Kafedrasi mavzu
Download 0.96 Mb.
|
Asronqulov Iskandar
- Bu sahifa navigatsiya:
- KURS ISHI Bajardi
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JAMOAT XAVFSIZLIGI UNIVERSITETI “MAXSUS TAKTIK TAYYORGARLIK VA JANGOVAR QO‘LLASH” KAFEDRASI MAVZU: “XORIJIY DAVLATLAR MAXSUS BO‘LINMALARI TOMONIDAN AKSILTERROR OPERATSIYALARINI O’TKAZISHDA JANGOVAR TA’MINOTNING TAKTIK NIQOBLASH, RADIATSION, KIMYOVIY,BIOLOGIK XIMOYALASH VA MUHANDISLIK TA’MINOT TURLARINI TASHKILLASHTIRISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI” KURS ISHI Bajardi: 4-bosqich 372-o‘quv guruh kursanti kursant I.SH.Asronqulov Ilmiy rahbar: MTT va JQ kafedrasi katta o`qituvchisi podpolkovnik Yettiboyev G‘.T Yo‘nalish: Maxsus vazifalarni bajarish qo‘shinlarining taktik qo‘mondonligi Kurs ishi kaferdrada himoyaga ruxsat etilgan 2022-yil. “___” ___________ ____-sonli bayonnoma Kafedra boshlig‘i polkovnik K.A.Xaydarov. 2022-yil “___” ____________ Mundarija Kirish………………………………………………………………………… I Bob Horijiy davatlar maxsus bo’linmalari tomonidan aksilterror operatsiyalarni o’tkazishda jangovar ta’minotning taktik niqoblash………………. 1.1 Taktik niqoblash…………………. 1.2 Taktik niqoblashning turlari………………………………… II Bob Muhandislik ta’minot turlarini tashkillashtirishning o’ziga xos hususiyatlari. 2.1 Muhandislik ta’minot turlari……………….. 2.2 Muhandislik ta’minotini tashkillashtirishda Rossiya tajribasi…… III Bob Radatsion kimyoviy, biologik muhofazalash…………. 3.1 Chet el armiyasi RKB himoya bo‘linmalarining mo‘ljallanishi, tarkibi, imkoniyatlari, vazifalari va qurol-aslahasi…………….. 3.2 CHet el armiyasi RKB himoya bo‘linmalarining RKB himoya vazifalarini bajarishdagi taktik harakati………………………… III. Xulosa…………………………………………………… IV Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………. Kirish Prezidentimiz I.A.Karimov «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» nomli asarida nafaqat O‘zbekiston Respublikasiga, balki butun insoniyatga tahdid soluvchi illatlarga to‘xtalib o‘tib, ularning insoniyat taraqqiyoti va global barqarorlikka nechog‘li xavfli ekanini yoritib bergan. Asarda bunday illatlar sirasiga mintaqaviy mojarolar, diniy ekstremizm va fundamentalizm, buyuk davlatchilik shovinizmi, agressiv millatchilik, etnik va millatlararo ziddiyatlar, hamda ekologik muammolar kiritilgan. Shuni ta’kidlab o‘tishimiz joizki, yuqorida qayd etilgan illatlarning barchasi jamiyatning osoyishta hayotini butkul izdan chiqaruvchi, insonlarning huquq va erkinliklariga rahna soluvchi, davlat boshqaruvini barbod qiluvchi ommaviy tartibsizliklar hamda qurolli mojarolar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Mustaqiligimiz yillarida amalga oshirilgan islohotlar milliy davlatchilikni qaror toptirish ,xavfsizlik ,huquq-tartibot ,suverenetetni va davlat chegararalari daxlsizligini qqonun ustuvorligini ta’minlash uchun mustahkam asos yaratdi,inson huquqlari va erkinliklarini ishonchli himoya qilish tizimini joriy etishga ,fuqarolarning hayoti faoliyati uchun munosib sharoitlar yaratishga ko’maklashdi. Bugun dunyoning turli mintaqalarida qarama-qarshilik va qurolli nizolar chuqurlashib borayotgan,terrorizm,ekstrimizm,ommaviy qirg’in qurollarini tarqalishi va milliy chegaralarni tan olmaydigan boshqa xavf-xatarlar kuchayib borayotgan bir sharoitda O’zbekiston oqilona va uzoqni ko’zlagan izchil siyosat olib boraotganligini hayotni o’zi tasdiqlab turibdi.Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni asrash hamda mustahkamlash,mintaqani xavfsizlik va barqaror rivojlanish zonasiga aylantirish O’zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy faoliyati Konsepsiyasida ustuvor vazifalar qatorida turadi. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling