Ona tilidan sifdan tashqari ishlarni maqsadi quyidagilardan iborat bo’lib , ular ham ta’limiy ham tarbiyaviy maqsadlarni ko’zda tutadi.
Ona tilidan sinfdan tashqari ishlarni vazifalari quyidagilardan iborat:
rejasini tuzish;
ishtirokchilar ro’yxatini tuzish ;
o’tqaziladigan vaqtini va oyda necha marta o’tkazilishini belgilash;
mashg’ulot xonasini jihozlash;
devoriy gazeta va tahririyat a’zolarini aniqlashtirish;
sinfdan tashqari ishlarni shakllari va ularning rejasi;
mashg’ulotlar mazmunini ishlab chiqish;
o’quv materiallarini tayyorlash;
har bir mashg’ulotni o’quv manbalri va ta’lim vositalari bilan ta’minlash;
o’tkaziladigan mashg’ulotlarning natijasini hisobga olib borish.
Ona tilidan sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish shakllari quyidagicha:
doimiy tadbirlar;
to’garak;
mavsumiy tadbirlar;
uchrashuvlar;
“ O’tkir zehnlilar musobaqasi” ;
“ Mushoira kechasi” ;
“ So’z mulkiga sayohat” ;
“So’rang, javob beramiz “ ;
ko’rik – tanlovlar;
olimpiyodalar ;
kaferensiyalar;
haftaliklar ;
ertaliklar;
bellashuvlar.
“ Demokratik jamiyatda bolalar , umuman har bir inson mustaqil fikrlaydigan etib tarbiyalanadi . Agar bolalar erkin fikrlashni o’rganmasalar, berilgan ta’lim samarasi past bo’lishi muqarrar . Albatta bilim kerak . Ammo bilim o’z yo’liga , mustaqil fikrlash ham katta boylikdir “, - degan edilar Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov “Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori “ asarida .
Ona tilidan sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilishda o’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish samarali usullardan bo’lib , o’qituvchi va o’quvchilarning hamkorlik munosabatlariga tayangan .
Do'stlaringiz bilan baham: |