Dars metodi:
Dars metodi: suhbat metodi, analiz-sintez, induksiya.
Dars jihozi: multimediya ilova.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism.
II.O`tilgan mavzuni mustahkamlash.
Uy vazifasi 155-mashq shartiga ko`ra tekshiriladi. Husnixat tarzida yozib kelingan mashq baholanadi va qadam so`ziga ma`nodosh so`z topiladi.
qadam-odim
III.Yangi mavzu bayoni.
156-mashq sharti o`qiladi va so`zlarning ma`nosini farqlashga xizmat qilayotgan tovushni aytish so`raladi. Mashqdagi adabiy-orfoepik talaffuz ustida ham ishlanadi. Har bir gapning oxirida ovoz pasaytiriladi va o`qituvchi savol beradi:
-Nechta gap o`qidingiz?
-Har bir gap qanday harf bilan boshlangan?
Biz hayvonot bog`iga bordik. Bog` keng maydonni egallabdi. Hayvonot bog`ida dengiz akvariumi ham bor ekan. Husnixat tarzida mashq ko`chirtiriladi. O`qituvchi savol beradi:
-Dengiz akvariumi deganda nimani tushundingiz?
Multimedia 1-ilova namoyish qilinadi.
Ekranda hayvonot bog`i tasvirlangan 156-mashq gap chegarasi belgilanmagan holda beriladi. O`quvchi tasvir ostidagi nuqtani gap tugagan o`ringa qo`yishlari kerak. 1-topshiriq bajarilgach, ikkinchi topshiriqqa, ya`ni “keyingisi” ga o`tiladi. 2-topshiriqqa o`quvchi matnda nechta gap borligini aniqlaydi. Buning uchun matn ostida tosh tasvirlari (ekranda hayvonot bog`I tasviri va yer qismidagi toshlar nazarda tutiladi)da 3,4,5 raqamlari yozilgan bo`ladi. To`g`ri topilsa “To`g`ri”, aksi bo`lsa, “O`ylab ko`ring” ovozi eshitiladi.
3-topshiriqqa “keyingisi” tugmasi orqali o`tiladi va o`quvchilar gap qanday harf bilan boshlanishini toshlardagi so`zlardan topishadi. “Bosh harf” va “Kichik harf” so`zidan to`g`ri javob “Bosh harf” so`zi to`g`ri, aksi bo`lsa, “o`ylab ko`ring” so`zi eshitiladi. Matndagi “Dengiz akvariumi” so`zi boshqa rangda beriladi. O`qituvchi shu so`zni tanlaganda, izohi rasmda aks etishi lozim, ya`ni dengiz akvariumi rasmi namoyish etiladi.
1-topshiriq. Berilgan gaplarning chegarasini aniqlang.
2-topshiriq. Matnda nechta gap o`qidingiz?
3-topshiriq. Har bir gap qanday harf bilan boshlangan?
Topishmoq husnixat asosida yoziladi.
Bo`yi bir qarich, soqoli ikki qarich.
(Makkajo`xori)
Do'stlaringiz bilan baham: |