Kafedrasi “Sanoat va fuqaro binolari arxitekturasi
Hajmiy-rejali va tuzilmaviy yechim
Download 1.17 Mb.
|
Sanoat korxonalarining yordamchi binolari (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rasm 1. Sanoat korxonalarining ma’muriy-maishiy binolarini joylashishi.
Hajmiy-rejali va tuzilmaviy yechim
Yordamchi binolarni va xonalarni loyihalash, qurilish norma va qoidalari SHNQ 2.09.04-09 “Sanoat korxonalarining yordamchi bino va xonalari”ga asoslangan holda bajariladi.Yordamchi binolar ishlab chiqarish binolariga nisbatan: bino ichida, yonida, yoki alohida binoda joylashishi mumkin.Yordamchi binolarni joylashishi 1-rasmda ko‘rsatilgan.Alohida joylashgan yordamchi binolar sanoat korxonalari bilan yer ustida, yerdan va yer osti isitiladigan o‘tish joyi orqali bog‘lanishi mumkin. Sanoat binosi bilan yordamchi bino oralig‘i 12 m.dan kam bo‘lmasligi kerak. Yordamchi binolar va xonalardan chiqish joylari kamida 2 ta bo‘lishi kerak. Agar bir qavatda 50 ga yaqin kishi ishlasa, ikkinchi va yuqori qavatlardan ikkinchi chiqish joyi qilib, tashqi ochiq temir pillapoyalar olinishi mumkin. U holda zinapoya eni 0,7 m. va qiyaligi 1:1 dan kam bo‘lmasligi kerak. Odamlar yordamchi bino xonalarining qaerida bo‘lishidan qat’iy nazar chiqish joygacha bo‘lgan masofa 50 m. dan oshmasligi kerak. Rasm 1. Sanoat korxonalarining ma’muriy-maishiy binolarini joylashishi. a-ishlab chiqarish binosiga bo‘ylama tomoni bilan va b- yon tomoni bilan yopishtirilgan holda; v – aloxida joylashgan hol(ishlab chiqarish binosiga yer osti yo‘lagi orqali bog‘langan). \
Zinapoya zinasining eni va maydoni, evakuatsiya vaqtida kerak bo‘lgan o‘tish joylari, eshiklar hisoblash yo‘li bilan topiladi va quyidagicha olinadi: Zinapoya maydoni va qadami / marshi/ - 1,2 m. Yo‘laklar -1,4 m. O‘tish joylari -1,0 m. Eshiklar -0,8 m. Zinapoya maydoni va qadami / marshi/ ning eni 2,4 m. dan ko‘p bo‘lishi tavsiya etilmaydi. Yordamchi binolar uchun vestibyuldan 2-qavatga ko‘tarish uchun ochiq pillapoyalar loyihalashga ham ruxsat beriladi. U holda vestibyul yonmaydigan materialdan qilingan eshigi bor parda devor bilan ajratilishi kerak. Binoga uzunligi 1,2 m. dan kam bo‘lmagan tambur orqali kirish tavsiya etiladi. 1-nchi qavat polining sathi rejalangan yer o‘lchami sathidan kamida 0,15 m. yuqorida bo‘lishi kerak. Yordamchi binolar qavatining balandligi 3,3 m. ,agar qavatlar maydoni 300 m2 gacha bo‘lsa 3 m. ga teng qilib olish ruxsat etiladi. Agar qavatning 60% ni oshxona va majlislar zali tashkil qilsa, u holda qavatlar balandligini 3,6 m. yoki 4,2 m. qabul qilish kerak. TUZILMAVIY YECHIMI Tuzilmaviy chizmasiga qarab yordamchi binolar quyidagicha loyihalanadi: A) yuk ko‘taruvchi ( ko‘ndalang va bo‘ylama) devorli; B) karkasli (sinchli), (to‘liq va to‘liqsiz karkasli). Xonalar maydoni 300 m2 dan kam bo‘lsa, yordamchi bino yuk ko‘taruvchi devorli qilib loyihalanadi. Agar xonalar maydoni 300m2 dan katta bo‘lganda temir –betondan qilingan to‘liq karkasli, osma devorli qilib loyihalanadi. Yordamchi binolarni loyihalashda qo‘llanilgan temirbeton tuzilmalarni jamoat binolarining qurilishida ishlatilgan tiplashtirilgan katalogdan olish mumkin. Alohida qurilgan yordamchi binolarning hajmiy-rejali yechimi 2-rasmda ko‘rsatilgan. YORDAMCHI BINOLAR TARKIBI VA UNI HISOBLASH. SHNQ 2.09.04-09 ga asoslanib, yordamchi binolar tarkibiga quyidagilar kiradi: O‘z-o‘ziga xizmat qilish xonalari va jihozlari (garderoblar, umivalniklar, sanuzellar, dushlar va h.k.). Ma’muriy idora, jamoat tashkilotlari xonalari, ovqatlanish xonalari va boshqalar. Yordamchi binolar tarkibini aniqlashda, sanitariya xarakteristikasi bo‘yicha korxonada ishlayotgan odamlar qaysi gruppaga kirishiga qarab olinadi. Korxonalarni ishlab-chiqarish jarayoniga qarab sanitariya xarakteristikasiga bo‘lish quyidagi 1-jadvalda keltirilgan. Korxonalarni ishlab-chiqarish jarayoniga qarab sanitariya xarakteristikasiga bo‘lish. 1-jadval
Ishchilarni ishlab-chiqarish jarayoni bo‘yicha guruhlarga bo‘lib bo‘lgandan keyin, o‘z-o‘ziga xizmat qilish xonalarini hisoblashga o‘tiladi, ya’ni norma bo‘yicha sanitariya jihozlarining(jilvaroq) dush setkasi, yuvinish xonalari, hojatxona soni, garderob shkaflarining soni va ularning joylashtirish (3-rasmda ko‘rsatilgan), ma’muriy xonalar ro‘yxati, ularning o‘lchamlari va h.k.o. Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling