Kafedrasi ona tili o‘qitish metodikasi fanidan O‘quv-uslubiy majmua


Download 435.6 Kb.
bet29/93
Sana20.11.2023
Hajmi435.6 Kb.
#1789301
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   93
Bog'liq
Ona tili o‘qitish metodikasi fanidan O‘quv-uslubiy majmua-fayllar.org

Lug`at ustida ishlash mashqlari.
1-mashq. O`zbekiston taraqqiyot yo`liga chiqdi. U o`z bayrog`iga ega bo`ldi. O`z tug`rosini tasdiqladi. Birinchi Bosh qonunini yaratdi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti peshtoqida mustaqil davlatlar qatori uning bayrog`i ham hilpiradi. Osmon darvozalaridan, temiryo`l qopqalaridan yetti iqlim elchilari yurtimizga kirib kelmoqda.O`zbekiston – qadimiy va hamisha navqiron diyordir.
Lug`at ishi:
tug`ro – gerb
qopqadarvoza
O`quvchilarga notanish bo`lgan so`zlarni lug`at ishlari orqali ularga tushuntirish mumkin. O`quvchilarning esda saqlab qolishlari uchun bu so`zlar yordamida gaplar tuzish ham maqsadga muvofiqdir.
Masalan: Gerb – O`zbekistonning ramziy timslidir.
Mehmonlar darvoza orqali kirib kelishdi.
2-mashq. Boybo`ri o`g`lining otini Hakimbek qo`ydi. Hakimbek olti yoshga to`ldi. U Alpinbiy bobosidan qolgan yoyni ko`tarib tortdi. Yoy Asqar tog`ining katta cho`qqisini yulib ketdi. Dunyodan bir kam to`qson alp o`tdi. Alplarning boshlig`i Rustami doston edi. Oxiri Alpomish alp bo`ldi.
Lug`at ishi:
alp: - bahodir, pahlavon.
O`qituvchi o`quvchilarga notanish bo`lgan so`zlarni ma`nolarini tushintirish bilan birga, gap tarkibida bu so`zlarni sinonimlari bilan ham o`rnini almashtirib qo`llash mumkinligini aytadi.
Masalan: O`zbekning alp yigitlari kelishdi.
O`zbekning bahodir yigitlari kelishdi.
O`zbekning pahlavon yigitlari kelishdi.


36-mashq. So‘zlarni bo‘g‘inlab o‘qing.
An’ana, a’zo, ma’rifat, e’tirof, ma’qul, ta’na, ta’ziya, ma’lumot, e’lon, da’vo.
Ko‘chiring, tutuq belgili bo‘g‘inlarning tagiga chizing.
Ta’natana, da’vodavo so‘zlarining ma’nosini izohlang.
82- mashq. Matnni o‘qing, mazmuniga e’tibor bering.
BOZOR
Bozor — tabarruk joy. U yer yil bo‘yi gavjum. El- yurtning rizq-ro‘zi bozorda. Barakali dasturxonimiz fayzi ham bozor tufayli.
Sohibkorlar, g‘allakorlar, chorvadorlar, hunar- mand-u savdogarlar o‘z mahsulotlarini, uy-ro‘zg‘or buyumlarini, kiyim-kechaklarni bozorga olib keladilar. Kelishib narx-navoni belgilaydilar, o‘zaro oldi-sotdi qiladilar.
Hojatmand aholi bozordan noz-ne’matlar, don-dun, buyum-anjomlarni xarid qiladi.
Matndagi ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning ma’nosini bilib oling va ko‘chirib yozing. Ular qanday gaplar tarkibida qo‘llangan?


1Yaxob — ekin maydonini qishda sug‘orish.



  1. Download 435.6 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling