mashq. Chiziq, chizg‘ich, chiziqli so‘zlarining ma’nosini izohlang. Asosini belgilang.
Tarqatma materiallar:
1-tarqatma.
1.3-sinf “Ona tili” darsligida berilgan nutq o`stirishga oid mashqlarni tahlil qilish.
3-mashq. Matnni o‘qing va gaplarning chegarasini aniqlang. Tinish belgisini qo‘yib, matnni ko‘chiring.
Kuz erta tushdi qovun palagi qurimasdan ha- voda mezon uchdi kechalari osmonda turnalarning horg‘in nolasi eshitildi bu yil qish qattiq keladi- ganga o‘xshaydi teraklar bargini erta to‘kdi. (O‘tkir Hoshimov)
Gaplar qanday mazmun bildiryapti?
Horg‘in-so‘ziga ma’nodosh so‘z topib ayting.
Gaplarning oxiriga qanday tinish belgilari qo‘yiladi? Gapni qanday harf bilan boshlaysiz?
mezon — kuz faslida havoda uchib yuradi- gan to‘rsimon ip
mashq. Gaplarni tinish belgilariga mos ohangda o‘qing. Nechta gap borligini ayting.
TINCHLIK
Tinchlik bo‘lsin doimo. Osmon bo‘lsin musaffo. Quyoshdek kulsin dunyo. Urush bo‘lmasin aslo.
Ko‘chiring. Ajratilgan gapning ma’nosini izohlang.
Kulsin so‘zi qaysi ma’noda qo‘llangan?
mashq. Gaplarni tinish belgilariga rioya qilib o‘qing.
Oqtovdagi yashil pista va bodomzorlar qanday paydo bo‘lganini bilasizmi?
Sayroqi qushlar daraxt ostiga to‘kilgan danak- larni olib, xarsang qoyaga qo‘nishadi. Òumshuq- laridagi pista va bodomlarni kovaklarga qo‘yishadi. Ancha vaqt danak tashish musobaqasi shu tarzda davom etadi.
Bir kun kelib, qoyaning yon bag‘rida pista va bodom nihollari unadi. (G‘ulomjon Qodirovdan)
Har bir gapning maqsadga ko‘ra turini ayting. Xato yozishingiz mumkin bo‘lgan so‘zlarni ko‘chiring.
xarsang — katta tosh
mashq. Gaplarni o‘qing.
Bir daraxtning ikki xil meva berganini eshit- ganmisiz?
Braziliya o‘rmonlarida ajoyib daraxt o‘sadi. Unda bir vaqtning o‘zida ham olma, ham yong‘oq hosili pishib yetiladi. Mahalliy aholi uning bargi bilan tishlarini tozalaydi. („Gulxan“dan)
Ko‘chiring. Gaplarning maqsadga ko‘ra turini qavs ichida yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: |