Darsning maqsadi: A) ta`limiy – sintaksis va so`z birikmalari yuzasidan o`tilganlarni mustahkamlash;
B) tarbiyaviy – o`quvchilarni hamkorlikda ishlashga o`rgatish, ona tiliga mehr-muhabbat va insoniylik tuyg`ularini tarbiyalash;
D) rivojlantiruvchi – o`quvchilarning fikrlash salohiyati va dunyoqarashini takomillashtirish.
Darsning rejasi:
. 1.Nazm gulshani.
2. Uyga vazifalar tahlili.
3. Aql charxi.
4. Topshiriqlar ustida ishlash.
5. Mustahkamlash bosqichi.
6. Test sinovi.
7. Yakuniy bosqich.
I-guruh:Ma’naviyat
Til-ma’naviyat quyoshi erur,
O’zlikni anglashga poydevordir ul.
II-Guruh-Ma‘rifat.
Dulunyoda ko’pdir ilm-u urfon sirlari,
Til bila egallarmiz ul sirlarning bari.
III-g’uruh-G’urur.
Ona tilimiz yurtimiz faxri,g’ururi,
Tilni asrab,avaylamoq har kunning shiori.
I.Nazm gulshani.
Ona tilim sen borsan ,shaksiz,
Bulbul kuyin she`rga solaman.
Sen yo’qolgan kuning ,shubhasiz,
Men ham to’ti bo’lib qolaman.
II.Aql charxi:
I-Guruh uchun savollar:
1.Sintaksisda nima o’rganiladi?
2.Til birliklarini sanang.
3.So’z birikmasiga ta’rif bering.
4.Bitishuv usuli qanday hosil qilinadi?
5.Teng bog’lanishga misollar keltiring.
III-Guruh uchun savollar:
1.So’z birikmasi hokim so’zning qaysi turkumga oid so’z bilan ifodalanishiga ko’ra necha xil bo’ladi?
2.Soz birikmalarining birikish usullari necha xil bo’ladi?
3.Moslashuv birikish usuliga ta’rif bering.
4.Teng bog’lanish nimani hosil qiladi?
5.Maktab bog’i-qanday birikish usuliga kiradi?
Izoh:
1-gap: bodom va o’rik-teng bog’lanish
maktab bog’i, maktab bog’ida gulladi-tobe bog’lanish
2-gap: tartib va intizom- teng bog’lanish
sinf majlisi, o’quvchilarning tartibi, o’quvchilarning intizomi- tobe bog’lanish
3-gap: barkamol va bilimdon- teng bog’lanish
vatan ravnaqi, barkamol yoshlar, bilimdon yoshlar – tobe bog’lanish
3-topshiriq. Hokim so’z bilan tobe so’zni bog’lovchi grammatik vositalarning tagiga chizib, juftlab berilgan so’z birikmalarining ma’nosidagi farqni ayting.
Bog’ga burilish- bog’ tomonga burilish
She’rni o’qish- she’r o’qish
Qovunni uzish- qovun uzish
Olcha guli- olchaning guli
Tarvuz yemoq- tarvuzni yemoq
Beda o’rish- bedani o’rish
Stadionga borish- stadion sari borish
Ustoz o’giti- ustozning o’giti
Do'stlaringiz bilan baham: |