Kafedrasi rajabov ravshanbek boltabaevich


 O‘zbekistonning xalqaro moliya institutlari bilan o’zaro hamkorligi va


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/25
Sana02.01.2022
Hajmi0.85 Mb.
#198661
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25
Bog'liq
ozbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda xalqaro moliya munosabatlarining rolini oshirish-2

2.2. O‘zbekistonning xalqaro moliya institutlari bilan o’zaro hamkorligi va 

ularning amaliy holati tahlili 

 

Hozirgi  kunga  kelib  xalqaro  moliya  institutlari  bilan  O‘zbekiston  o‘rtasida 



iqtisodiy  hamkorlik  keng  yo‘lga  qo‘yilib  borilmoqda.  O‘zbekiston  bilan  xalqaro 

moliya 


institutlari 

o‘rtasidagi 

munosabatlarni 

takomillashtirish 

uchun 

mamlakatimizda huquqiy bazalar yaratilgan bo‘lib,  ular bo‘yicha keng imtiyozlar 



yaratilmoqda. 

Xalqaro 


moliya 

institutlari 

bilan 

inestitson 



aloqalarni 

takomillashtirish to‘g’risida Prezidentimiz I.A.Karimov ham 2005 yil yanvar oyida 

bo‘lib  o‘tgan  Oliy  Majlis  Qonunchilik  paltasi  va  Senatining  qo‘shma  majlisida 

so‘zlagan nutqida «Xalqaro valyuta fondi, Jahon banki va Osiyo taraqqiyot banki 

hamda boshqa yirik, nufuzli xalqaro moliya va iqtisodiyot tuzilmalari, tashkilotlari 

bilan  hamkorlik  kelgusida  ham  tashqi  siyosatimizning  ustuvor  yo‘nalishlaridan 

bo‘lib  qolaveradi.  Yurtimizda  amalga  oshirilayotgan  yangilanish  va  iqtisodiy 

islohotlar  jarayonida  ushbu  tashkilotlarning  roli  va  o‘rni  benihoya  kata»,  ekanini 

ta’kidlab o‘tdi.  

O‘zbekiston  Respublikasining xalqaro moliya munosabatlaridagi ishtirokida 

xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik muhim ahamiyat kasb etadi. 

Shuni inobatga olib, 1992 yilda O‘zbekiston  Respublikasi Oliy Kengashining 633-

XII  sonli  "O‘zbekiston    Respublikasini  Xalqaro  Valyuta  fondi,  Xalqaro  tiklanish 

va  taraqqiyot  banki,  Xalqaro  rivojlanish  assotsiatsiyasi,  Xalqaro  moliya 




45 

 

korporatsiyasi.  Investitsiyalarni  kafolatlash  bo‘yicha  ko‘p  tomonlama  agentlikka 



a’zo bo‘lishi to‘g’risida"gi qarori qabul qilindi. 

XVF va Jahon banki kabi tashkilotlar bilan hamkorlikning yo‘lga qo‘yilishi, 

nafaqat  respublikani  jahon  bozoriga  integratsiyasini  tezlashtirdi,  balki  amalga 

oshirilayotgan  tarkibiy  islohotlar  va  makroiqtisodiy  barqarorlikni  ta’minlash 

samarasini oshirdi. 

Xalqaro  moliya  institutlari  bilan  aloqalarning  salmoqli  qismi  xalqaro 

kreditlar  va  qarzlar  masalasi  bilan  bog’liq.  Ushbu  munosabatlarni  amalga  oshi-

rishning  huquqiy  asoslari  sifatida  O‘zbekiston  Respublikasining  "Byudjet  tizimi 

to‘g’risida"gi,  "Tashqi  qarzdorlik  to‘g’risida"gi  qonunlari  va  boshqa  me’yoriy 

aktlar ishlab chiqildi. 

Mustaqillikning dastlabki yillarida olingan kreditlar va qarzlar, asosan qisqa 

muddatli bo‘lib, ichki bozorni iste’mol tovarlar bilan to‘ldirishga qaratilgan bo‘lsa, 

keyingi yillarda hukumat mazkur qarzlarni jalb qilish sohasini tarkibiy qayta qurish 

bo‘yicha ma’lum ishlarni olib bormoqda. 

Olinadigan  qarzlar  va  jalb  qilinadigan  uzoq  muddatli  kreditlarning  asosiy 

yo‘nalishlari  sifatida  eksport  potensialini  kengaytirish,  import  o‘rnini  bosuvchi 

mahsulotlar ishlab chiqarish sohalari tanlandi.  

Mineral  xom  ashyo  resurslarini,  shu  jumladan,  neft  va  gazni  ishlab 

chiqarish va qayta ishlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, mashina-

sozlikni  rivojlantirish,  telekommunikatsiya  sohasini  zamonaviylashtirish  hamda 

kichik  va  o‘rta  biznesni  rivojlantirish  -  xorijiy  investitsiyalar  jalb  qilinadigan 

ustuvor yo‘nalishlar sifatida qaralmoqda. 

Mamlakatning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvining muhim tarkibiy 

qismi  –  davlatlarning  turli  mintaqaviy  birlashmalari  hamda  xalqaro  moliyaviy 

tashkilotlar  bilan  aloqalarni  rivojlantirishdan  iborat.  O‘zbekiston    mintaqaviy 

xalqaro  tashkilotlar,  chunonchi,  Yevropa  Ittifoqi,  EXHT,  NATO,  EKO,  OIK  va 

boshqalar bilan ham samarali hamkorlik qilmoqda. Bular orasida Yevropa Ittifoqi 

alohida  o‘rin  tutadi.  1996  yilda  Yevropa  Ittifoqi  bilan  O‘zbekiston    o‘rtasidagi 

munosabatlarni rivojlantirishda bir qancha muhim ishlar amalga oshirildi. 



46 

 

Osiyo  Taraqqiyot  Banki  -  Osiyo-Tinch  okeani  hududi  mamlakatlarini 



rivojlantirishda  loyihalarni  uzoq  muddatli  kreditlash    maqsadi  uchun    tashkil 

qilingan  hududiy  moliyaviy  tashkilotdir.  1995  yil  30  avgustda  O‘zbekiston 

Respublikasi  OTBga  to‘la  xuquqli  a’zo  bo‘ldi.  Bank  birinchi  iqtisodiy  missiyasi 

tayyorlagan  iqtisodiy  hisobotni  OTB  direktorlar  kengashi  ko‘rib  chikqanidan, 

respublika  kiradigan  mamlakatlar  guruhi  belgilangandan  so‘ng,  O‘zbekiston 

bo‘yicha  strategiya  ishlab  chiqiladi  va  respublika  kredit  olish  imkoniyatiga  ega 

bo‘ladi.  

Xalqaro  moliya  institutlari  bilan  aloqalarning  salmoqli  qismi  xalqaro 

kreditlar va qarzlar masalasi bilan bog’liq. O‘zbekiston  Respublikasining xalqaro 

moliya  munosabatlaridagi  ishtirokida  xalqaro  moliya  institutlari  bilan  hamkorlik 

muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizda bozor munosabatlarining rivojlanishi 

bilan  xo‘jalik  yuritishning  muhim  tarkibiy  qismi  bo‘lgan  xalqaro  moliya 

munosabatlarining ahamiyati yanada ortmoqda. 


Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling