. Ushbu holatning ahamiyati haqida muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ham fikr bildirib, “Yaqin kelajakda barcha davlat xaridlarini amalga oshirish va davlat mulkini sotish uchun Internet tarmog‘ida yagona maydon tashkil etish lozim. Bu byudjet xarajatlarini qisqartirish, davlat mulkini samarali boshqarish va katta moliyaviy mablag‘larni iqtisod qilish imkonini beradi”1 deya ta’kidlagan edilar.
Bundan tashqari, davlat xaridi yordamida kichik biznes va sanoatning innovatsion sohalari taraqqiyotini rag‘batlantirish mumkin. Davlat xaridlarining vazifalari shuningdek, raqobat muhitini yaxshilash uchun bu jarayonga ko‘proq xo‘jalik sub'ektlarini jalb qilish, mahalliy korxonalarni xalqaro andozalarga mos sifatli mahsulot ishlab chiqarishga undashdan iboratdir. Mazkur jihatlar bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligini belgilab beradi.
Bitiruv malakaviy ishi mavzusining obyekti va predmeti. Tadqiqoti obyektini O‘zbekiston Respublikasida davlat xaridini tashkil etish jarayonlari va asosiy yo‘nalishlari tashkil etadi. Ilmiy tadqiqot predmeti sifatida O‘zbekiston Respublikasida davlat va korporativ xaridlarni samarali tashkil etish bilan bog‘liq tashkiliy, huquqiy va iqtisodiy munosabatlar majmui tanlab olingan.

Download 1.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling