Kafedrasi “sanoat korxonalarida energiya tejamkor tadbirlarni samaradorligini baholash”


-mavzu. Atom energetikasi tarmog‘i


Download 294.28 Kb.
bet11/62
Sana02.12.2023
Hajmi294.28 Kb.
#1780273
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   62
Bog'liq
Muqobil energiya manbalari-fayllar.org

2-mavzu. Atom energetikasi tarmog‘i.


Reja:


        1. Atom energetikasining boshqa yoqilg‘i turlaridan afzalliklari va kamchiliklarini baholash.

Birlamchi energiyani ikkilamchiga o‘zgartirish, xususan elektrga aylantirish o‘z nomida qaysi birlamchi energiya turi qanday ikkilamchi turga o‘zgartirilishini ko‘rsatadigan stantsiyalarda amalga oshiriladi.


IES-issiqlik elektr stantsiya, issiqlik energiyasini elektr energiyaga o‘zgartiradi.
GESgidro elektr stantsiyasi, suv harakatining mexanik energiyasini elektr energiyaga aylantiradi.
GAESgidro akkumlaydigan elektr stantsiyasi, oldindan sun`iy havzalarida yig‘ilgan suvning harakati mexanik energiyasini elektr energiyaga aylantiradi;
AESatom elektr stantsiya – yadro yoqilg‘isining atom energiyasini elektr energiyaga aylantiradi;
OESoqim elektr stantsiyasi – okean suvi quyilishi (priliv) va ortga qaytishi (otliv) energiyasini elektr energiyaga aylantiradi;
SHESShamol elektr stantsiyasi – Shamol energiyasini elektr energiyaga aylantiradi;
QESquyosh elektr stantsiyasi – quyosh nuri energiyasini elektr energiyaga aylantiradi.
KESkondensatsion issiqlik elektr stantsiyalari, faqat elektr energiya ishlab chiqaradi.
IES lar organik yoqilgida (gaz, mazut, komir) va ham yadro
yoqilg‘ida ishlashi mumkin.
Elektr energiyasi boshqa turdagi energiyalardan bevosita yoki oraliq o’zgartirish yo’li orqali olinadi. Buning uchun tabiiy organik energetik resurslardan va yadroviy yoqilg’i, shuningdek, qayta tiklanuvchan energiyalardan, ya‘ni daryolarning oqimi, sharshalar, okean oqimlari, quyosh radiatsiyasi, shamol, geotermal massalar va boshqalardan foydalaniladi.

Elektr energiyasidan sanoat va qishloq xo’jalik sohalarida, transportda aloqa tizimlarida, hamda maishiy xizmatda keng foydalaniladi. Elektr energiyasini ishlab chiqarish va uni tarqatish energetika sohasiga tegishli hisoblanadi. Shuning uchun energetika xalq xo’jaligining asosiy tarmog’i hisoblanadi.


Hozirgi vaqtda mamlakatimizning elektrlashtirish tizimini yaratish va xalq Ho’jaligini turli sohalarini elektr energiyasi bilan ta‘minlash uchun elektr energiyasining ko’p qismi (80% atrofida) issiqlik elektr stansiyalarida (IES) organik yoqilg’ining kimyoviy energiyasini o’zgartirish yo’li bilan amalga oshiriladi.
Elektr energiyasini ishlab chiqarish hajmi boэyicha ikkinchi o’rinda gidroelektrostansiyalar (GES) turadi. Bunda gidroturbinalar va gidrogeneratorlar yordamida elektr energiyasiga o’zgartiriladigan daryolar oqimi energiyasidan foydalaniladi.
Elektr energiyasini asosiy ishlab chiqaruvchilari qatorida issiqlik va gidroelektr stansiyalaridan keyin atom elektr stansiyalari (AES) turadi. Atom elektr stansiyalarining birlamchi energiyasi atomlar yadrolari energiyasi hisoblanadi. Bu energiya issiqlik energiyasiga o’zgartiriladi, keyin esa elektr energiyasini olish sxemasi esa, issiqlik elektr stansiyasi sxemasiga o’xshash bo’ladi.
Organik yoqilg’i zaxiralarining tez kamayishi, shuningdek issiqlik elektr stansiyalarining atrof-muhitga salbiy ta‘sirini hisobga olib, elektr energiyasini olishni qayta tiklanuvchan elektr manbalaridan (QTEM) foydalanish asosidagi texnik va iqtisodiy yechimlarini qoniqarli izlash amalga oshirilmoqda.

Download 294.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling