Kafedrasi mavzu
III Bob Radatsion kimyoviy, biologik muhofazalash
Download 0.96 Mb.
|
Asronqulov Iskandar
III Bob Radatsion kimyoviy, biologik muhofazalash
3.1 Chet el armiyasi RKB himoya va muhandislik taminoti bo‘linmalariga yuklatilgan jangovar vazifalar va ularni jangda qo‘llash usullari. B irinchi jaxon urushi davrida kimyoviy qurollarni cheklanmasdan qo‘llanilishi, urushda qatnashayotgan davlatlarni armiyasi oldiga nihoyatda muhim va murakkab vazifani – bu ham bo‘lsa qo‘shinlarni zaharli gazlardan (zaharli gazga qarshi) ishonchli himoya tizimini tashkillashtirish muammosini oldinga surdi. Birinchi jahon urushi tugagandan so‘ng, yadro qurolining ixtiro etilishi va asabni falajlovchi jangovar zaharli moddalarni, bakteriologik qurollarni ixtiro qilinishi munosabati bilan, kimyoviy qo‘shinlar tarkibi, radiatsion va kimyoviy razvedka, yadro portlashini aniqlash uchun mo‘ljallangan bo‘linmalar, qismlar bilan to‘ldirildi. SHu jumladan kimyoga qarshi himoya fani o‘rniga “Qo‘shinlarni ommaviy qirg‘in qurollaridan himoya” fani joriy qilindi. SHundan so‘ng, bu fanni yuqori darajadagi istisoslanganligi sababli, uni jangovar ta’minotning turi qilib–kimyoviy ta’minot va texnik ta’minoti –kimyoviy texnik ta’minoti fanlari joriy etildi. Qo‘shinlarni o‘t ochish qudrati kuchayishi va o‘ta aniq qurollarni paydo bo‘lishi, aerozol niqoblash vositalarini rivojlanishiga yordam berdi va aerozol niqoblash bo‘linmalarini tuzilishiga turtki bo‘ldi. Afg‘on urushida ishlatilgan o‘tsochar-yondirish vositalarining keng qo‘llanilishi, ularning yuqori samaradorligini tasdiqladi va ognemyot bo‘linmalari tuzilishiga olib keldi. Hozirga vaqtda radiatsion, kimyoviy biologik himoya qo‘shinlarini yangi radiatsion, kimyoviy va biologik razvedka texnik vositalari bilan jihozlantirilmoqda va eng takomillashtirilgan zaharli moddalarni aniqlash, identifikatsiya qilish asboblari ixtiro etilmoqda, masofadan turib zaharli moddalarni radioaktiv nurlarni aniqlaydigan asboblar shular jumlasidandir. Shaxsiy tarkibni samarali himoya qiladigan va doimiy kiyib yurishga mo‘ljallagan individul himoya vositalarining yangi loyihalari ishlab chiqarilmoqda, qurol-aslaha va harbiy texnikalarga maxsus ishlov berish uchun mo‘ljallangan unversal maxsus ishlov berish vositalari ixtiro qilinmoqda. Dushman tomonidan ommaviy qirg‘in qurollari qo‘llanishi natijasida radiatsion, kimyoviy va biologik (radiatsion, kimyoviy va biologik) vaziyat tug‘ilishi, shuningdek, atom energetik, kimyo sanoati korxonalarida halokat (avariya) sodir bo‘lishi natijasida ham radiatsion, kimyoviy va biologik vaziyat vujudga kelishi ehtimoli mavjud. Dushman ommaviy qirg‘in qurollarini shitkastlovchi omillarini yuqori samaradorligiga va ko‘p talofat etkazishni ta’minlash maqsadida, ommaviy qirg‘in qurollarini oddiy qurollar turlari bilan birga, to‘satdan (kutilmaganda) va asosiy yo‘nalishlarga qo‘llashga harakat qiladi va radioaktiv, kimyoviy xavfli bo‘lgan sanoat korxonalarini shikastlovchi xususiyatlaridan foydalanishi ham mumkin. Yadroviy portlashni aniqlash portlash markazini koordinatalarini (epitsentr), portlash turini, quvvatini, qo‘shinlarni talafot ko‘rishi ehtimolini (yadroviy zarbadan shikastlanishi), yong‘inlar, vayronalar, suv toshqinlari va er maydonlari, havo qatlamlarini radioaktiv zararlanishni xususiyatlarini aniqlash maqsadida tashkil qilinadi va o‘tkaziladi.Yadroviy portlashni aniqlash, havo hujumiga qarshi mudofaa qismlari tasarufidagi maxsus ajratilgan radiolokatsiya stansiyalari yordamida amalga oshiriladi. Havo hujumiga qarshi mudofaa qismlarining radiolokatsiya stansiyalari o‘z javobgar zonalarida, yadroviy portlashni aniqlash tadbirlarini olib borishadi. Radiatsion, kimyoviy va biologik (radiatsion, kimyoviy va biologik) razvedka komandirlarni va shtabni o‘z vaqtida radiatsion, kimyoviy va biologik vaziyat ma’lumotlari bilan ta’minlash maqsadida tashkillashtiriladi. radiatsion, kimyoviy va biologik razvedka vazifalari motoo‘qchi brigadasining radiatsion, kimyoviy va biologik himoya vzvodi tarkibiga kiruvchi radiatsion, kimyoviy va biologik razvedka seksiyasi kuch va vositalari yordamida bajariladi, motoo‘qchi batalonida va btgr (divizionda) esa bu vazifani maxsus tayyorlangan seksiyalar zimmasiga yuklatiladi. Motoo‘qchi brigadasining radiatsion, kimyoviy va biologik himoya vzvodi tarkibiga kiruvchi radiatsion, kimyoviy va biologik razvedka seksiyasida kimyoviy razvedka mashinasi UAZ-469 (BRDM-2rx) maxsus asosiy texnikasi mavjud bulib, bu kimyoviy razvedka mashinasi radiatsion, kimyoviy va biologik razvedka olib borish uchun mo‘ljallangan asbob-uskunalar, radiatsion, kimyoviy zaxarlanish to‘g‘risida xabar berish vositalari, zaxarlangan joylarni belgilash qurilmasi va radiostansiya bilan jixozlangan. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling