Kafedrasi rajabov ravshanbek boltabaevich
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida xalqaro moliya
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
ozbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda xalqaro moliya munosabatlarining rolini oshirish-2
3.2. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida xalqaro moliya
munosabatlarini takomillashtirish masalalari
Ma’lumki, milliy iqtisodiyotga chet el investitsiyasini kiritish, transmilliy kompaniyalarning o’z faoliyatini bizda amalga oshirishi, shuningdek moliya bozorlaridan uzoq muddatli va kichik foizlarda kreditlar jalb qilish ko’p jihatdan mamlakatning xalqaro maydondagi nufuzi, ya’ni imidjiga bog’liq. Respublikamiz Prezidenti I.Karimov mamlakatimizni 2014 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida “Etakchi xalqaro moliya institutlari tomonidan chop etiladigan, birinchi navbatda, Jahon bankining “Biznes yuritish” (“Duing biznes”) deb nomlangan ma’ruzasida e’lon qilinayotgan bizning biznes yuritish bo’yicha ko’rsatkichlarimizni tizimli asosda chuqur o’rganib, mavjud kamchilik va nuqsonlarni bartaraf etishga doir 55
aniq chora va takliflar ishlab chiqish, avvalo, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va boshqa manfaatdor idoralarning muhim vazifasiga aylanishi kerak” deb alohida ta’kidlab o’tdi. Jahon banki bilan hamkorlik. O’zbekiston Jahon bankiga mustaqillikning ilk yilida - 1992 yildayoq a’zo bo’ldi. O’tgan davr mobaynida 25 dan ortiq yirik loyihalar bevosita ushbu bank tomonidan moliyalashtirildi, ko’plab loyihalar esa ushbu tashkilot ko’magida amalga oshirildi. 2015 yilning boshigacha bo’lgan davrda jalb qilingan mablag’lar miqdori 2 mlrd.dollardan oshdi. Jalb qilingan mablag’larni shartli ravishda quyidagi 4 ta sohaga bo’lib qarash mumkin: (1) 20 foizdan ortiqrog’i elektroenergetika sohasiga; (2) 20 foizdan ortiqrog’i suv ta’minotini yaxshilash sohasiga; (3) 25 foizdan ortiqrog’i sog’liqni saqlash, ta’lim va boshqa ijtimoiy sohaga; hamda (4) qolgan mablag’lar qishloq xo’jaligi erlarini meliorativ holatini yaxshilash, kichik tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash va boshqa sohalarga yo’naltirildi. 2011 yilda Jahon banki tomonidan O’zbekiston Respublikasi bilan hamkorlik qilishning 2012-2015 yillarga mo’ljallangan stratagiyasi qabul qilindi. 2012-2015 yillar oralig’idagi davr mobaynida Jahon banki 15 dan ortiq loyihalarni moliyalashtirishni rejalashtirgan. Ushbu loyihalarni amalga oshirishga bankning jami 1,3 mlrd.dollardan ortiqroq mablag’ini jalb qilish ko’zda tutilgan. Bu esa yiliga o’rtacha 325 mln.dollardan ortiqroq mablag’ deganidir. Yaqinda, 2015 yilning fevral oyida, bank ijrochi direktorlari kengashi mamlakatimizda qurilayotgan Angren-Pop tumir yo’li qurilishi uchun 195 mln.dollar ajaratish to’g’risida qaror qabul qildi. Ma’lumki ushbu temir yo’lning ishga tushishi Farg’ona vodiysining 8 mln.ga yaqin aholisini O’zbekistonning markazi va boshqa hududlari bilan bog’laydi. Shuningdek, Jahon banki O’zbekiston hukumati tomonidan qabul qilinishi mo’ljallanayotgan “O’zbekiston - 2030” strategik dasturini (“Uzbekistan: Vision-2030”) ishlab chiqishda ham ekspert yordamini berishni rejalashtirgan. Xalqaro valyuta fondi (XVF) bilan hamkorlik. O’zbekiston XVFga 1992 yil sentyabrida a’zo bo’ldi. XVF o’z navbatida iqtisodiyotimizning turli sohalarida amalga oshirilayotgan loyihalarga mablag’ ajratib kelmoqda. Fond tomonidan
56
transport sohasiga (jami ajratilgan mablag’larning 20 foizdan ortig’i), sog’liqni saqlash sohasiga (20 foizga yaqin), suv ta’minoti (15 foizdan ortiq), qishloq xo’jaligidagi (15 foizdan ortiq) va boshqa sohalardagi loyihalarga 1 mlrd.dollardan ortiq kredit ajratilgan. Osiyo taraqqiyot bankibilan hamkorlik. O’zbekiston 1996 yildan buyon Osiy taraqqiyot bankining a’zosi hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasining 1995-2013 yillar mobaynida Osiyo taraqqiyot bankidan jalb qilgan mablag’lari hajmi 4 mlrd.dollardan oshdi. Faqatgina 2013 yilning o’zida bank O’zbekistonga 691 mln.dollar miqdoridagi kredit ajratdi. O’zbekiston OTB dagi ulushi bo’yicha a’zolari ichida 15-o’rinda, bank mablag’ini jalb qilish bo’yicha esa 14-o’rinda turadi. Yuqoridagi tahlillardan va faktlardan ko’rinib turibdiki, xalqaro moliya institutlari mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy-ijtimoiy islohotlarni, rivojlantirish va modernizatsiya qilishga mo’ljallangan ko’plab loyihalarni moliyalashtirishda muhim o’rin tutadi. Amalga oshirilgan tadqiqotlar, tahlil natijalari hamda jadal rivojlanish yo’lidan borayotgan davlatlar tajribasi asosida mazkur moliya institutlari bilan O’zbekiston o’rtasidagi o’zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadga muvofiqligi yanada ravshanlashdi. Shu maqsadda, mazkur tashkilotlar tomonidan yangidan qabul qilinadigan hamkorlik strategiyalarini ishlab chiqishda faol ishtirok etish lozim. Jahon banki tomonidan hisoblab boriladigan turli reytinglarda, jumladan “Duing biznes” reytingidagi o’rnimizni muttasil yaxshilab borish lozim. O’zbekistonda ishlab chiqilayotgan “O’zbekiston-2030” strategiyasini qabul qilish va uni amalga oshirilishini birgalikda monitoring qilish mazkur strategiyaning muvaffaqiyatini ta’minlabgina qolmasdan balki mamlakatimiz nufuzini yanada oshishiga xizmat qiladi. Mamlakat reytingi va nufuzi oshishi esa o’z navbatida manfaatli shartnomalar, uzoq muddatli investitsiyalar, xalqaro moliya institutlarining past foizli kreditlarini jalb qilishga imkoniyat yaratadi. O‘zbekiston Respublikasini jahon xo‘jaligiga kirib borishida, uning hududiy va global darajadagi raqobatbardoshligi bo‘yicha ustunligi, tashqi iqtisodiy
57
siyosatni ishlab chiqish va uni amalga oshirish bilan ko‘p jihatdan bog’liq. Amalga oshirilayotgan tarkibiy islohotlar bo‘yicha qizg’in munozaralarning mavjudligiga qaramasdan, tashqi iqtisodiy siyosatni ishlab chiqishda hukumat, mamlakatning geografik, ishlab chiqarish va texnologik hamda mehnat resurslaridan foydalanish samarasini inobatga olmokda. Xalqaro mehnat taqsimotining kuchayishi, xalqaro xo‘jalik ishtirokchilaridan yuqori darajadagi raqobatbardoshlikni talab etadi. Shu jihatdan jahon xo‘jaligida O‘zbekiston qo‘shni MDH mamlakatlaridan o‘zining quyidagi xalqaro ustuvorliklari bilan ajralib turadi: 1) Qadimiy boy madaniyat, tarixiy va diniy yodgorliklari xalqaro turizm sanoatini rivojlantirish uchun qulay imkoniyatlarni yuzaga keltiradi; 2) Qulay tabiiy iqlim va tabiiy boyliklar, ishlab chiqarish, qurilish va qishloq xo‘jaligi sohasida raqobatbardosh myhitni shakllantiradi; 3) "Buyuk ipak yo‘li"da joylashganligi xalqaro integratsiyada Yevropa bilan Osiyoni bog’lovchi "ko‘prik" vazifasini bajarishga etarlicha imkoniyatni vujudga keltiradi. 4) O‘zbekiston Respublikasi etarli darajada malakali mutaxassislar bilan ta’minlangan. Zamonaviy texnologiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini barpo qilish, ushbu sohadagi imkoniyatlarni kengaytiradi. 5) Mamlakat xukumati tomonidan ichki ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish va eksportni rag’batlantirish siyosatini yuritilishi. O‘zbekiston Respublikasini xalqaro hamkorligi va iqtisodiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlari belgilandi va u mamlakatni xalqaro bozorga qo‘shilishining asosini tashkil etadi. O‘zbekiston sobiq Ittifoqda yirik respublikalardan hisoblanib, aholisining soni bo‘yicha 3-o‘rinni va yalpi milliy mahsulot hajmi bo‘yicha 5-o‘rinni egallab kelgan.
Respublika tabiiy resurslarga boy, sanoatda va qishloq xo‘jaligida etarli darajada rivojlangan ayrim ishlab chiqarishlarga ega. Masalan, O‘zbekiston tabiiy gaz qazib olishda dunyoda 9-o‘rinda, oltin qazishda 7 o‘rinda, oltingugurt kislotasi va mineral o‘g’itlar ishlab chiqarishda 58
hamda pilla etishtirishda 7 o‘rinda turadi. Yuqoridagi tabiiy imkoniyatlardan kelib chiqqan holda respublikaning xalqaro moliya munosabatlari va jahon xo‘jaligiga integratsiyasi majmui aniq bel- gilangan maqsadlar va ularni amalga oshirishga qaratilgan asosiy tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Birinchidan, respublika milliy iqrisodiyotining kuchli eksport bo‘g’unini tashkil etuvchi va uni jahon bozorida munosib o‘rinni egallashini ta’minlovchi bo‘g’unlarni aniqlash; Ikkinchidan,iqtisodiyotning eksport bo‘g’inida davlat tomonidan qo‘llab- quvvatlash usulidan keng foydalanish; Bu usullar quyidagilardir: 1. Eksportta yo‘naltirilgan ishlab chiqarishni kengaytirish uchun imtiyozli foizlar bo‘yicha ko‘p muddatli kreditlar ajratish, mo‘ljallangan investitsiyalarni syg’urtalash; 2. Eksport qiluvchilarga milliy ishlab chi:qarish va uning xorijiy raqobatchilari ishlab chiqarishi xarajatlari o‘rtasidagi farqni qoplash; 3. Davlat tomonidan respublikaga ilg’or texnologiyalar, tajribalar, bilimlarni kirib kelishi uchun subsidiyalar ajratish; 4. Eksport va importni litsenziyalash yoki chetga mol chiqarishga va chetdan uni olib kelishga ruxsatnomalar berish; 5. Ishlab chiqarish jarayonida qatnashuvchi, xorijdan keltirilgan xom ashyo va materiallar, asbob-uskunalar va jihozlar ulushini bosqichma-bosqich kamay- tirish va boshqalar. Shu bilan birga, xalqaro moliya sohasidagi siyosat milliy valyutani mustahkamlash va uni boshqa valyutalarga erkin almashuvini ta’minlashni, ichki narxlarni jahon bozori narxlariga yaqinlashtirish maqsadida baholar islohotini tugallashni, tashqi iqtisodiy faoliyatning me’yoriy-hukuqiy asoslarini xalqaro talablar darajasiga etkazishni nazarda tutadi.
O‘zbekiston uchun asosiy strategik maqsadlar quyidagilardan iborat: 1. O‘zbekiston Respublikasining jahon iqtisodiy tizimi integratsiyasiga 59
qo‘shilib borishini ta’minlash;
2. Eksport potensialini rivojlantirish;
3. Import va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish; 4. Investitsiya siyosatini takomillashtirish; 5. Chet el sarmoyalarini jalb qilish; 6. Eksport mahsulotlari ishlab chiqarish zonalari va erkin iqtisodiy hududlarni rivojlantirish; 7.Tashqi iqtisodiy faoliyat infratuzilmasini rivojlantirish. Respublikamizga keltirilayotgan import mahsulotlari esa ko‘proq texnika va xalq xo‘jaligi ustuvor sohalarining rivoji uchun xizmat qilishi kerak. Respublikaning jahon xo‘jaligi tizimiga shaxdam qadamlar bilan kirib borishi uchun xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan iqgisodiy aloqalarining o‘rnatilishi tashqi faoliyatni boshqaruv tizimini tubdan o‘zgartirishni talab qiladi. Ushbu ko‘rinish respublika tashqi siyosati oldiga qo‘yilgan ikki muhim holat bilan bog’liq: Birinchidan, O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, tashqi iqgisodiy munosabatlar uchun o‘zining mustaqil siyosatini ishlab chiqishi va uni amalga oshirishi uchun javobgar bo‘lgan maxsus tashkilotlar tuzish taqazo etildi. Ikkinchidan, Respublikada milliy iqtisodiyotni tubdan o‘zgartirib, qaytadan ishlab chiqish, ya’ni qayta qurish jarayoni tufayli tashqi iqgisodiy faoliyat ishtirokchilari kengaydi, ularga turli sohada tashqi iqgisodiy bitimlarni tuzishda kengroq huquqlap berildi. Ushbu sohadagi shartnomalarni, bitimlarni faqat davlat idoralari emas, balki mulkchilikning boshqa shakllariga asoslangan turli birlashmalar, korxona-tashkilotlarga ham tuzish imkoniyati berildi. Ushbu omillarni hisobga olgan holda respublikada tashqi iqtisodiy faoliyat va xalqaro moliya munosabatlarini boshqarish tizimi shakllanmoqda hamda uning tarkibiy qismiga kirgan tashkilotlar faoliyati takomillashtirilmoqda. Tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarishning tarmoq tashkilotlari tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshiruvchi vazirliklar, idoralar, yirik korxonalar va
60
tashkilotlarning maxsus idoralar, yirik korxonalar va tashkilotlarning maxsus bo’linmalaridan tashkil topgan. Ular tarmoq, idora, korxona va tashkilotlar tashqi iqtisodiy faoliyatini rivojlantirish dasturini ishlab chiqadi, xorijiy sheriklar bilan shartnoma va bitimlar tuzadi, tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishning aniq yo‘nalishlari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar tayyorlaydi. Ushbu tashkilotlar: Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Davlat kimyo sanoati konserni, Davlat
metallurgiya sanoati
konserni, "Uzbeksavdo" uyushmasi, "Uzdonmahsulot", "Uzavtotrans", "O‘zbekiston temir yo‘llari" , "O‘zbekiston havo yo‘llari", "Dori - darmon" hissadorlik uyushmasi va boshqalar. Tashqi iqtisodiy faoliyat boshqarilishida funksional tashkilotlar ham muhim rol o‘ynaydi. Bu tashkilotlarga: Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank, Davlat soliq qo‘mitasi, Mehnat vazirligi, Davlat texnika qo‘mitasi va bosh- qalar kiradi. Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishning bilvosita iqtisodiy usullari ichida bojxona bojlari va tariflari juda muhim hisoblanadi. Ular yordamida xalqaro munosabatlarning ko‘rinishlaridan biri bo‘lgan tashqi savdo tartibga solinadi. Tariflarni o‘zgartirish orqali davlat eksport va importni rag’batlantirishi yoki qisqartirishi, uning tuzilishini vujudga keltirishi, bu orqali esa milliy ishlab chiqarish va iste’mol munosabatlariga ta’sir etishi mumkin.
Bojxona tariflari, asosan milliy darajada qo‘llaniladi va bunda qator vazifalarni bajaradi. 1. Fiskal, ya’ni davlat byudjeti daromadlarini to‘ldirish manbai bo‘lib xizmat qiladi;
2. Proteksionistik, ya’ni milliy ishlab chiqaruvchilarni chet el raqobatidan himoya qiladi; 3. Boshqaruv, ya’ni iqtisodiyot tuzilishini qayta kurishni boshqarish vositasi hisoblanadi va ular yordamida mamlakat iqtisodiyotidagi ilg’or siljishlar rag’batlantiriladi. Shunday qilib, bojxona bojlari va tariflari milliy darajada bo‘lgani kabi millatlararo darajada ham, tashqi savdoni tartibga solishning muhim vositalari
61
hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro moliya munosabatlarini takomillashtirish va jahon xo‘jaligidagi o‘ziga xos o‘rnini topishida, tashqi iqtisodiy aloqalarni erkinlashtirilishida quyidagi infratuzilmalarni rivojlantirish muhim ahamiyatga egadir: 1. Xalqaro moliya munosabatlarini amalga oshirishning axborot va ilmiy- uslubiy ta’minoti. Ushbu axborot va ilmiy-uslubiy ta’minot uchun quyidagi va- zifalar bajarilishi zarurdir: - tashkiliy, statistika, ilmiy-ulubiy, davlat boshqaruvi organlari va tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari bo‘g’inlari, konyunktura tizimlarini o‘z ichiga oluvchi tashqi iqtisodiy faoliyatga xizmat ko‘rsatish va markazlashgan avtomatlashtirilgan axborot tizimini tashkil etish; - aniq tizim ko‘rsatkichlari bo‘yicha tashqi iqtisodiy faoliyat sub’ektlarini to‘liq statistik qamrab olishni ta’minlash; - o‘quv qo‘llanmalarini nashr qilish va ishlab chiqarish; - tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga soluvchi va doimiy yangi qo‘shimchalar bilan to‘ldirilishini inobatga oluvchi qonuniy va me’yoriy aktlar chop etilishini markazlashgan holda bajarish. Hozirgi kunda respublikada jahonning mashhur "Motorola " (AQSH), "Simens" "Alkatel" (Germaniya), ''DEU'' (Janubuy Koreya) singari yetakchi chet el kompaniyalari ishtirokida telekommunikatsiya tarmoqlarini qayta ta’mirlashishlari faol olib borilmoqda. Zamonaviy telekommunikatsiya va kompyuter tizimlari, kompyuter va telekommunikatsiya texnikasini ishlab chiqaradigan qo‘shma korxonalar barpo etilmoqda. Zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish ustida katta ishlar olib borilmoqda, lekin ushbu infratuzilmani barpo qilishda muammolar etarlichadir. Masalan, respublika poytaxti, viloyat markazlari va tumanlar o‘rtasida o‘zaro telefon aloqalari yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan. Tash- kilotlarda elektron pochta va jahon kompyuter axborot turi internet etarlicha darajada foydalanilayotgani yo‘q. Bu esa o‘z navbatida axborot ta’minotining rivojlanishini sustlashtiradi. Ushbu axborot va ilmiy-uslubiy ta’minot xalqaro moliya munosabatlarning infratuzilmasini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb
62
etadi. 2. Tashqi iqtisodiy faoliyatning savdo aloqalarini erkinlashtirishda transport infratuzilmasini rivojlantirish. Tashqi iqtisodiy faoliyatda transport infratuzilmasini rivojlantirish muhim masalalardan biridir. Transport infratuzilmasi muammolarini echish uchun, avvalo, quyidagi vazifalar bajarilishi lozim: - tashqi iqtisodiy faoliyat transport infratuzilmasini rivojlantirish dasturini ishlab chiqish; - O‘zbekistonning xalqaro ko‘p tomonlama va ikki tomonlama kelishuvlarga tashqi savdo tranzit yuk tashish masalalariga keng ko‘lamda qo‘shilishi (bu erda tashqi iqtisodiy faoliyat infratuzilmasini rivojlantirishda transport ustuvor yo‘nalishlardan biri, deb qaralishi kerak) "Respublikamizning rivojlangan kommunikatsiyalari tizimining mavjudligi ham O‘zbekistonning geografik- strategik mavqeini jozibador qiluvchi muhim omildir 16 ". Chunki transport kom- munikatsiyalari davlatning o‘z oldiga qo‘ygan strategiyasini amalga oshirishda roli kattadir. 3. Xalqaro moliya munosabatlari sohasida mutaxassis kadrlarni tayyorlash. Xalqaro moliya munosabatlariga kadrlar tayyorlash sohasida ham bir qancha murakkab vazifalar qo‘yilgan edi. Bu vazifalarga quyidagilarni kiritish mumkin: - respublikamizda faoliyat yuritayotgan institut va universitetlarning tashqi iqrisodiy munosabatlari, xalqaro marketing va menejment bulimlarida qo‘shimcha o‘quv-konsalting markazlarini tashkil etish; - universitet va institutlarning o‘qituvchi kadrlarini tayyorlash va malakasini oshirish; - iqtisodiyotning turli sohalarida faoliyat ko‘rsatyotagan rahbar xodimlar va mutaxassislarni tashqi iqrisodiy tarkibda ish olib borishlarini ta’minlash, malakasini oshirish; - chet el universitetlarida va kompaniyalarida o‘qish va amaliyotga borishni tashkil etish va hokazolar.
16 I.A.Karimov, O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida ... , T.: O’zbekiston, 1997 y.284 -bet. 63
Xalqaro moliya munosabatlari sohasi shartlari tashkil etilishida iqtisodiy xavfsizlik asosiy rollardan birini o‘ynaydi, milliy xavfsizlikni ta’minlashda tartibga solishning asosiy 3 xil ko‘rinishi mavjud: 1. Valyuta nazorati. 2. Eksport va import nazorati. 3. Xom ashyoning strategik turlari olib chiqilishini tartibga solish. Ushbu sohalarning o‘ziga xos shakllari va tartibga solish uslublari mavjud. Albatta, yuqorida keltirilgan fikr-mulohazalarga, tahliliy qarashlarga hamda nazariy xulosalarga ustuvor yo‘nalish sifatida e’tibor berish, shak-shubhasiz xalqaro moliya munosabatlarni rivojlantirish uchun xizmat qiladi.
Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling