Dam olish daqiqasi
Qo`llarimiz ishlatamiz,
Oldi tomon ko`rsatamiz,
Orqa tomon cho`zamiz,
Quvnab qarsak chalamiz.
157-mashq sharti og`zaki tushuntiriladi. Mashq og`zaki o`qitiladi. O`qituvchi savol beradi. Nechta gap o`qidingiz? Gapning birinchi so`zi qanday harf bilan boshlangan?
Quddus Muhammadiy.
Quddus Muhammadiy-bolalarning sevimli shoiri. Bolalar shoirning “Tabiat alifbesi” kitobini sevib o`qiydilar. Bu kitob ona tabiatni va jonivorlarni sevishga o`rgatadi.
Ko`chiring. Gap nimalardan tuzilganligi o`quvchilardan so`raladi va multimedia 2-ilova orqali 157-mashq matnidagi tushib qolgan so`zlarni o`quvchilar joyiga qo`yishlari zarurligi aytiladi. Matnning o`ng burchagida Quddus Muhammadiyning portreti turadi.
1-topshiriq. Gaplardagi tushirib qoldirilgan so`zlarni o`z o`rniga qo`ying.
Quddus Muhammadiy
Quddus Muhammadiy………….. bolalarning-shoiri. Bolalar shoirning…………….. kitobini sevib o`qiydilar. Bu……………..ona tabiatni va jonivorlarni sevishga o`rgatadi.
Foydalanish uchun so`zlar: sevimli, “Tabiat alifbesi”, kitob.
2-topshiriq. “Gaplar nimalardan tuziladi?” deb savol beriladi. Savolga javoblar daftar varag`iga yozma holda “So`z”, “Bo`g`in”, “Tovush” so`zlari yozilgan bo`lib, to`g`ri javob “So`z”ni topsalar, “To`g`ri” degan ovoz keladi, aksi bo`lsa “O`ylab ko`ring” degan ovoz eshittiriladi.
3-topshiriq. Gapning oxirida qanday tinish belgisi qo`yiladi? Savolga javoblar daftar varag`ida yozma holda nuqta, vergul, ikki nuqta tinish belgilari beriladi. O`quvchi to`g`ri javob “nuqta”ni belgilashlari kerak.
IV. Darsga yakun yasash va baholash. O `quvchilar darsdagi ishtirokiga ko`ra rag`batlantirilib, baholanadi hamda daftarlar tekshirish uchun yig`ib olinadi.
V. Uyga vazifa berish.
Uyga vazifa 158-mashq. Mashqni ko`chirib, joy va shaxs nomlarining tagiga chizib kelish topshirig`I beriladi.
O`quvchilarga yaxshi kayfiyat tilab, darsga yakun yasaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |