Kafedrasi “sanoat korxonalarida energiya tejamkor tadbirlarni samaradorligini baholash”


Tiklanuvchi va tiklanmaydigan energetika resurslari


Download 294.28 Kb.
bet5/62
Sana02.12.2023
Hajmi294.28 Kb.
#1780273
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62
Bog'liq
Muqobil energiya manbalari-fayllar.org

1.1. Tiklanuvchi va tiklanmaydigan energetika resurslari
«Resurs» - bu frantsuzcha so`z bo`lib, imkoniyat degan ma'noni anglatadi. Tabiiy resurslar– bu inson o`zining hayot faoliyati uchun tabiatdan oladigan va kelajakda olishi mumkin bo`lgan barcha noz- ne'matlardir. Tabiat inson uchun yashash muhiti va resurslar manbai hisoblanadi. Atmosfera havosi, yer, suv, quyosh nuri, iqlim yer osti boyliklari, iqlim, o`simliklar va hayvonot dunyosi – bularning barchasi tabiiy resurslardir. Resurslar ehtiyojlarni qondirish uchun ishlatiladigan vositadir.
Energetika resursi deb – tabiiy yoki sun`iy faollashgan har qanday energiya manbaiga aytiladi. Tabiiy resurslarning tasniflaridan biri – bu turdagi resursning tugallanishi bo‘lib, unga muvofiq energetika resurslarini tugallanadigan va tugallanmaydiganlarga bo‘linadi (1.1-Rasm). O‘z navbatida, tugallanadiganlar tiklanuvchi va tiklanmaydigan bo‘lishi mumkin. Tiklanuvchilarga tabiat (yer, o‘simliklar, hayvonlar va h.k.) tomonidan tiklanadigan rusurslar kiradi, tiklanmaydiganlarga – tabiat tomonidan bir necha asrlar davomida to‘plangan lekin, yangi geologik sharoitlarda hosil bo‘lmaydigan resurslar (neft, ko‘mir va boshqa yer osti zaxiralari) kiradi. Tugallanmaydiganlariga quyosh, shamol, kosmik, iqlimiy va suv resurslari kiradi.
Energiya resurslarining barcha turlaridan quyosh energiyasi muhim
ahamiyatga ega. Energiya resurslarining barcha turlari quyosh energiyasini tabiiy o‘zgartirish natijasidir. Ko‘mir, neft, tabiiy gaz, torf, yonuvchi tog‘ jinslari va o‘tinlar – bu o‘simliklar tomonidan olingan va o‘zgartirilgan quyoshning nurli energiyasi zaxiralaridir. Surat sintezi (fotosintez) reaksiyasi jarayonida atrof-muhitning noorganik elementlaridan, ya`ni, suv (H2O) va karbonot angidrit gazi SO2 lardan quyosh nuri ta`sirida o‘simliklarda asosiy elementi uglerod (S) bo‘lgan organik modda hosil bo‘ladi.
Suv energiyasi ham suvni bug‘lantiradigan va bug‘ni atmosferaning yuqori qatlamlariga ko‘taradigan quyosh energiyasi hisobiga hosil bo‘ladi.
Shamol, quyosh tomonidan bizning sayyoramizni turli nuqtalarini turli
harorat hisobiga isitish natijasida hosil bo‘ladi, ya‘ni issiq va sovuq havo qatlamining siqilishi evaziga sodir bo‘ladi. Bundan tashqari quyoshning yer sathiga to‘g‘ri keladigan bevosita nurlantirishi, katta energiya imkoniyatiga egadir.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, organik yoqilg‘ining hosil bo‘lishi bir tomondan quyosh energiyasining tabiiy o‘zgarishi natijasida bo‘lsa, ikkinchi tomondan asrlar davomida barcha geologik formatsiyalarda o‘simlik va hayvonot olami qoldiqlariga mexanik, biologik va issiqlik ta`siri natijasida hosil bo‘luvchi tabiiy hodisadir. Bu yoqilg‘ilarning hammasi uglevod asosiga ega va energiya undan uglevod dioksidi (SO2) hosil bo‘lishi jarayonida ajralib chiqadi.
TABIIY RESURSLAR

TUGALLANADIGAN TUGALLANMAYDIGAN


Download 294.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling