Kafedrasi “Sanoat va fuqaro binolari arxitekturasi
Rasm 6. Hojatxonalarni umumiy ko‘rinishi
Download 1.17 Mb.
|
Sanoat korxonalarining yordamchi binolari (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- OYOQ VANNAXONASI
- BOSHQA XONALAR
- UMUMIY OVQATLANISH XONASI
Rasm 6. Hojatxonalarni umumiy ko‘rinishi.
Hojatxona bilan devor oralig‘i 1,3 m. olinadi. Priborlar soni smenadagi eng ko‘p ishchilar soniga qarab 15 kishiga bir sanitariya jihozi qabul qilinadi. Hojatxonaga dahliz (tambur) orqali kirish tavsiya etiladi, dahlizda hisob bo‘yicha 4 ta unitaz uchun 1ta umivalnik bo‘lishi kerak. Umuman hojatxonalarda kamida 1 ta umivalnik bo‘lishi shart.(7-rasm). Hojatxonalarni “quruq” xonalar ustiga joylashtirish tavsiya etilmaydi. OYOQ VANNAXONASI Bunday vannalar dush oldi xonalarida, umivalnik va garderoblarning shu maqsad uchun ajratilgan maydonlariga joylashtiriladi.Smenadagi eng ko‘p ishchilar soniga qarab 50 ta erkakga va yoki 40 ta ayolga 1 ta ayoq vannasi olinadi. Oyoq vannalar qatori orasidagi masofa -2m., oxirgi qator bilan devor orasidagi masofa – 1,2m. olinadi. BOSHQA XONALAR Agar smenada ayollar soni 15 dan 100 gacha bo‘lsa, ayollar hojatxonasi yonida 2,4x2,4 m. o‘lchamli gigienaviy dushxona bo‘lishi tavsiya etiladi. Binoning 1 qavatida birinchi yordam ko‘rsatish xonasi joylashtiriladi. Uning maydoni 18m2 dan kam bo‘lmasligi kerak. Yuqorida ko‘rsatilgan sanitar jihozlar o‘lchamlari, ular orasidagi masofalar va o‘tish joydagi masofa 5-jadvalda keltirilgan. UMUMIY OVQATLANISH XONASI Ishchilar oziq-ovqat bilan ta’minlash uchun sanoat korxonalari qoshida quyidagicha ovqatlanish xonalari bo‘lishi nazarda tutiladi: Oshxona- smenadagi eng ko‘p ishchilar soni 200 kishi va undan ortiq bo‘lsa, Bufetlar- smenadagi eng ko‘p ishchilar soni 200 kishidan kamroq bo‘lsa, Ovqatlanish xonalari- smenadagi eng ko‘p ishchilar soni 30 kishidan kamroq bo‘lsa. Oshxona va bufetlar o‘rinlar soni smenadagi eng ko‘p ishchilar soniga qarab 4 kishi uchun 1 o‘rin qabul qilinadi. Ovqatlanish xonasining maydoni esa 1 kishi uchun 1 m 2 hisobida olinib, 12m2 dan kam bo‘lmasligi kerak. Oshxona va bufetlar birinchi qavatda joylashgan bo‘lib, mahsulotlarni tashish uchun alohida eshik bilan ta’minlanadi. Oshxona va bufetlarni taxminiy maydonlari: Oshxona -1 ta o‘ringa 4m2, shu jumladan ishlab-chiqarish xonalari bir o‘rin uchun – 2m2 . Bufet -1ta o‘ringa 2,5 m2 , ishlab-chiqarish xonasi 1 o‘ringa -0,6 m2 . Oshxonada qo‘l yuvish xonasi va hojatxona bo‘lishi shart. Ovqatlanish va ovqat tayyorlash xonalari tabiiy yorug‘lik bilan ta’minlanishi lozim. Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling