Kafedrasi mavzu
Muhandislik ta’minotini tashkillashtirishda chet el tajribasi
Download 0.96 Mb.
|
Asronqulov Iskandar
2.2 Muhandislik ta’minotini tashkillashtirishda chet el tajribasi
Muhandislik ta’minotiga oid vazifalar, harbiy qism va bo‘linmalar tomonidan harbiy okrug, FVV, IIV va MXX tasarrufidagi qo‘shilma va harbiy qismlar bilan hamkorlikda: jangovar topshiriqlarni ijro etish hududi tomon o‘z vaqtida, pinhona yo‘lga chiqish, yo‘l davomida manyovrlar bajarish va yetib borish uchun qo‘shilma, harbiy qism va bo‘linmalarga zaruriy shart-sharoitlar yaratish; qo‘shin va ob’ektlarni dushman tomonidan qo‘llaniladigan barcha turdagi shikast etkazish vositalaridan himoya qilish; muhandislik o‘q-dorilari vositasida dushmanga talafot etkazib, tegishli xatti-harakatlarni amalga oshirish borasida tang ahvolga solib qo‘yish maqsadida bajariladi. Harbiy qism va bo‘linmalar tomonidan amalga oshiriladigan xatti-harakatlarga oid muhandislik ta’minoti davomida hal etiladigan vazifalar jumlasiga: qo‘shin va ob’ektlarni niqoblashga qaratilgan muhandislik tadbirlari; dushman, tabiiy joy va ob’ektlarni muhandislik jihatidan razvedka qilish; bo‘linmalar joylashgan hududlar, marralar va BP larini muhandislik jihatidan jihozlash; bo‘linmalarni muhandislik jihozlari va o‘q-dorilari bilan ta’minlash; jangovar topshiriqlar ijrosi davomida portlash va yorug‘lik-tovush ta’siriga ega maxsus vositalarni qo‘llash; suv chiqarish, uni tozalash va suv ta’minoti punktlarini jihozlash vazifalari kiradi. Portlatish ishlari mutaxassislari (sapyorlar) oldida turgan vazifa – maxsus operatsiya davomida hujumkor bo‘linmalarning xatti-harakatlarini ta’minlash hamda terrorchilarga qarashli turli konstruksiya va ob’ektlarda yo‘l ochish sanaladi. Portlatuvchilar o‘z vazifasini faqat juftliklar tarkibida bajarishlari lozim. Ushbu talab birinchi navbatda, xavfsizlik qoidalari bilan yo‘lga solinsa, ikkinchidan, zaryadlarni portlatishga tayyorlash ishlari qulay va tez kechishini ta’minlaydi. Maxsus operatsiyada erishiladigan muvaffaqiyat soha mutaxassislarining tayyorgarlik saviyasi, jangovar harakatlarning har tomonlama ta’minlanishi, jangovar tartibga kirgan barcha bo‘linmalarning birgalikdagi sa’y-harakatlari hamjihat kechishiga bog‘liqdir. Muhandislik qurol-aslahalariga mansub vositalar – qo‘shinlar ixtiyoridagi qurol-aslahalar tarkibi yoki ta’minotiga kiritilgan, jangovar harakatlarning muhandislik ta’minotiga oid vazifalarni hal etish uchun mo‘ljallangan moddiy-texnik vositalar majmui. Muhandislik qurol-aslahalariga mansub vositalar jumlasiga muhandislik o‘q-dorilari, muhandislik texnikasi va muhandislik mulki kiradi. Turli vaziyatlarda olib boriladigan maxsus operatsiyalar davomida: portlatish zaryadlari va portlatish vositalari, xususan: trotil shashkalari, ammonit, plastid, detonatsiyalashtirish kapsyuli, elektrodetonator, olov o‘tkazish shnuri, detonatsiyalanadigan shnur, sapyor simi, portlatish mashinkalari; maxsus moslamalar, ya’ni: avtomobil transportini shoshilinch to‘xtatish qurilmalari, yog‘och va metall konstruksiyalari orasidan yo‘l ochish vositalari qo‘llaniladi. Maxsus operatsiyalar o‘tkazilayotganida qo‘llaniladigan maxsus moslamalar jumlasiga: kirish qiyin kechadigan joylarga kirib borish uchun mo‘ljallangan maxsus narvon; to‘siqni engib o‘tish uchun mo‘ljallangan alyuminiy xoda; avtomobil, temir yo‘l yoki havo transporti ichiga kirib borish uchun mo‘ljallangan zina; metall chiviq kesish uchun mo‘ljallangan gidravlik qaychi; metall yoki yog‘och eshikni buzib, yo‘l ochish uchun mo‘ljallangan gidravlik press; radioto‘lqin orqali boshqariladigan portlatish qurilmalarining ishiga xalaqit yaratadigan muhosara qurilmalari; minadan tozalash (mina zararsizlantirish) uskunalarining to‘plami va shu kabi, qurilma, moslama va jihozlar kiradi. Muhandislik ta’minoti masalalarida harbiy okrug tasarrufidagi muhandislik-sapyor bo‘linmasi hamda IIVning hududiy idorasiga qarashli, portlashi mumkin bo‘lgan xavfli predmetlarni zararsizlantirish va yo‘q qilishga ixtisoslashgan maxsus otryad bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling