Kafedrasi rajabov ravshanbek boltabaevich


Bitiruv  malakaviy  ishining  tarkibiy  tuzilishi


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/25
Sana02.01.2022
Hajmi0.85 Mb.
#198661
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25
Bog'liq
ozbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda xalqaro moliya munosabatlarining rolini oshirish-2

Bitiruv  malakaviy  ishining  tarkibiy  tuzilishi.  Bitiruv  malakaviy  ishining 

kirish  qismi,  uchta  bob,  xulosa  va  takliflar  hamda  foydalanilgan  adabiyotlar 

ro‘yxatidan iborat.  

 

 



 

 

 



 


 

I BOB. IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA 



XALQARO MOLIYA MUNOSABATLARINING NAZARIY JIHATLARI 

 

1.1.  Xalqaro moliya munosabatlarining mazmun-mohiyati va ahamiyati 

 

Hozirgi  kunda  xalqaro  moliyaning  xalqaro  iqtisodiyotni  integratsiyalashuvi 



(baynalminallashuvi)  va  globallashuvining  asosiy  harakatlantiruvchi  kuchi 

sifatidagi  o’rni  va  roli  ortib  bormoqda.  Xalqaro  savdo  globallashuv  sharoitida 

xo’jalik  faoliyatining  internatsionallashuviga  ko’maklashuvchi,  xalqaro  mehnat 

taqsimotining  chuqurlashuviga  va  milliy  iqtisodiyotning  o’zaro  bog’liqligini 

kuchaytirishiga  sabab  bo’luvchi  sifatidagi  omillarini  o’zida  saqlab  qoldi.  Jahon 

yalpi ichki mahsuloti(YaIM) ning o’rtacha yillik o’sish sur’atiga nisbatan xalqaro 

tovar  aylanmasining  o’rtacha  yillik  o’sish  sur’ati  1982-1991  yillarda  1,5  marta, 

1992-2007  yillarda  esa  2,3  martaga  oshdi.  Xalqaro  savdo  globallashuvning 

jadallashuvida  xalqaro  valyuta-kredit  va  moliyaviy  oqimlariga  nisbatan  ahamiyati 

otib bormoqda.  

Moliya  tizimining  xususiyati  uning  nafaqat  olingan  alohida  bir  mamlakat 

yoki  hududda,  balki  xalqaro  miqyosda  ham  amal  qilishidadir,  ya’ni  u  milliy  va 

millatlararo

 

ko‘rinishda yoki xalqaro moliya tizimi (qisqartmasi «xalqaro moliya») 



sifatida namoyon bo‘lishidadir. 

         Xalqaro  moliya  –  bu  o‘ylab  topilgan  kategoriya  emas;  u  ob’ektiv  asoslarga 

ega  bo‘lgan  ixtisoslashgan  moliya  munosabatlarini  aks  ettiradi.  Xalqaro 

moliyaning  moddiy  asosi

 

bo‘lib  mamlakatlar  o‘rtasidagi  xalqaro  moliyaviy 



oqimlar hisoblanadi. Ular quyidagi shakllarda namoyon bo‘ladi: 

a)  pul  oqimlari  –  eksport  qilingan  tovarlar  va  xizmatlardan  kelib  tushgan 

valyuta  hamda  import  qilingan  tovarlar  va  xizmatlarga  to‘lov;  bu  oqimlar  o‘zida 

sub’ektlar  xo‘jaligi  moliyasini  aks  ettirishi  mumkin,  ammo  ular  turli  xil 

mamlakatlarga tegishli bo‘lganligi sababli ular mamlakatlar o‘rtasidagi pul oqimi 

harakatini aks ettiradi;  

b)  ikki  tomonlama  xususiyatga  ega  bo‘lgan  kredit  vositalari  oqimi:  bir 

tomondan ssuda berish, ikkinchi tomondan uning so‘ndirilishi va foizlarni to‘lash. 




10 

 

Shu  tarzda  mamlakatlar  o‘rtasida  moliyaviy  resurslar  harakati  vujudga 



keladi.  Ularning  taqsimoti  bir  tomondan  valyuta  kurslari,  ikkinchi  tomondan 

bojxona tariflari va qoidalari bilan tartibga solinadi. 

Yuqorida aytib o‘tilganlar bilan xalqaro xususiyatga ega bo‘lgan moliyaviy 

resurslarning  paydo  bo‘lishi  va  ishlatilishining  sabablarini  to‘liq  ochib  berish 

mumkin emas.

 

 



Moliyaviy resurslar  xalqaro moliya institutlari va tashkilotlarining faoliyati 

jarayonida shakllanadi va foydalaniladi. Bu institut va tashkilotlar milliy

 

ustqurtma



 

hisoblanib, aniq bir vazifalarni bajaradi. Ularning moliyaviy ta’minoti umume’tirof 

etilgan fondlar (masalan, OONning byudjeti) yoki maqsadli fondlar (aniq bir tadbir 

yoki  dastur  asosida)  orqali  amalga  oshiriladi.  Ushbu  institut  va  tashkilotlarning 

moliyaviy resurslari ikki yo‘l bilan shakllanadi: alohida mamlakatlarning badallari 

evaziga hamda davlatlarga kredit berish, ularni qaytarish va foiz to‘lovlari asosida. 

Jahon  miqyosida  moliyaviy  resurslarning  ma’lum  bir  qismini  markazlashtirish 

jahon  xo‘jaligi  ehtiyojini  qondiradi;  bunday  resurslar  shakllanishining  iqtisodiy 

asosi  bo‘lib  savdo,  kreditning  rivojlanishi,  turli  tarmoqlardagi  xalqaro 

dasturlarning  realizatsiyasida  mamlakatlarning  ishtiroki,  iqtisodiy  integratsiyanig 

dunyo miqyosida o‘sishi hisoblanadi. 

Shunday  qilib,  xalqaro  moliya  –  bu  moliyaviy  resurslarining  harakati, 

shakllanishi,  taqsimlanishi  va  xalqaro  moliya  bozori  institutlari  hamda  xalqaro 

institutlar  va  tashkilotlar  tomonidan  ishlatilishiga  asoslangan  tarkibi  bo‘yicha 

murakkab bo‘lgan munosabatlar tizimidir

3



Xalqaro  moliya  munosabatlarining  sub’ektlari    quyidagilardir:  davlatlar, 

korxonalar,  fuqarolar  hamda  millat  ichidagi  subyektlar  –  xalqaro  tashkilotlar  va 

xalqaro  institutlar.  Xalqaro  moliya  munosabatlari  turli  mamlakatlarning  xo‘jalik 

subyektlari  bilan,  bir  davlatning  boshqa  davlatlar  hukumatlari  hamda  xalqaro 

tashkilotlar  bilan,  davlat  va  korxona  o‘rtasida  hamda  xalqaro  moliya  institutlari 

bilan bo‘lishi mumkin. 

                                                           

3

 Lavrushin O.I. Dengi, kredit, banki. «Knorus» 2007 g 




11 

 

 



Xalqaro  moliya  xalqaro  moliya  resurslari  harakati  yig’indisini  ifodalovchi 

tushunchadir.  Jahon  savdosining  o‘sishi,  ishlab  chiqarishning  ixtisoslashuvi  va 

kengayishi,  xalqaro  kapital  harakatining  rivoji,  chegaralararo  tovarlar,  xizmatlar 

hamda  insonlarning  harakati  xalqaro  moliyaning  rivojlanishiga,  jahon  moliya 

bozorlari,  xalqaro  moliya  korporatsiyalarining  vujudga  kelishiga,  davlatlararo 

moliyaviy  munosabatlar  hamda  xalqaro  moliyaviy  faoliyatning  boshqa 

jabhalarining murakkablashuviga olib keldi

4



Xalqaro moliya doimo o‘zgarub turuvchi  xalqaro pul tizimining holatini va 

rivojini,  alohida  mamlakatlar  to‘lov  balansi  holati  va  o‘zgarishlarini,  xalqaro 

moliya bozorlari, xalqaro moliya korporatsiyalari, xalqaro bank hamda investitsion 

faoliyatni o‘zida aks ettiradi. Jahon moliya tizimining asosiy qatnashchilari bo‘lib 

banklar,  transmilliy  korporatsiyalar,  portfel  investorlar  hamda  xalqaro  rasmiy 

qarzdorlar  hisoblanadi.  Jahon  moliya  operatsiyalari  bugungi  kunda  alohida 

davlatlarning moliya tizimiga sezilarli ta’sir etuvchi kuch bo‘lib kelmoqda. 

Xalqaro  moliya  –  bu  jahon  xo‘jaligining  valyuta,  kredit  va  moliyaviy 

munosabatlarini hamda ularning tashkiliy shakllarini qamrab oluvchi tushunchadir. 

Jahon 


xo‘jaligining 

barcha 


moliyaviy 

oqimlari, 

xalqaro 

moliyaviy 

operatsiyalarning hammasi, barcha xalqaro hisob-kitoblar xalqaro moliya sohasida 

sodir  bo‘ladi.  Ularnig  rivojlanishi  o‘z  navbatida  jahon  xo‘jaligining  shakllanishi, 

xalqaro  savdoning  o‘sishi  va  jahon  bozoriga  aylanishi,  xalqaro  mehnat 

taqsimotining  chuqurlashuvi,  xalqaro  kapital  harakatining  ko‘payishi  va 

diversifikatsiyalanishi,  xo‘jalik  aloqalarinig  baynalmilallashuviga  bog’liqdir. 

Iqtisodiy  adabiyotlarda  «Xalqaro  moliya»  tushunchasining  sinonimi  sifatida 

«xalqaro  valyuta-kredit  va  moliya  munosabatlari»  yoki  «valyuta-moliya 

munosabatlari»  tushunchalari  qo‘llaniladi.  Xalqaro  moliya    tashkiliy-huquqiy 

shaklda asosan xalqaro valyuta-moliya tizimi deb nomlanadi. 

Xalqaro moliyaning vazifalari quyidagilardan iborat: 

•  Milliy 

iqtisodiyotlarning 

bir 

butun 


xalqaro 

tizimga 


iqtisodiy 

integratsiyalashuvini ta’minlash; 

                                                           

4

 Abdullaeva SH.Z. «Pul, kredit va banklar» – 2000y 




12 

 

•  Xalqaro  savdo hamda  tovarlar,  xizmatlar  va  kapital  ayirboshlashni  oqilona 



harakatini ta’minlash; 

•  Milliy  iqtisodiyotlarni  xalqaro  iqtisodiy  va  moliyaviy  holatlarga 

moslashtirish; 

•  Davlatlarning milliy moliyaviy siyosatini yuritishida  qo‘llanmalar berish. 

Xalqaro moliya tushunchasiga berilgan ta’riflarni tahlil qilar ekanmiz, yuqorida 

keltirilgan  ta’riflarning  barchasini  to‘g’ri  talqin  qilingan  deb  baholadik.  Ayniqsa, 

V.V.Glushenkoning  «Moliya»  kitobida  keltirilgan  ta’rifi  xalqaro  moliya 

tushunchasini aniq va sodda qilib tushuntirgan. 

Xalqaro  moliya  –  bu  milliy  iqtisodiyotning  xalqaro  moliya  bozori 

operatsiyalaridagi  ishtirokida  tashqi  moliyalashtirish  hisobidan  kelib  tushgan  va 

xalqaro iqtisodiy munosabatlarda foydalaniladigan moliyadir. 

Jahon


  

(global)


 

moliya bozori (jahon  kapital bozori) – bu vositachi sifatida ishtirok 

etuvchi va moliyaviy resurslarni kreditorlar,qarzdorlar, sotib oluvchilar,sotuvchilar 

o‘rtasida qayta taqsimlovchi moliya-kredit tashkilotlari yig’indisidir.  

Xalqaro  moliya  o‘zi  nima?  Biz  bunda  4  ta  muhim  yo‘nalish  bilan 

hisoblashishimiz zarur: 

1. Xalqaro moliya - xalqaro moliya bozorlari, xalqaro bank faoliyati, xalqaro 

darajadagi  korporatsiyalar  moliyasi,  qimmatli  qog’ozlar  portfellarini  boshqarish  va 

ular  o‘rtasidagi  bog’liqlik,  umuman  olganda      jahon  miqyosidagi  moliyaviy  holat 

tahlilini ko‘rsatadi.

  

2.  Xalqaro  moliya  jahon    miqyosidagi  moliyaviy  operatsiyalar  harakatini, 



ular  qaerda  bo‘lishidan  qat’iy  nazar  izohlab  beradi,  ya’ni  yirik  industrial 

davlatlardami,  yangi  industrial  davlatlardami,  rivojlanayotgan  yoki  o‘tish 

iqtisodiyoti davlatlaridami.

 

3.  Xalqaro  moliya  moliyaviy  faoliyatni  makro-  va  mikro-  darajada  to‘liq 



ifodalaydi.  

4.  Xalqaro  moliya  xalqaro  moliya  operatsiyalari  uzluksiz  jarayondan  iborat 

ekanligini va doimiy o‘zgaruvchanligini ko‘rsatib turadi.

  



13 

 

Xalqaro moliya tarkibiga xalqaro oborotga kelib tushgan va xalqaro iqtisodiy 



munosabatlarda,  ya’ni  rezedentlarning  tashqi  dunyo  bilan  yuzaga  keladigan 

munosabatlarida    qo‘llaniladigan  moliya  kiritiladi.  Xalqaro  moliya  quyidagilarga 

xizmat qiladi: 

Birinchidan,  turli  mamlakat  rezedentlari  o‘rtasidagi  iqtisodiy  aloqalarga  va 

o‘zaro hamkorligiga;  

Ikkinchidan,  jahon  mamlakatlari  rezedentlarinig  turli  xil  institutlar  (xalqaro 

va regional tashkilotlar) bilan yuzaga keladigan munosabatlarga; 

Uchinchidan,  xalqaro  moliya  bozorlaridagi  turli  mamlakatlar  rezidentlari 

operatsiyalariga xizmat qiladi. 

Xalqaro  moliya  jahon  moliyasining  bir  qisminigina  tashkil  qiladi.  Jahon  

moliyasi  o‘z  tarkibiga  xalqaro  moliyadan  tashqari  jahon    mamlakatlarining  ichki 

moliyasini  ham  kiritadi.  Xalqaro  moliyaning  bazaviy  manbai  bo‘lib  jahon 

mamlakatlarida  mavjud  bo‘lgan  xususiy  va  davlat  jamg’armalarining  bir  qismi 

xisoblanadi.  Ushbu  qism  milliy  iqtisodiyotdan  chegirilib  turli  xil  maqsad  va 

sharoitlarga  asosan  chet  mamlakatlari  iqtisodiyotiga  qo‘yiladi  yoki  xalqaro 

tashkilotlarga beriladi yo bo‘lmasa, xalqaro moliya bozorlariga kelib tushadi. 

Xalqaro  moliya ichki  moliya hisobidan,  ya’ni  rezedentlarga tegishli bo‘lgan 

moliyadan qoplanib turiladi. Shu bilan birga xalqaro moliya ushbu rezidantlarning 

milliy  qonunchilikka  asosan  boshqa  rezedentlar  bilan  ularning  ehtiyojini 

qondirishga  qaratilgan  va  milliy  valyutada  amalga  oshiriladigan  o‘zaro 

munosabatiga xizmat qiladi.  

Ichki  moliya  milliy  moliyaning  bir  qismi  bo‘lib,  milliy  moliya  ichki 

moliyadan  tashqari  ushbu  mamlakat  rezedentlarining  tashqi  dunyo  bilan  yuzaga 

keladigan iqtisodiy munosabatlarini ham o‘z ichiga oladi. Ushbu munosabat to‘lov 

va hisob-kitob balanslarida aks ettiriladi. 

Yillik  to‘lov  balansi  o‘tgan  yil  mobaynida  mamlakatning  tashqi  iqtisodiy 

munosabatlari  qay  tarzda  shakllanganini:  tovarlar,  xizmatlar    eksporti/importi 

bo‘yicha 

to‘lovlar/kirimlarni, 

shu 


jumladan 

kapital 


bo‘yicha 

daromadlar/to‘lovlar(foizlar,  dividentlar,  foydalar)ni;  qisqa  muddatli  va  uzoq 




14 

 

muddatli  kapital  kirimi/chiqimini;  rasmiy  rezervlardagi  o‘zgarishlarni  ko‘rsatadi. 



Joriy  to‘lov  balansining  salbiy  qoldig’i  mamlakat  kapitalni  sof  import  qiluvchi 

davlat ekanligini, ijobiy qoldig’i esa kapitalni sof eksport qiluvchi davlat ekanligini 

anglatadi.  

Hisob-kitob  balansi  mamlakatning  xalqaro  investitsiyalar  bo‘yicha  tutgan 

o‘rnini  ko‘rsatadi:  uning  boshqa  davlatlarga  nisbatan  talabi  (aktivlari)  va  chet  el 

kreditorlari va investorlari oldidagi uning majburiyatlari(passivlari)ni ifodalaydi. 

Xalqaro moliyalashtirish kredit va kredit bo‘lmagan shakllarga ega. Xalqaro kredit 

vositalariga

 

ma’lum bir muddatga beriladigan, kreditorga o‘z vaqtida to‘liq va foiz 



to‘lovi bilan birga qaytarilishi nazarda tutilgan vositalar kiritiladi. 

Xalqaro  moliyalashtirishning  kredit  bo‘lmagan  shakliga  qarz  majburiyatlari 

kiritiladi.  Ushbu  tashqi  qarzdorlik  shakli  kelishilgan  muddatda  to‘liq 

so‘ndiriladigan,  amortizatsiya  va  foizlar  ko‘rinishida  to‘lab  boriladigan  qarz 

majburiyatini ifodalaydi. 

 

Xalqaro kredit rasmiy yoki xususiy ko‘rinishda bo‘lishi mumkin.  



Rasmiy qarz va kreditlarni xalqaro va hududiy kredit tashkilotlari hamda chet 

davlatlari jamoat boshqaruv organlari, shu jumladan markaziy  hukumat va hududiy 

boshqaruv  organlari  berishi  mumkin.  Xalqaro  jamoatlar  moliyasida  o‘ziga  xos 

o‘rinni  rivojlanayotgan  va  o‘tish  iqtisodiyotida  bo‘lgan  davlatlarni  rasmiy 

moliyalashtirish  tizimi  egallaydi.  U  o‘z  ichiga  davlat  sug’urtasi  va  garovi  ostida 

eksportni  kreditlash  va  taraqqiyotni  moliyalashtirishni  oladi.  Shu  bilan  birga 

taraqqiyotni  rasmiy  moliyalashtirish  o‘z  ichiga  qaytmaydigan  subsidiyalar 

(garantlar), qarzdan voz kechish, imtiyoz asosida beriladigan vositalarni oladi. 

Xususiy chet el kreditlari xususiy banklar, boshqa moliya tashkilotlari hamda 

nomoliyaviy  korporatsiyalar  tomonidan  shaxsiy  yoki  qarz  mablag’lari  hisobidan 

beriladi.  

O‘zbekiston Respublikasida mustaqillik yillarida amalga oshirilgan tadbirlar 

natijasida  ochiq  iqtisodiyotni  shakllantirish  va  tashqi  iqtisodiy  aloqalarni 

erkinlashtirish  uchun  mustahkam  huquqiy  asoslar  yaratildi.  Jumladan,  “Tashqi 

iqtisodiy  faoliyat  to‘g’risida”gi,  “Chet  el  investorlari  faoliyatining  kafolatlari 



15 

 

to‘g’risida”gi,  “Erkin  iqtisodiy  zonalar  to‘g’risida”gi  qonunlar,  O‘zbekiston 



respublikasi  Prezidentining  farmonlari,  Vazirlar  Mahkamasining  qarorlari  va 

boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar tashqi iqtisodiy aloqalar hamda xalqaro moliya 

munosabatlarini  tartibga  solib  turadi,  chet  el    investitsiyalarini  jalb  qilish  va 

rag’batlantirish  tartibini  belgilab  beradi.  Xususan,  tashqi  iqtisodiy  aloqalarni 

amalga  oshirishning  asosiy  tamoyillari  va  tartiblari  “Tashqi  iqtisodiy  faoliyat 

to‘g’risida”gi  qonunda belgilab berilgan

5

. Xalqaro xuquqning umume’tirof etilgan 



me’yorlariga  muvofiq,  mulkchilik  shakllaridan  qat’iy  nazar  tashqi  iqtisodiy 

aloqalar  ishtirokchilarining  huquqlari,  manfaatlari  va  mol-mulklari  himoya 

qilinadi. 

“Chet  el  investitsiyalari  va  chet  ellik  investorlar  faoliyatining  kafolatlari 

to‘g’risida”gi  qonunda  xo‘jalik  jamoalari  va  shirkatlarida,  banklar  va  sug’urta 

tashkilotlarida  hissadorlik  asosida  ishtirok  etish,  ya’ni  mulklarni  aksiyalar  va 

boshqa  qimmatli  qog’ozlarni  sotib  olish,  shuningdek  yerga  (jumladan,  ijaraga 

olingan  yerga) tabiiy  resurslarga egalik  qilish  va  ulardan  foydalanish huquqi ham 

chet el investitsiyalarini amalga oshirish shakllari bo‘lib xizmat qilishi mumkinligi 

qayd  etilgan

6

.  Bu  qonunning  chet  ellik  sarmoyadorlar  huquqlarini  kafolatlovchi 



muhim  jihatlaridan  yana  biri  shuki,  agar  O‘zbekiston  Respublikasining  keyingi 

qonunlari  investitsiya  sharoitini  yomonlashtirib  qo‘yadigan  bo‘lsa,  u  holda  chet 

ellik investorlarga nisbatan o‘n yilgacha bo‘lgan muddatga investitsiyalar amalga 

oshirilib  turgan  paytda  amalda  bo‘lgan  qonunlar  tatbiq  etiladi.  Shu  bilan  birga, 

qonunda chet el investitsiyalari milliylashtirish amalga oshirilmasligi kafolatlanadi

shuningdek  ularni  majburan  sotib  olish  ham  mumkin  emas,  lekin  tabiiy  ofatlar, 

avariyalar, epidemiyalar, epizootiyalar (hayvonlar o‘lati) yuz bergan hollar bundan 

mustasno.  Bunday  hollarda  chet  ellik  investorlarga  to‘lanadigan  kompensatsiyani 

keltirilgan zararga barobar bo‘lishi nazarda tutiladi. 

Chet ellik sarmoyadorlarning o‘z investitsiyalarini ixtiyoriy ravishda sug’urta 

qilish huquqi investorlarni o‘z mulklarining ekspropriatsiya qilinishidan, mamlakat 

                                                           

5

 O’zbekiston Respublikasi “Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risidagi” №285-XP-qonuni. 14 iyun, 1998. 



6

 “N.X.Jumaev «O‘zbekistonda valyuta munosabatlarini tartibga solish metodologiyasini takomillashtirish» 

Toshkent. «Fan va texnologiya»- 2007. 



16 

 

ma’murlarining  sug’urta  tashkiloti  bilan  investor  o‘rtasidagi  shartnomaviy  



munosabatlari aralashuvidan, milliy va boshqa valyuta almashtirishni hamda ularni 

mamlakat tashqarisiga chiqarishni cheklashlardan va boshqa xatarlardan muhofaza 

qilishni ta’minlaydi.  

1982 yildan 2006 yilgacha jahon tovar eksporti va noomil xizmat (nefaktornix 

uslug)  hajmi  3,3  marta  oshgan  bo’lsa,  yillik  bevosita  chet  el  investitsiyalarning 

chetga  chiqishi  esa  31  marta  oshdi.  Ikkinchi  Jahon  Urushidan  keyin  joriy  to’lov 

balansi taqchilligini kompensatsion moliyalashtirish asosida milliy iqtisodiyotning 

moliyaga  o’zaro  qaramligining  o’sishi  tufayli  moliyaviy  globallashuv  jarayoni 

paydo bo’la boshladi 

1985  yillardan  boshlab  moliya  bozori  tizimi  global  miqyosda  amal  qila 

boshladi. Turli davlatlarning etakchi moliya markazlarini bog’lovchi jahon moliya 

tarmog’i  yuzaga  keldi.  Bu  tarmoq  Nyu-York  va  boshqa  etakchi  moliya 

markazlarini, shu jumladan, London, Tokio va Tsyurixni bir-biriga bog’ladi. 

London  —  etakchi  Evrovalyuta  markazi  hisoblanadi.  Tokio  qimmatbaho 

obligatsiyalar  bozori  Yaponiyada  jamg’arma  hajmining  yuqoriligi  va  kapital 

mikdorining ortiqchaligi tufayli so’nggi yillarda yanada taraqqiy etmokda. 

Xorij  depozitlarining  manfiyligi  tufayli  Tsyurix  ham  etakchi  chet  el 

obligatsiyalari  bozori  hisoblanadi.  Boshqa  xalkaro  moliya  markazlari,  masalan, 

Frankfurt,  Amsterdam,  Parij,  Gonkong,  Bagama  orollari,  Kayman  orollari  dunyo 

kapitali  oqimi  bilan  bog’liq  turli  vazifalarni  bajaradilar.  Ushbu  markazlar 

o’rtasidagi  aloqalarning  mustahkamlanishi  quyidagi  uch  yo’nalishga  ega  bulgan 

moliyaviy inqilobni yuzaga keltirdi. Bu: 

• xalqaro moliya institutlarining global ishtiroki; 

• xalqaro moliyaviy integratsiya  

• moliyaviy innovatsiyalarning tezkorlik bilan rivojlanishidir.  

Dunyo  kapitali  oqimining  o’sishi  davlatlar  o’rtasida  moliyaviy  raqobatni 

kuchaytiradi. Ushbu an’ana ichki bozor faoliyatiga va xalqaro kapital harakatining 

erkinlashishiga  davlat  aralashuvining  qisqarishiga  ko’maklashgan  holda,  alohida 

davlat hukumatlariga o’z bosimini o’tkazmokda. 



17 

 

Moliyaviy  globallashuv  taraqqiyoti  notekis  rivojlanishning  kuchayishini  va 



moliyaviy  resurslar  taqsimotini  qo’llab-quvvatlamoqda.  Shuningdek,  joriy  to’lov 

balansi aktiv va passiv qoldig’ining ko’payishi, ko’plab mamlakatlarda investitsion 

qo’yilmalarni  amalga  oshirish  uchun  o’z  resurslarining  etishmasligi,  davlat 

byudjeti taqchilligini qoplash, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni o’tqazish, shuningdek, 

xususiylashtirish, ichki va tashqi qarzlar bo’yicha majburiyatlarni bajarish, banklar 

va  tashkilotlarning  birlashuvi  va  singishini  amalga  oshirish,  moliya  bozorlarini 

erkinlashtirish  kabi  jarayonlar  ham  moliyaviy  globallashuv  taraqqiyotini 

rag’batlantirmoqda. 

 

 


Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling