Kafedrasi sayfiyeva zamira hamdulla qizi


Auditorning malaka sertifikatini o’z nomidan auditorlik faoliyatida qatnashish uchun ushbu hujjatdan foydalanish maqsadida, boshqa shaxsga berilishi fakti aniqlanganda


Download 236.81 Kb.
bet13/30
Sana08.08.2023
Hajmi236.81 Kb.
#1665899
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   30
Bog'liq
1.12.07.2023

Auditorning malaka sertifikatini o’z nomidan auditorlik faoliyatida qatnashish uchun ushbu hujjatdan foydalanish maqsadida, boshqa shaxsga berilishi fakti aniqlanganda;
Auditorlik tashkilotining shtatida turgan auditorning mazkur tashkilotning tegishli ruxsati (buyrug’i)siz nazorat yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar topshirig’i bo’yicha turli tekshiruvlarni o’tkazish uchun mutaxassis sifatida qatnashishi;


Auditorning har yilgi malaka oshirish talablarini muntazam ravishda buzishi auditorlik malaka sertifikatining amal qilishini tugatish uchun asos bo’ladi;
7-rasm: Auditor malaka sertifikatining amal qilishini tugatish uchun asos bo’lib hisoblanadigan sabablar.12


12 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 04.04.2007 yildagi PQ-615 sonli “Auditorlik tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish hamda ular ko’rsatayotgan xizmatlar sifati uchun javobgarlikni oshirish to’g’risida”gi Qarori

32


Auditorlik tashkilotlari auditorlik tekshiruvi buyurtmachilari, xo’jalik yurituvchi sub’ekt va moliyaviy hisobotdan boshqa foydalanuvchilar oldida moliyaviy hisobot hamda xo’jalik yurituvchi sub’ektning boshqa moliyaviy axboroti to’g’risida noto’g’ri yakundan iborat bo’lgan auditorlik xulosasini tuzish oqibatida ularga etkazilgan zarar uchun javobgar bo’ladi.
1-bob bo’yicha xulosa

Bugungi kunda mamlakatimizda auditorlik faoliyati yangi va murakkab yo’nalishlardan biri bo’lgani kabi bir yarim asrdan beri rivojlanib ulgurgan xorijiy davlatlar tajribalarini o’rganish zarurligini ko’rishimiz mumkin. Barchaga ma’lumki, bir necha yillar oldin ham bizning korxona, tashkilotlarimizda nazorat va taftish qilish amalga oshirilgan. Shu bilan birga, audit hamda nazorat va taftish tushunchalari ba’zi jihatlari bilan o’xshash bo’lsada, ularni bitta narsa deb bo’lmaydi.


Auditorlik bizning tushunchamizdagi xo’jalik faoliyatining tahlili, hujjatli to’liq taftish, balans schotlarini tekshirish yoki aytaylik, sud-buxgalterlik ekspertizasi emasligiga qaramasdan, auditorlar o’z xizmat vazifalarini amalga oshirish chog’ida yuqorida sanab o’tilgan ishlar tartibi va hisob hamda nazorat-tahliliy amaliyotning boshqa sohalaridan foydalanadilar.


Qisqacha xulosa qilib aytganda auditorlik tekshiruvlarini sifatsiz o’tkazganlik yoki lozim darajada o’tkazmaganlik oqibatida xo’jalik yurituvchi sub’ektga va (yoki) auditorlik tekshiruvining buyurtmachisiga etkazilgan zarar, shu jumladan boy berilgan foyda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanishi shart. Bundan ko’rinadiki auditorlik tashkiloti va auditorlarning xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda auditorlik tekshiruvlari o’tkazish davrida moliyaviy hisobot va boshqa moliyaviy axborot to’g’riligi sifatli auditorlik tekshirishlarni amalga oshirish bilan belgilanadi.


Yuqoridagi takliflarni umumlashtirgan holda shuni ta’kidlash mumkinki, bizning Respublikamizda auditorlik va unga yondosh bo’lgan professional xizmatlarga talab va qiziqishlar oshib boradi, bu esa o’z navbatida O’zbekiston Respublikasini kelajakda xalqaro auditorlik xizmatlari bozorida milliy auditorlik faoliyatimiz muvofaqqiyatini ishonchliligini ta’minlaydi.



33



Download 236.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling