Kafedrasi mudiri v/b,p f. n


Semantik (ma`noviy) jixatlarni taxlil qilish


Download 182.23 Kb.
bet13/20
Sana18.08.2023
Hajmi182.23 Kb.
#1668162
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi-fayllar.org

Semantik (ma`noviy) jixatlarni taxlil qilish. Talabalarda, agar o’tilayotgan
mavzuga oid bir ozgina bilim bo’lsa, bunday yondoshish foydali bo’ladi. Semantik 
jixatlar taxlilining matnlarga asoslanmagan mashg`ulotlarda qo’llash yaxshi natija
beradi. Bu usulni aniq fanlar bo’yicha mashg`ulotlarda ham turlicha ko’rinishda 
qo’llash mumkin. Misol uchun, energetika va elektrotexnika soxalaridagi quyidagi
tushunchalar muxokama qilinishi ko’zda tutiladi: Elektr sxemalarni va ularning 
turlari, elektr sxemalarni tuzish qoidalari va boshqalar.

Bumerang texnologiyasi. Mazkur texnologiya turli mazmun va xarakterga
(muammoli, munozarali, turli mazmunli) ega bo’lgan mavzularni masalan, « 
Elektr sxemalarning turlari va ularni tuzish qoidalari» mavzusini o’rganishga
yaroqli bo’lib, o’z ichiga og`zaki va yozma ish shakllarini qamrab oladi hamda bir 


39


mashg`ulot davomida har bir ishtirokchining turli topshiriqlarni bajarishi, navbat
bilan o’quvchi yoki o’qituvchi rolida chiqishi mumkin. Bumerang texnologiyasi 
tanqidiy fikrlash, mantiqni shakllantirishga imkoniyat yaratadi; xotirani,
g`oyalarni, fikrlarni, dalillarni yozma va og`zaki shakllarda bayon qilish 
ko’nikmalarini rivojlantiradi.
Umumkasbiy fanlarni urganayotgan o’quvchilarga mustaqil ravishda bilimning 
sifati va saviyasini xolis baholash, o’rganilayotgan mavzu haqidagi tushuncha va
tasavvurlarni aniqlash imkonini Skarabey texnologiyasi beradi. Bu texnologiya 
ayni paytda, turli g`oyalarni ifodalash hamda ular orasidagi bog`liqliklarni
aniqlashga imkon yaratadi. Skarabey texnologiyasi ko’p tomonlama bo’lib, undan 
o’quv materialining turli bosqichlarini o’rganishning boshida- o’quv faoliyatini
rag`batlantirish sifatida; mavzuni o’rganish jarayonida - uning mohiyati, tuzilishi 
va mazmunini belgilash, ular orasidagi - asosiy qismlar, tushunchalar, aloqalar
xarakterini aniqlash, mavzuni yanada chuqurroq o’rganish, yangi jixatlarini 
ko’rsatish; oxirida - olingan bilimlarni mustahkamlash va yakunlash maqsadida
foydalaniladi. Skarabey texnologiyasi o’quvchilar tomonidan oson qabul qilinadi, 
chunki u faoliyatning fikrlash, bilim xususiyatlari inobatga olingan holda ishlab
chiqilgan. «Elektrotexnika» fanini urganishda o’qituvchilarning tajribasidan 
foydalanishni ko’zda tutadi, reflektiv kuzatishlarni amalga oshiradi, faol ijodiy
izlash va fikriy tajriba o’tkazish imkoniyatlariga ega. Mazkur texnologiyaning 
ayrim afzalliklari sifatida idrok qilishni engillashtiruvchi chizma va shakllardan
foydalanishni ko’rsatish mumkin. Skarabey texnologiyasi alohida ishlarda
guruhlarda hamda o’quv jamoalarida qo’llanilishi mumkin.
«Elektrotexnika» fanidan munozarali, murakkab mazmunli mavzularni 
o’rganishda, masalan, elektr sxemalarni tuzish qoidalarini urganishda ―Tarozi‖
texnologiyasi qo’l keladi. ―Tarozi‖ texnologiyasi o’quv materialini o’rganishning 
turli bosqichlarida qo’llanilishi mumkin. Ammo bu texnologiya o’tilgan
materiallar, masalan «Elektr zanjirlarning asosiy kismlari» kabi mavzular bo’yicha 
xulosa qilish bosqichida samara va yaxshi natijalarni beradi, chunki
o’qiyotganlarning yuqori darajada xabardorlik-larini va o’rganilgan materiallardan 


40


erkin foydalanishini nazarda tutadi. Bu texnologiya kichik guruhlarda va jamoalar
orasida amaliyotga tatbiq etilishi mumkin. «Elektroenergetika» tanlov 
yunalishining o’quv rejasidagi umumkasbiy fanlarining murakkab, ko’p tarmoqli,
mumkin qadar, muammo xarakterdagi mavzularni, masalan, ―Uzgaruvchan tok 
zanjir sxemalari‖ mavzusini o’rganishga ―Elpigich‖ texnologiyasi qaratilgan
bo’lib, u tanqidiy, tahliliy, aniq mantiqiy fikrlashni muvaffaqiyatli rivojlan-tirishga 
hamda talabalarning uzgaruvchan tok zanjirlarda tok utish jarayon-larni ta`minlash
bilan boglik o’z g`oyalari va fikrlarini yozma va og`zaki shaklda ixcham bayon 
etish, himoya qilishlarigaga imkoniyat yaratadi. Masalan, uch fazali zanjirlarning
sxematik tuzilishini ijobiy va salbiy tomonlari, afzallik va kamchiliklari, foyda va 
zararlari belgilanadi. ―Elpig`ich‖ texnologiyasi mavzuni o’rganishning turli
bosqichlarida qo’llanilishi mumkin: boshida - o’z bilimlarini erkin faollashtirish; 
mavzuni o’rganish jarayonida - uning asoslarini chuqur fahmlash va anglab etish;
yakunlash bosqichida - olingan bilimlarni tartibga olish.

§2.2. «Elektrotexnika» fanidan ma`ruza, amaliy va laboratoriya 





Download 182.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling