mahalliy aholi — o‘sha joyda yashaydigan xalq
iqbol — baxtli taqdir, baxt, omad
olqish — maqtash, ulug‘lash
27- mashq. Matndagi gaplar qanday ohang bilan o‘qiladi? Nima uchun?
Tog‘lar yozda garmselning yo‘lini to‘sadi. Ular issiq shamolni o‘tkazmaydi. Bunday joylarda o‘simliklar yaxshi o‘sadi.
So‘roqlar yordamida ajratilgan so‘zlarning qaysi gap bo‘lagi ekanini ayting. Ularni o‘zi bog‘langan so‘z bilan birga ko‘chiring.
Gapda so‘zlar o‘zaro nimalar vositasida bog‘lanadi?
garmsel — issiq, yoqimsiz, zararli shamol
Tarqatma materiallar:
1-tarqatma.
1.4-sinf “Ona tili” darsligida berilgan nutq o`stirishga oid mashqlarni tahlil qilish.
Nazorat uchun savollar:
.Nutq qanday holatda tushunarli bo`ladi?
Bola tilni qanday o`zlashtirishtiradi?
10.Nutqni egallashning qanday aspektlari bor?
4.3-sinf ona tili” darsligida lug`at ustida ishlashga oid qanday mashqlar berilgan?
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Qosimova K., Matjonov S., G’ulomova X., Yo‘ldosheva Sh., Sariyev Sh.Ona tili o‘qitish metodikasi. T., Nosir.2009.
2. G`afforova T., Shodmonov E., G`ulomova X. 1-sinf “Ona tili” darsligi. Toshkent. 2013-y.
.3.Fuzailov., Xudayberganova M., Yo`ldosheva Sh. 3-sinf „Ona tili“ darsligi. Toshkent. 2012-y.
4. Ikromova R., G`ulomova X., Yo`ldosheva Sh., Shodmonqulova D. 4-sinf „Ona tili“ darsligi. Toshkent. 2009-y.
5-Mavzu: 1-2-sinflarda gap ustida ishlash darslari ishlanmasini tuzish.
Reja:
1.Gap ustida ishlash metodikasi.
2.1-2-sinfda gap ustida ishlash dars-reja ishlanmasi tuzish.
Darsning maqsadi: Talabalarning 1-2-sinfda gap ustida ishlash metodikasi yuzasidan ko`nikma va malaka hosil qilish, mavzu yuzasidan olingan nazariy bilimlarni mustahkamlash.
Darsning tiri: Mustahkamlash tipidagi dars.
Do'stlaringiz bilan baham: |