Nizom 1-bob. Umumiy qoidalar


Download 35.08 Kb.
Sana31.10.2020
Hajmi35.08 Kb.
#139418
Bog'liq
2-VARIANT A. DEXQONOV


O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi to‘g‘risida

NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va javobgarligi, faoliyatini tashkil etish tartibini, shuningdek, uning rahbarlarining funksional vazifalari, huquqlari va javobgarliklarini belgilaydi.

2. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish, raqobat muhitini rivojlantirish, tabiiy monopoliya subyektlari faoliyati ustidan nazorat qilish va tovar-xomashyo birjalarini litsenziyalash sohasida davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.

3. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi o‘z vakolatlarini barcha davlat organlari va tashkilotlari, ularning mansabdor shaxslaridan mustaqil ravishda amalga oshiradi va o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan alohida masalalar bo‘yicha — bevosita O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga bo‘ysunadi va hisobot beradi.

4. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.

5. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.

6. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda hududiy boshqarmalar) va uning tarkibiga kiradigan idoraviy mansub tashkilotlar yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga, bank hisob raqamlariga, shu jumladan, xorijiy valyutadagi hisob raqamlariga ega bo‘ladi.

7. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining rasmiy nomi:

a) davlat tilida:

to‘liq nomi — O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, qisqarilgan nomi — Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi;

b) ingliz tilida:

to‘liq nomi — Antimonopoly Committee of the Republic of Uzbekistan, qisqarilgan nomi — Antimonopoly Committee;

v) rus tilida:

to‘liq nomi — Antimonopolniy komitet Respubliki Uzbekistan, qisqarilgan nomi — Antimonopolniy komitet.

8. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining joylashgan manzili (pochta manzili): 100128, Toshkent shahri, Labzak ko‘chasi, 3.

2-bob. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining tuzilmasi

9. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tizimiga:

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi markaziy apparati;

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalari;



Oldingi tahrirga qarang.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish agentligi (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb ataladi) kiradi.



(9-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1015-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1015/4174-son)

3-bob. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining vazifalari va funksiyalari

1-§. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining vazifalari va funksiyalari

10. Quyidagilar Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining asosiy vazifalari hisoblanadi:

tovar va moliya bozorlarida raqobat muhitini ta’minlash sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;

tovar va moliya bozorlarida raqobat muhiti holatini tizimli tahlil qilish, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustun mavqeni suiiste’mol qilishi, “kartel” kelishuvlari va til biriktirish, insofsiz raqobatni aniqlash va ularga chek qo‘yish;

savdolar, iqtisodiy konsentratsiya va davlat ko‘magini monopoliyaga qarshi tartibga solish;

bozor ishtirokchilariga yuqori likvidli, shu jumladan, tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlardan (ishlar, xizmatlardan) foydalanishda teng shart-sharoitlarni ta’minlash;

qonun hujjatlarining raqobatga ta’sirini baholash, davlat organlarining raqobatni cheklovchi qarorlar qabul qilishiga va shunday harakatlarni amalga oshirishiga yo‘l qo‘ymaslik.

11. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:



a) tovar va moliya bozorlarida raqobat muhitini rivojlantirishning yagona davlat siyosatini amalga oshirish sohasida:

davlat organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining raqobatni rivojlantirish va monopolistik faoliyatni cheklash bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtiradi;

monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobatni himoya qilishni yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;

qonun hujjatlari va huquqni qo‘llash amaliyotini yanada takomillashtirish, raqobatni rivojlantirishni cheklovchi yakka tartibdagi imtiyozlar, preferensiyalar va yengilliklarni bekor qilish bo‘yicha takliflar kiritadi;

monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirish sohasidagi ilg‘or xalqaro tajribani tizimli o‘rganish va joriy etishni amalga oshiradi;

vazirliklar va idoralarni jalb etgan holda tovar va moliya bozorlarida raqobat muhitini yanada takomillashtirishga qaratilgan strategik dasturlar, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarni ishlab chiqadi;

monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirish sohasida xorijiy mamlakatlarning monopoliyaga qarshi kurashish organlari va xalqaro tashkilotlar bilan har taraflama hamkorlikni tashkil qiladi;

raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar va davlat organlarining reyestrini yuritadi va e’lon qiladi;

xo‘jalik yurituvchi subyektlarni insofsiz raqobatchilardan va raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzayotgan davlat organlarining noqonuniy qarorlaridan, ularning mansabdor shaxslarining harakatlaridan (harakatsizligidan) o‘z vakolatlari doirasida himoya qiladi;

tovar yoki moliya bozorlarida xo‘jalik yurituvchi subyektlarga teng shart-sharoitlarni ta’minlash bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlarning davlat organlari va ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan bajarilishini o‘z vakolatlari doirasida nazorat qiladi;



b) tovar va moliya bozorlarida raqobat muhiti holatini tizimli tahlil qilish, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustun mavqeni suiiste’mol qilishi, “kartel” kelishuvlari va til biriktirish, insofsiz raqobatni aniqlash va ularga chek qo‘yish sohasida:

tovar va moliya bozorlarida raqobat muhitining holatini o‘rganadi va xo‘jalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhining ustun mavqeyini aniqlaydi, shaxslar guruhi ishtirokchilarining tarkibini belgilaydi;

ustun mavqeni suiiste’mol qilish, “kartel” kelishuvlari va til biriktirishlarni aniqlash va ularga chek qo‘yish choralarini ko‘radi;

“kartel” kelishuvlar va til biriktirishlar kabi raqobatga qarshi harakatlarning murakkab turlarini aniqlash va ularga chek qo‘yish masalalarida huquq-tartibot organlari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;

davlat organlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlarda monopoliyaga qarshi komplayensni joriy etadi;

ustun mavqeyini egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar va tabiiy monopoliya subyektlarining tovarlariga (ishlariga, xizmatlariga) xarajatlarni kamaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;

yuridik shaxsning individuallashtirilgan vositalariga va tovarni individuallashtirish vositalariga mutlaq huquqni sotib olish bilan bog‘liq insofsiz raqobat holatlarini aniqlaydi;

Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar davlat reyestriga kiritilgan xo‘jalik subyektlari yoki shaxslar guruhi tomonidan ishlab chiqariladigan (ko‘rsatiladigan) tovarlar (xizmatlar) narxlari ustidan monitoring olib boradi;

tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar hamda tabiiy monopoliya subyektlarining davlat reyestrlarini shakllantiradi va yuritadi;

v) savdolar, iqtisodiy konsentratsiya va davlat ko‘magini monopoliyaga qarshi tartibga solish sohasida;

tanlov (tender) va birja savdolarini o‘tkazishda raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni amalga oshiradi;

shaxs yoki shaxslar guruhi tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish, shuningdek, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning birlashuvi va qo‘shib olinishi bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oldindan rozilik berish orqali bozor konsentratsiyasi ustidan nazoratni amalga oshirish;

qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xo‘jalik yurituvchi subyektlarga raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilish borasida davlat ko‘magi ko‘rsatilishi masalalarini ko‘rib chiqadi;

tovar-xomashyo birjalarini litsenziyalaydi hamda ular tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qiladi;

tovar-xomashyo birjalarining litsenziyalari reyestrini yuritadi;

maxsus vakolatli davlat organi bilan birgalikda tovar-xomashyo birjalari a’zolari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda monitoring olib boradi va ushbu qoidalarga tovar-xomashyo birjalari tomonidan rioya etilishini nazorat qiladi;

o‘z vakolatlari doirasida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;

jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi;

g) bozor ishtirokchilariga yuqori likvidli, shu jumladan tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlardan (ishlar, xizmatlardan) foydalanishda teng shart-sharoitlarni ta’minlash sohasida:

yuqori likvidli monopol turdagi mahsulotlarni birja savdolariga qo‘yish to‘g‘risida belgilangan tartibda qarorlar qabul qiladi;

yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlar birja savdolariga qo‘yilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni amalga oshiradi;

tabiiy monopoliya subyektlarini davlat tomonidan tartibga solish mexanizmlarini takomillashtiradi;

tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan tovarlar (xizmatlar) realizatsiya qilinishi tartibiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi va majburiy tarzda xizmat ko‘rsatiladigan iste’molchilar ro‘yxatini belgilash bo‘yicha takliflar kiritadi;

raqobatga qarshi harakatlarni va tartibga solinadigan narxlarning (tariflarning), shuningdek, Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar davlat reyestriga kiritilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar yoki shaxslar guruhi tomonidan ishlab chiqariladigan (ko‘rsatiladigan) tovarlarga (xizmatlarga) monopol yuqori va monopol past narxlarning asossiz o‘sishini aniqlaydi va ularga chek qo‘yadi;

tovarlarning (ishlar, xizmatlarning) tartibga solinadigan narxlari (tariflari) va ustama narxlariga rioya etilishini tahlil va nazorat qiladi;

d) qonun hujjatlarining raqobatga ta’sirini baholash, davlat organlarining raqobatni cheklovchi qarorlar qabul qilishiga va shunday harakatlarni amalga oshirishiga yo‘l qo‘ymaslik sohasida:

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan kiritiladigan va qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini va amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek, boshqa hujjatlarni ularning raqobat muhitiga ta’siri yuzasidan ekspertizadan o‘tkazadi;

normativ-huquqiy hujjatlar loyihalariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish hamda ularni qabul qilish maqsadga muvofiq emasligi bo‘yicha takliflar kiritadi;

raqobat muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan qonun hujjatlari va davlat organlari qarorlarini bekor qilish bo‘yicha takliflar kiritadi.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita, shuningdek, hududiy boshqarmalar hamda unga idoraviy mansub tuzilmalar orqali amalga oshiradi.



Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi markaziy apparatining vazifalari va funksiyalari

12. Quyidagilar Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi markaziy apparatining asosiy vazifalari hisoblanadi:

hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar bilan birgalikda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishini ta’minlash;

tovar va moliya bozorlarida raqobat muhitini ta’minlash sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va amalga oshirish;

tovar va moliya bozorlarida raqobat muhiti holatini tizimli tahlil qilish, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustun mavqeni suiiste’mol qilish, “kartel” kelishuvlari va til biriktirish, insofsiz raqobatni aniqlash va ularga chek qo‘yish choralari ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini nazorat qilish;

savdolar, iqtisodiy konsentratsiya va davlat ko‘magini monopoliyaga qarshi tartibga solishni tashkil qilish;

bozor ishtirokchilariga yuqori likvidli, shu jumladan, tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlardan (ishlar, xizmatlardan) foydalanishda teng shart-sharoitlarni ta’minlash;

qonun hujjatlarining raqobatga ta’sirini baholash, davlat organlarining raqobatni cheklovchi qarorlar qabul qilishiga va shunday harakatlarni amalga oshirishiga yo‘l qo‘ymaslik ishlarini tashkil qilish;

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jismoniy va yuridik shaxslarning monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirish sohasidagi faoliyati muvofiqlashtirilishini ta’minlash;

monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirish sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarini tashkil etish;

monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirish sohasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tadbirlarini tashkil etish;

monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirish sohasida normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish.

13. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi markaziy apparati o‘ziga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va uning rahbariyati faoliyatini tashkiliy va axborot-tahlil jihatidan ta’minlaydi;

O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlarining hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari tomonidan bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlaydi;

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladigan hujjatlarning sifatli va o‘z vaqtida ishlab chiqilishini hamda ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizasi o‘tkazilishini tashkil etadi;

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining hududiy boshqarmalari va unga idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatiga rahbarlik qiladi, muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi faoliyatini huquqiy ta’minlaydi;

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining vakolatiga kiruvchi tezkor, tashkiliy, kadrlar, moliyaviy, ishlab chiqarish-xo‘jalik hamda boshqa masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi;

raqobatni rivojlantirish va monopol faoliyatni cheklash bo‘yicha davlat organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi;

monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobatni himoya qilishni yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;

qonun hujjatlari va huquqni qo‘llash amaliyotini yanada takomillashtirish, raqobatni rivojlantirishni cheklovchi yakka tartibdagi imtiyozlar, preferensiyalar va yengilliklarni bekor qilish bo‘yicha takliflar kiritadi;

monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirsh sohasidagi ilg‘or xalqaro tajribani tizimli o‘rganadi va joriy etadi;

vazirliklar va idoralarni jalb etgan holda tovar va moliya bozorlarida raqobat muhitini yanada takomillashtirishga qaratilgan strategik dasturlar, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarni ishlab chiqadi;

monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirish sohasida xorijiy mamlakatlarning monopoliyaga qarshi kurashish organlari va xalqaro tashkilotlar bilan har taraflama hamkorlikni tashkil qiladi;

raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar va davlat organlarining reyestrini yuritadi va e’lon qiladi;

xo‘jalik yurituvchi subyektlarni insofsiz raqobatchilardan va raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzayotgan davlat organlarining noqonuniy qarorlaridan, ularning mansabdor shaxslarining harakatlaridan (harakatsizligidan) o‘z vakolatlari doirasida himoya qiladi;

tovar yoki moliya bozorlarida xo‘jalik yurituvchi subyektlarga teng shart-sharoitlarni ta’minlash bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlarning davlat organlari va ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan bajarilishini o‘z vakolatlari doirasida nazorat qiladi;

tovar va moliya bozorlarida raqobat muhitining holatini o‘rganadi va xo‘jalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhining ustun mavqeyini aniqlaydi, shaxslar guruhi ishtirokchilarining tarkibini belgilaydi;

ustun mavqeni suiiste’mol qilish, “kartel” kelishuvlari va til biriktirishlarni aniqlash va ularga chek qo‘yish choralarini ko‘radi;

“kartel” kelishuvlar va til biriktirishlar kabi raqobatga qarshi harakatlarning murakkab turlarini aniqlash va ularga chek qo‘yish masalalarida huquq-tartibot organlari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;

davlat organlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlarida monopoliyaga qarshi komplayensni joriy etadi;

ustun mavqeyini egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar va tabiiy monopoliya subyektlarining tovarlariga (ishlariga, xizmatlariga) xarajatlarni kamaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;

yuridik shaxsning individuallashtirilgan vositalariga va tovarni individuallashtirish vositalariga mutlaq huquqni sotib olish bilan bog‘liq insofsiz raqobat holatlarini aniqlaydi;

Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar davlat reyestriga kiritilgan xo‘jalik subyektlari yoki shaxslar guruhi tomonidan ishlab chiqariladigan (ko‘rsatiladigan) tovarlar (xizmatlar) narxlari ustidan monitoring olib boradi;

tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar hamda tabiiy monopoliya subyektlarining davlat reyestrlarini shakllantiradi va yuritadi;

tanlov (tender) va birja savdolarini o‘tkazishda raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni amalga oshiradi;

shaxs yoki shaxslar guruhi tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish, shuningdek, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning birlashuvi va qo‘shib olinishi bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oldindan rozilik berish orqali bozor konsentratsiyasi ustidan nazoratni amalga oshirish;

qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xo‘jalik yurituvchi subyektlarga raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilish borasida davlat ko‘magi ko‘rsatilishi masalalarini ko‘rib chiqadi;

tovar-xomashyo birjalarini litsenziyalaydi hamda ular tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qiladi;

tovar-xomashyo birjalarining litsenziyalari reyestrini yuritadi;

maxsus vakolatli davlat organi bilan birgalikda tovar-xomashyo birjalari a’zolari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda monitoring olib boradi va ushbu qoidalarga tovar-xomashyo birjalari tomonidan rioya etilishini nazorat qiladi;

o‘z vakolatlari doirasida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;

jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etadi;

yuqori likvidli monopol turdagi mahsulotlarni birja savdolariga qo‘yish to‘g‘risida belgilangan tartibda qarorlar qabul qiladi;

yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlar birja savdolariga qo‘yilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni amalga oshiradi;

tabiiy monopoliya subyektlarini davlat tomonidan tartibga solish mexanizmlarini takomillashtiradi;

tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan tovarlar (xizmatlar) realizatsiya qilinishi tartibiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi va majburiy tarzda xizmat ko‘rsatiladigan iste’molchilar ro‘yxatini belgilash bo‘yicha takliflar kiritadi;

raqobatga qarshi harakatlarni va tartibga solinadigan narxlarning (tariflarning), shuningdek, Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar davlat reyestriga kiritilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar yoki shaxslar guruhi tomonidan ishlab chiqariladigan (ko‘rsatiladigan) tovarlarga (xizmatlarga) monopol yuqori va monopol past narxlarining asossiz o‘sishini aniqlaydi va ularga chek qo‘yadi;

tovarlarning (ishlar, xizmatlarning) tartibga solinadigan narxlari (tariflari) va ustama narxlariga rioya etilishini tahlil va nazorat qiladi;

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan kiritiladigan va qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini va amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek, boshqa hujjatlarni ularning raqobat muhitiga ta’siri yuzasidan ekspertizadan o‘tkazadi;

normativ-huquqiy hujjatlar loyihalariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish hamda ularni qabul qilish maqsadga muvofiq emasligi bo‘yicha takliflar kiritadi;

raqobat muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan qonun hujjatlari va davlat organlari qarorlarini bekor qilish bo‘yicha takliflar kiritadi.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining Markaziy apparati qonunchilikka va qo‘mita rahbariyatining topshiriqlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.



Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalarining vazifalari va funksiyalari

Quyidagilar Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalarining asosiy vazifalari hisoblanadi:

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining hududiy boshqarmalariga yuklangan vazifalar va funksiyalarni samarali bajarish;

tovar va moliya bozorlarida raqobat muhiti holatini tizimli tahlil qilish, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustun mavqeni suiiste’mol qilishi, “kartel” kelishuvlari va til biriktirish, insofsiz raqobatini aniqlash va ularga chek qo‘yish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va ular amalga oshirilishini nazorat qilish;

savdolar, iqtisodiy konsentratsiya va davlat ko‘magini monopoliyaga qarshi tartibga solishni tashkil qilish;

bozor ishtirokchilariga yuqori likvidli, shu jumladan, tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlardan (ishlar, xizmatlardan) foydalanishda teng shart-sharoitlarni ta’minlash;

mahalliy davlat hokimiyati organlarining raqobatni cheklovchi qarorlar qabul qilishiga va shunday harakatlarni amalga oshirishlariga yo‘l qo‘ymaslik ishlarini tashkil qili

monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirish iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarini tashkil etish;

monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish, raqobat muhitini rivojlantirish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tadbirlarini tashkil etish;

iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;

iste’molchilarga ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishda yordam ko‘rsatish, iste’molchilar huquqi buzilishi sabablarini tahlil qilish, ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar tayyorlash hamda iste’molchilar huquqi buzilishi holatlarini oldini olish;

aholining iste’molchilik bilimi va savodxonligini oshirishga qaratilgan dasturlarni amalga oshirish;

reklama sohasida nohalol raqobatga va noto‘g‘ri reklamaning yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida reklama bozorini tartibga solish;

iste’mol bozorini, davlat tomonidan narx-navosi tartibga solinadigan tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) narxlarning dinamikasi va narx shakllanishi mexanizmlarini o‘rganish.



(14-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1015-sonli qaroriga asosan sakkizinchi — o‘n uchinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1015/4174-son)

15. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining hududiy boshqarmalari o‘zlariga yuklatilgan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradilar:

hududiy boshqarma va uning rahbariyati faoliyatini tashkiliy va axborot-tahlil jihatidan ta’minlaydi;

hududiy boshqarma faoliyatini huquqiy ta’minlaydi;

hududiy boshqarmaning vakolatiga kiruvchi tezkor, tashkiliy, kadrlar, moliyaviy, ishlab chiqarish-xo‘jalik hamda boshqa masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi;

qonun hujjatlari va huquqni qo‘llash amaliyotini yanada takomillashtirish, raqobatni rivojlantirishni cheklovchi yakka tartibdagi imtiyozlar, preferensiyalar va yengilliklarni bekor qilish bo‘yicha takliflar kiritadi;

monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirish sohasidagi ilg‘or xalqaro tajribani tizimli o‘rganish va joriy etadi;

tovar va moliya bozorlarida raqobat muhitini yanada takomillashtirishga qaratilgan strategik dasturlar, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarni ishlab chiqish bo‘yicha takliflar kiritadi;

o‘z vakolatlari doirasida xo‘jalik yurituvchi subyektlarni insofsiz raqobatchilardan himoya qilishni ta’minlaydi;

tovar yoki moliya bozorlarida xo‘jalik yurituvchi subyektlarga teng shart-sharoitlarni ta’minlash bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlarning mahalliy davlat hokimiyati organlari va ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan bajarilishini o‘z vakolatlari doirasida nazorat qiladi;

tovar va moliya bozorlarida raqobat muhitining holatini o‘rganish va xo‘jalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhining ustun mavqeyini aniqlash, shaxslar guruhi ishtirokchilarining tarkibini belgilaydi;

ustun mavqeni suiiste’mol qilish, “kartel” kelishuvlari va til biriktirishlarni aniqlash va ularga chek qo‘yish choralarini ko‘radi;

“kartel” kelishuvlar va til biriktirishlar kabi raqobatga qarshi harakatlarning murakkab turlarini aniqlash va ularga chek qo‘yish masalalarida huquq-tartibot organlari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;

ustun mavqeyini egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar va tabiiy monopoliya subyektlarining tovarlariga (ishlariga, xizmatlariga) xarajatlarni kamaytirish bo‘yicha takliflar kiritadi;

yuridik shaxsning individuallashtirilgan vositalariga va tovarni individuallashtirish vositalariga mutlaq huquqni sotib olish bilan bog‘liq insofsiz raqobat holatlarini aniqlaydi;

Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar davlat reyestriga kiritilgan xo‘jalik subyektlari yoki shaxslar guruhi tomonidan ishlab chiqariladigan (ko‘rsatiladigan) tovarlar (xizmatlar) narxlari ustidan monitoring olib boradi;

tanlov (tender) va birja savdolarini o‘tkazishda raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan belgilangan tartibda nazorat qiladi;

shaxs yoki shaxslar guruhi tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish, shuningdek, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning birlashuvi va qo‘shib olinishi bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oldindan rozilik berish orqali bozor konsentratsiyasi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xo‘jalik yurituvchi subyektlarga raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etish borasida davlat ko‘magi ko‘rsatilishi masalalarni ko‘rib chiqadi;

yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlar birja savdolariga qo‘yilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni amalga oshiradi;

tabiiy monopoliya subyektlarini davlat tomonidan tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritadi;

tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan tovarlar (xizmatlar) realizatsiya qilishini tartibiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish va majburiy tarzda xizmat ko‘rsatiladigan iste’molchilar ro‘yxatini belgilash bo‘yicha takliflar kiritadi;

raqobatga qarshi harakatlarni va tartibga solinadigan narxlarning (tariflarning), shuningdek, Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar davlat reyestriga kiritilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar yoki shaxslar guruhi tomonidan ishlab chiqariladigan (ko‘rsatiladigan) tovarlarga (xizmatlarga) monopol yuqori va monopol past narxlarning asossiz o‘sishini aniqlash va ularga chek qo‘yadi;

tovarlarning (ishlar, xizmatlarning) tartibga solinadigan narxlari (tariflari) va ustama narxlariga rioya etilishini tahlil va nazorat qilish;

normativ-huquqiy hujjatlar loyihalariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar bo‘yicha takliflar kiritadi;

raqobat muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan qonun hujjatlari va davlat organlari qarorlarini bekor qilish bo‘yicha takliflar kiritadi.



Oldingi tahrirga qarang.

vazirliklar va idoralar ishtirokida ishtirokida ishlab chiqilgan iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama ishlarini yanada takomillashtirishga qaratilgan strategik dasturlar, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarni joylarda ijrosini amalga oshiradi;

aholining iste’mol bilimi va savodxonligini oshirishga qaratilgan dasturlarni amalga oshirilishini ta’minlaydi;

iste’molchilarning huquqlari va manfaatlarini davlat tomonidan himoya qilinishini, shuningdek aholining iste’mol madaniyatini oshirish bo‘yicha ma’rifiy ishlarni amalga oshiradi;

iste’molchilar huquqlari va manfaatlarini himoya qilish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;

iste’molchilar huquqi buzilishi sabablarini tahlil qiladi va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar tayyorlaydi hamda iste’molchilar huquqi buzilishi holatlari bo‘yicha ogoxlantiradi;

jismoniy va yuridik shaxslarning iste’molchilar huquqlarini himoya qilish reklama masalalari bo‘yicha murojaatlarini ko‘rib chiqadi;

iste’molchilarga ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishda, shu jumladan iste’molchilarning nomuayyan doiralarining qonuniy huquq va manfaatlarini sudlarda himoya qilishni ko‘zlab da’vo arizalari kiritish orqali amaliy yordam ko‘rsatadi;

iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirishda va ichki bozorda sotiladigan iste’mol tovarlarining zarur sifatda bo‘lishini va xavfsizligini ta’minlash yuzasidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) xavfsiz bo‘lishini va ularning sifatini nazorat qiluvchi davlat boshqaruvi organlari bilan hamkorlik qiladi;

chakana savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida tovarlar va xizmatlarning nazorat xaridini amalga oshiradi, ularni iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga mosligi jihatidan ekspertizadan (testdan) o‘tkazilishini tashkil qiladi;

iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilgan taqdirda xo‘jalik yurituvchi subyektlarda (moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga aralashmasdan) tekshirishlar o‘tkazadi;

o‘z vakolatlari doirasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan davlat organlariga, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar tashkilot, muassasa va korxonalarga, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlarga bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar kiritadi;

dori vositalari va tibbiyot buyumlari uchun belgilangan ulgurji va chakana savdo ustamalariga rioya qilinishi ustidan nazorat qiladi;

iste’molchilar huquqlarini himoya qilish darajasining holati qoniqarliligi yuzasidan fuqarolar o‘rtasida ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazadi;

qonunda belgilangan tartibda reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilish yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;

tashqi reklamani joylashtirishni tartibga solish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish masalalarida jamoat birlashmalari, ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qiladi hamda ko‘ngillilar harakatini rivojlantirishga ko‘maklashadi.

(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1015-sonli qaroriga asosan yigirma oltinchi — qirq birinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1015/4174-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalari qonun hujjatlariga va qo‘mita hamda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohasida Agentlik rahbariyatining topshiriqlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.



(15-bandning qirq ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1015-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1015/4174-son)

4-bob. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining huquqlari va javobgarligi

1-§. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining huquqlari va javobgarligi

16. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yoki O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda kiritish;

vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, zarur hollarda, boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qo‘shma qarorlar va boshqa hujjatlar chiqarish;

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining vakolatiga kiruvchi masalalarda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish;

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi vakolatiga tegishli masalalarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan axborotni belgilangan tartibda so‘rash va olish;

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi vakolatiga tegishli masalalar bo‘yicha zarur statistika ma’lumotlarini davlat statistika organlaridan bepul asosda olish;

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalarining davlat mulkini, o‘zining tashkiliy tuzilmasi doirasida, belgilangan tartibda bir hududiy boshqarmadan boshqasiga bepul foydalanish huquqi asosida o‘tkazish;

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi xodimlarini ularning tegishli sohadagi faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha parametrlarni bajarganliklarini hisobga olgan holda moddiy rag‘batlantirish tartibi, miqdori va shartlarini belgilash;

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi vakolatlariga kiruvchi masalalar bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga kiritish;

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi vakolatlariga kiruvchi masalalar bo‘yicha idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarni belgilangan tartibda tuzish;

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi vakolatlariga kiruvchi masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini belgilangan tartibda xalqaro darajada ifodalash;

monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirish muammolari bo‘yicha jamoatchilik, konsultativ, ilmiy-texnik va boshqa kengashlar, idoralararo ekspert komissiyalari tashkil etish, maxsus kengashlar chaqirish, shuningdek, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirish bilan bog‘liq uzoq muddatli dasturlar, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, monopoliyaga qarshi davlat siyosatini yuritish va boshqa masalalarni hal etish uchun ilmiy-tadqiqot, loyihalash, konstruktorlik tashkilotlari, oliy ta’lim muassasalari va yuridik shaxslarning vakillarini hamda jismoniy shaxslarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jalb etish;

sudlarga da’vo arizalari va arizalar kiritish, o‘zining vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar buzilishi bilan bog‘liq ishlar ko‘rib chiqilishida sud jarayonlarida ishtirok etish;

o‘z vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarning buzilishi bilan bog‘liq jinoyatlar alomatlari bo‘yicha ma’muriy va jinoyat ishlarini qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi masalalarni ko‘rib chiqish uchun tegishli organlarga materiallarni yuborish;

belgilangan tartibda raqobat to‘g‘risidagi, tabiiy monopoliyalar to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini tekshirish, qonun hujjatlarining buzilishi holatlari aniqlangan taqdirda, ular bo‘yicha ishlarni qo‘zg‘atish va (yoki) ko‘rib chiqish;

o‘z vakolatlari doirasida davlat organlari va tashkilotlarga monopoliyaga qarshi siyosat va raqobatni himoya qilish sohasidagi qonun hujjatlarini buzish hollarini, shuningdek, ularga ko‘maklashadigan sabablar va shartlarni bartaraf etish to‘g‘risida ijro etilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish;

o‘z vakolatlari doirasida mansabdor shaxslar va fuqarolarni ma’muriy javobgarlikka tortish haqidagi materiallarni ma’muriy sudlarga yuborish;

raqobat to‘g‘risidagi va tabiiy monopoliyalar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha, shu jumladan, xo‘jalik yurituvchi subyektlardan raqobat to‘g‘risidagi va tabiiy monopoliyalar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi natijasida asossiz olingan daromadni (foydani) undirish va (yoki) iste’molchilarga qaytarish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish;

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining hay’ati qarori asosida xo‘jalik yurituvchi subyektning arizasi bo‘yicha, agar mablag‘larni olib qo‘yish to‘g‘risidagi qarorni qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda ijro etish xo‘jalik yurituvchi subyektning bankrotligiga olib kelishi mumkin bo‘lsa, raqobat to‘g‘risidagi va tabiiy monopoliyalar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi uchun undirilishi kerak bo‘lgan summani bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish;

tegishli davlat organlariga litsenziyalashni joriy etish yoki bekor qilish, bojxona tariflarini o‘zgartirish, kvotalarni joriy etish yoki bekor qilish, shuningdek, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha imtiyozlar berish yoxud imtiyozlarni bekor qilish, imtiyozli kreditlar berish va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning boshqa turlarini qo‘llash to‘g‘risida tegishli davlat organlariga takliflar kiritish;

belgilangan tartibda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi budjetdan tashqari Raqobatni rivojlantirishga ko‘maklashish jamg‘armasining mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish;

qonun hujjatlarida belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish;

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining hududiy boshqarmalari va unga idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan qabul qilingan qarorlar va buyruqlarni bekor qilish, to‘xtatib turish (to‘liq yoki qisman) haqida, yoxud ularni qonunchilikka muvofiqlashtirish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish;

tegishli xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish;

malakali mahalliy va xorijiy mutaxassislarni xodimlar va maslahatchilar sifatida jalb qilib, ularga, istisno tariqasida, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan ish haqi va boshqa to‘lovlar miqdorlarini belgilash.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

17. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi faoliyat sohasiga kiruvchi masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari majburiy tartibda u bilan kelishilishi shart.

18. Mulkchilik shakllaridan qat’i nazar tashkilotlarda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha tekshiruvlar tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha vakolatli organni xabardor qilish tartibida amalga oshiriladi hamda Tekshiruvlarni elektron shaklda ro‘yxatga olish yagona tizimida ro‘yxatga olinishi shart.

19. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga raqobat hamda tabiiy monopoliyalar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ishlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha vakolatlar faqat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining markaziy apparati va hududiy boshqarmalarida tuziladigan maxsus komissiyalarning qarorlari asosida amalga oshiriladi.

20. Maxsus komissiya raqobat hamda tabiiy monopoliyalar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun, shuningdek, asossiz ravishda olingan daromadni (foydani) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xo‘jalik yurituvchi subyektlardan olib qo‘yish va (yoki) iste’molchilarga qaytarish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi. Iste’molchilarni aniqlash imkoniyati mavjud bo‘lmagan hollarda maxsus komissiya asossiz ravishda olingan daromadni (foydani) xo‘jalik yurituvchi subyektlardan undirish va ixtiyoriy to‘lash to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

21. Xo‘jalik yurituvchi subyektlardan olib qo‘yish va (yoki) iste’molchilarga qaytarish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan so‘ng bir oy muddatda ixtiyoriy to‘lov amalga oshirilmagan taqdirda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi sudga iste’molchilarga qaytarish va/yoki asossiz ravishda olingan daromadni (foydani) majburiy undirish yuzasidan sudga da’vo arizasi bilan murojaat qiladi.

22. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi:

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni samarali bajarish, shuningdek monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirish sohasidagi davlat siyosatini samarali amalga oshirilishi;

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlariga erishilishini so‘zsiz ta’minlanishi;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining, shuningdek, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning sifati, pirovard natijalari va amalga oshirilishi oqibatlari;

monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirish sohasidagi dasturlar, chora-tadbirlar, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlar samarali amalga oshirilishi uchun javob beradi.

2-§. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi markaziy apparatining huquqlari va javobgarligi

23. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi markaziy apparati o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlardan masalalarni tahlil qilish va o‘rganib chiqish uchun zarur bo‘lgan materiallar va ma’lumotlarni, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi markaziy apparatida ko‘rib chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini so‘rash va olish;

zarurat bo‘lganda belgilangan tartibda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasida ko‘rib chiqiladigan masalalarni o‘rganib chiqish, axborot va tahliliy materiallarni, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlash uchun Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari va vakillarini jalb qilish, ushbu maqsadlar uchun ekspert komissiyalari va ishchi guruhlar tuzish;

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi hududiy boshqarmalaridan va idoraviy mansub tashkilotlardan ular tomonidan kiritilgan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalari ishlab chiqilishi oxiriga yetkazilishini talab qilish, zarurat bo‘lganda ularni kamchiliklarni bartaraf etish uchun qaytarish;

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari ishtirokida majlislar o‘tkazish;

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlariga belgilangan tartibda tezkor hal qilishni talab qiladigan va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha topshiriqlar berish;

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari, shuningdek, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va uning rahbariyati hujjatlari va topshiriqlari bajarilishi bo‘yicha faoliyatini o‘rganish va tekshirish;

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi markaziy apparatida monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirish muammolari bo‘yicha jamoatchilik, maslahat, ilmiy-texnik va boshqa kengashlar, idoralararo ekspert komissiyalarini tashkil etish, yig‘ilishlar chaqirish, shuningdek, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirish bilan bog‘liq uzoq muddatli dasturlar, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, monopoliyaga qarshi davlat siyosatini yuritish va boshqa masalalarni hal etish uchun ilmiy-tadqiqot, loyihalash, konstruktorlik tashkilotlari, oliy ta’lim muassasalari va yuridik shaxslar vakillari hamda jismoniy shaxslarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jalb etish;

sudlarga da’vo arizalari va arizalar topshirish, sud jarayonlarida o‘zining vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarning buzilishi bilan bog‘liq ishlar ko‘rib chiqilishida ishtirok etish;

o‘z vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarning buzilishi bilan bog‘liq jinoyatlar alomatlari bo‘yicha ma’muriy va jinoyat ishlarini qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi masalalarni ko‘rib chiqish uchun tegishli organlarga materiallarni yuborish;

belgilangan tartibda raqobat to‘g‘risidagi, tabiiy monopoliyalar to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini tekshirish, qonun hujjatlarining buzilishi holatlari aniqlangan taqdirda, ular bo‘yicha ishlarni qo‘zg‘atish va (yoki) ko‘rib chiqish;

o‘z vakolatlari doirasida davlat organlari va tashkilotlarga monopoliyaga qarshi siyosat va raqobatni himoya qilish sohasidagi qonun hujjatlarini buzish hollarini, shuningdek, ularni yuzaga keltiradigan sabablar va shartlarni bartaraf etish to‘g‘risida ijro etilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish;

o‘z vakolatlari doirasida mansabdor shaxslar va fuqarolarni ma’muriy javobgarlikka tortish haqidagi materiallarni ma’muriy sudlarga yuborish;

raqobat to‘g‘risidagi va tabiiy monopoliyalar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha, shu jumladan, xo‘jalik yurituvchi subyektlardan raqobat to‘g‘risidagi va tabiiy monopoliyalar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi natijasida asossiz olingan daromadni (foydani) undirish va (yoki) iste’molchilarga qaytarish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish;

hay’at qarori asosida xo‘jalik yurituvchi subyektning arizasi bo‘yicha, agar mablag‘larni olib qo‘yish to‘g‘risidagi qarorni qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda ijro etish xo‘jalik yurituvchi subyektning bankrotligiga olib kelishi mumkin bo‘lsa, undirilishi kerak bo‘lgan summani bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish;

litsenziyalashni joriy etish yoki bekor qilish, bojxona tariflarini o‘zgartirish, kvotalarni joriy etish yoki bekor qilish, shuningdek soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha imtiyozlar berish yoxud imtiyozlarni bekor qilish, imtiyozli kreditlar berish va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning boshqa turlarini qo‘llash to‘g‘risida tegishli davlat organlariga takliflar kiritish;

belgilangan tartibda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi budjetdan tashqari Raqobatni rivojlantirishga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish;

qonun hujjatlarida belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish;

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan qabul qilingan qarorlar va buyruqlarni bekor qilish, to‘xtatib turish (to‘liq yoki qisman) haqida, yoxud ularni qonunchilikka muvofiqlashtirish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish;

monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirish sohasida tegishli xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan xalqaro hamkorlikni amalga oshirish.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi markaziy apparati qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

24. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi markaziy apparati:

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishi, shuningdek, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirish sohasida davlat siyosatini samarali amalga oshirilishi;

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlariga erishilishini so‘zsiz ta’minlash bo‘yicha Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi markaziy apparatining bo‘linmalari ishi tashkil qilinishi;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining, shuningdek, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning sifati, pirovard natijalari va amalga oshirilishi oqibatlari;



Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirish sohasidagi dasturlar, chora-tadbirlar, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlar samarali amalga oshirilishi tashkil qilinishi uchun javob beradi.
Download 35.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling