Kafedrasi sayfiyeva zamira hamdulla qizi


-jadval: Xo’jalik yurituvchi sube’ktlarning aktivlarining balans qiymatiga qarab ichki audit xizmati shtatida


Download 236.81 Kb.
bet21/30
Sana08.08.2023
Hajmi236.81 Kb.
#1665899
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   30
Bog'liq
1.12.07.2023

3-jadval:


Xo’jalik yurituvchi sube’ktlarning aktivlarining balans qiymatiga qarab ichki audit xizmati shtatida19

Aktivlarining

Shtatdagi auditorlar

Ulardan, buxgalterning xalqaro

balans qiymati

soni

sertifikati mavjudligi*

1 mlrd. so’mdan 10

kamida 2 nafar

talab qilinmaydi

mlrd. so’mgacha;

sertifikatlangan







auditorlar




10 mlrd. so’mdan

kamida 3 nafar

talab qilinmaydi

50 mlrd.

sertifikatlangan auditor




so’mgacha;







50 mlrd. so’mdan

kamida 4 nafar

talab qilinmaydi

ortiqni tashkil

sertifikatlangan auditor




etganda;







Shu o’rinda shuni ta’kidlash lozimki tashqi auditorlik tashkilotlari litsenziya turlariga qarab auditorlik tekshiruvlarini o’tqazish uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 4 apreldagi PQ-615 sonli Qaroriga muvofiq ishchi shtatlarida Xalqaro buxgalterlik sertifikatlari CAP(Sertifikatlangan buxgalter amaliyotchi) yoki CIPA(Sertifikatlangan xalqaro professional buxgalter) bo’lishi lozim, korxonalar ichki audit xizmatida ushbu xususiyatlar ko’zda tutilmagan, vaholanki korxonalar ichki audit xizmatida hisob siyosatini xalqaro standartlar darajasida va ichki audit xizmatini samarali tashkil qilish hamda uni takomillashtirib borish uchun albatta xalqaro standartlardan xabardor, bilimli,





  1. Qo‘ziyev I., Avloqulov A., Sherimbetov I. Ichki audit. O’quv qo’llanma-T.: «Iqtisod-moliya»,

2015. – 220 b.



50


xalqaro buxgalterlik sertifikatiga ega bo’lgan(kamida bir nafar) auditor bo’lishi lozim;



  1. Ichki audit xizmatiga tegishli auditor sertifikatiga ega bo’lgan uning rahbari boshchilik qilishi kerak;




  1. Har yili ichki audit xizmati rahbari ichki audit xizmati xarajatlarining yillik smetasini tuzadi va uni tasdiqlash uchun korxonaning kuzatuvchi kengashiga taqdim etishi lozim;




  1. Ichki audit xizmati xodimlarining kasb darajasi tegishli litsenziyaga ega bo’lgan ta’lim muassasalarida muntazamlilik asosida ularning malakasini oshirish vositasida saqlanishi kerak;




    1. Ichki audit xizmati xodimlari korxona kuzatuvchi kengashi tomonidan har yili attestatsiyadan o’tkazilishi kerak, bu esa ichki auditorlarning mas’uliyatini

yanada oshirishga turtki bo’ladi.


Bugungi kunda, ko’pchilik korxona rahbarlarini bir savol tashvishga solishi ajablanarli emas: ayni paytda 2007 yil tugadi va 2008 yil ikkinchi choragi tugadi, aksariyat xo’jalik yurituvchi sube’ektlarda ichki audit xizmati esa hali ham tashkil qilinmagan.


Huquqiy nuqtai nazardan bu qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin, ichki audit xizmatini shakllantirish va uning faoliyatini yo’lga qo’yishga kim javobgar?


Amaldagi qonunchilikka hali mas’uliyatli mansabdor shaxslar uchun IAXni o’z vaqtida tashkil etmaganligi uchun jazo choralarini belgilovchi qoidalar kiritilmagan. Agar aynan xo’jalik yurituvchi sube’ktlarning rahbarlari aybi bilan vaziyat yaxshi tomonga o’zgarmasa, jarima sanktsiyalarini qo’llash maqsadga muvofiq bo’ladi.


Amaldagi qonunchilikka muvofiq20, IAXni yaratish va uning xizmatchilarini tayinlash to’g’risidagi qaror kuzatuv kengashi tomonidan qabul qilinadi, ijro qiluvchi organ esa bu qarorni bajaradi. Shundan kelib chiqib



  1. O’z.Res. 26.04.1996 yil 223-1son “Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlar huquqini himoya qilish to’g’risida”gi Qonuni 82 moddasi va O’z.Res. 06.12.2001 dagi 310-II-son “Mas’uliyati cheklangan hamda qo’shimcha masuliyatli jamiyatlar to’g’risida”gi Qonuni 38 moddasi.

51


aytish mumkin-ki, oxir-oqibat IAXning o’z vaqtida shakllantirilmaganligi uchun

javobgarlik korxona ijrochi organi zimmasiga yuklanadi.


Kuzatuv kengashi korxona tarkibida IAXni tashkil etish to’g’risidagi


qarorini qabul qiladi, uning nizomini, xarajatlari smetasini, joriy yil uchun ish


rejasini tasdiqlaydi. Ichki auditorlar bilan mehnat shartnomasini kuzatuv


kengashi raisi tuzadi. Ichki auditor, tashqi auditorlar singari, o’z faoliyatini


auditorlik faoliyati milliy standartlariga muvofiq amalga oshiradi.


Ichki auditor ijro organi (shuningdek uning vakolatxonalari va filiallari)


tomonidan korxonani boshqarish bo’yicha qonunchilikka, ta’sis hujjatlari va


boshqa me’yoriy hujjatlarga rioya qilinishini, ma’lumotlarning buxgalteriya hisobi


va moliyaviy hisobotda aks ettirilishining to’liqligi va ishonchliligini, xo’jalik


operatsiyalarini amalga oshirishning belgilangan qoidalari va taomillari,


aktivlarning saqlanishi ustidan audit va monitoringni amalga oshiradi.


Ichki auditorlik xizmati xodimlarining o’ziga xos xususiyatlari mavjud


bo’lib, ushbu xuquqlar quyidagi 12-rasmda keltirilgan.


Korxonaning tegishli mutaxassislarini ichki auditni o’tkazishga yordam berish uchun jalb qilish;





Korxona hujjatlari






















(rahbarning buyruqlari,
















Ichki auditni amalga




ko’rsatmalari, boshqaruv
















oshirish davomida yuzaga



















Ichki auditor







organi qarorlari,













keladigan masalalar










huquqlari










ma’lumotnomalar, hisob-













bo’yicha mansabdor va






















kitoblar, zarur hujjatlarning
















mas’uliyatli shaxslardan




nusxalari va boshqa
















og’zaki va yozma




























hujjatlar)dan foydalanish
















tushuntirishlar olish;




mumkin;
















































12-rasm: Respublikamizda ichki auditor huquqlari21

Xo’jalik sube’ktlari faoliyatidagi axborot va ma’lumotlarni etarli darajada


aniq hamda to’liq olib ularni tahlil qilish, olingan natijalarga muvofiq aniqlangan





  1. Qo‘ziyev I., Avloqulov A., Sherimbetov I. Ichki audit. O’quv qo’llanma-T.: «Iqtisod-moliya»,

2015. – 220 b.



52


kamchiliklarni imkoniyat darajasida tuzatish choralarini ishlab chiqishda ushbu huquqlardan foydalanish orqali kerakli maqsadga erishishda asos bo’ladi. Ichki auditorlik xizmati xodimlariga xos xususiyatlaridan biri malakaviy attestatsiyadan o’tib turishlaridir. Boshqa kasb vakillaridan farq qilib, ichki auditor har yili malakaviy yaroqlilik bo’yicha attestatsiyadan o’tishi lozim. Uning professional o’sishi attestatsiya natijalariga bog’liq. Attestatsiya salbiy natija bersa, bunday auditorning boshqa tashkilotlarga auditor sifatida qabul qilinmasligi ehtimoli ortadi.

Xo’jalik subektlarining ichki audit xizmatlari huquqlariga muvofiq ravishda o’ziga xos majburiyatlari ham mavjuddir, ushbu majburiyatlar qo’yidagi 13-rasmda ko’rsatilgan:


Ichki audit xizmati majburiyatlari


Belgilangan qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish;
Kuzatuv kengashiga har chorakda hisobotlar tayyorlash;
Moliyaviy va statistik hisobot ko’rsatkichlarining to’g’riligini tekshirish;

Korxonaning mansabdor shaxslari va boshqa xizmatchilari tomonidan unga zarar etkazilganligidan dalolat beruvchi dalillar aniqlanganda, darhol bu haqda korxona kuzatuv kengashiga xabar berish va auditorlik hisobotiga tegishli yozuvlar kiritish;


Korxona aktivlarni xatlashda ishtirok etish;


13-rasm Ichki audit xizmati majburiyatlari22

Ichki auditorning huquq va majburiyatlari umuman olganda tashqi auditornikiga o’xshab ketadi. Asosiy farq shundaki, tashki auditorlar kamdan-kam hollarda har chorakda hisobot tuzadilar, chunki, odatda, ular korxonani bir yilda bir





  1. Qo‘ziyev I., Avloqulov A., Sherimbetov I. Ichki audit. O’quv qo’llanma-T.: «Iqtisod-moliya»,

2015. – 220 b.



53


marta tekshiradilar.

Ichki auditor ta’sischilarning moddiy manfaatlarini himoya qiladi va korxonaning ijrochi organidan mutlaqo mustaqildir, rahbariyat va korxonadagi yuqori mansabdor shaxslar bilan qarindoshlik va xizmat aloqalari bilan bog’lanmagan bo’lishi kerak. U quyidagilarning auditorlik tekshiruvini va monitoringini o’tkazadi:



  • tasdiqlangan biznes-rejaning bajarilishini;







  • buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot ahvolini;




  • soliqlarni va boshqa majburiy to’lovlarning to’g’ri hisoblab chiqilishi va

to’lanishini;



  • moliyaviy-xo’jalik faoliyatini yuritishda qonunchilikka rioya etilishini;




  • aktivlar holatini;




  • ichki audit ahvolini.

Ammo, ichki auditor majburiyatlari bu bilan cheklanmaydi. Kuzatuv kengashi korxona ixtisosidan kelib chiqib, qonunchilikka muvofiq tekshiruvlar o’tkazishning boshqa yo’nalishlarini ham belgilashi mumkin.


Auditorlik malaka sertifikatiga ega mutaxassis odatda oliy iqtisodiy ma’lumotga, 5 yildan kam bo’lmagan ish stajiga, auditorlarni tayyorlash kurslarini tinglaganligi haqidagi shahodatnomaga, shuningdek "Moliyaviy hisob-1" fani bo’yicha xalqaro imtihonlarni hamda auditorlar uchun malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgani to’g’risidagi guvohnomalarga ega. Ammo yuqoridagilar doim ham auditorning buxgalteriya hisobi va xo’jalik faoliyatining barcha yo’nalishlari bo’yicha yuqori malakaga egaligini bildiravermaydi. Bilim va ko’nikmalar muntazam o’qish va amaliyot orqali keladi va muayyan vaqtni talab qiladi.


Kasbiy qo’llab-quvvatlash masalasi. Tashqi auditorlar faoliyati tor yo’nalishlar bo’yicha mutaxassislarning jamoaviy ishlashini taqozo etadi. Auditorlik tashkilotlarda maslahatlar va o’zaro tekshiruvlarning butun bir tizimi



54


shakllantirilgan bo’lib, turli vaziyatlar uchun tayyor echimlarga ega ma’lumotlar bazasi ham bor. Ichki auditor esa bir o’zi ishlashga majbur.

Hozirgi paytda korxonalar kuzatuv kengashlarining hammasi ham ichki auditorlar bilan to’g’ri ishlashni bilishmaydi, korxona faoliyatining turli jihatlarini tekshirishda ularning salohiyati va malakasidan munosib foydalanishmaydi. Ayrim hollarda ichki auditor o’z ish beruvchisi bilan faqat tugagan chorak yakunlari bo’yicha kuzatuv kengashi yig’ilishlarida uchrashadi.


Bugungi kunda Respublikamizda ichki audit xizmati xodimlari faoliyatini sug’urtalash hali u darajada xo’jalik subektlari rahbarlarini tashvishga solyotgani yo’q. Respublikamiz sug’urta bozorida jismoniy shaxslar nomidan auditorning professional qaltisliklarini sug’urtalash bo’yicha xizmatlar ko’rsatilmaydi. Korxonalarning o’zida ham ichki auditorning qaltisliklarini sug’urtalash amaliyoti hali qo’llanilmayapti. Agar yuqoridagi holatlarga muvofiq, xo’jalik sube’ktlarning kuzatuv kengashi tomonidan ichki auditorlarning professional qaltisliklarini sug’urtalashga talabini kuchaytirsa, albatta ichki auditorlik xizmatining sifati yanada oshadi, chunki ichki audit xizmati xodimlari xo’jalik sube’ktlarida asosiy mas’uliyatli shaxslardan biri hisoblanadi, ularning ayrim qo’pol xotaliklari korxonalar faoliyatiga yuqori qiymatdagi zarar etqazish kabi salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.


Xo’jalik sube’ktlarining moliya-xo’jalik faoliyatida ichki audit o’tkazishga va uni o’tkazish natijalari bo’yicha yig’ma hisobot tuzishga qo’yiladigan talablar bugungi kunda dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.


Ichki audit xizmati o’z faoliyati dovamida xo’jalik sube’ktlarining tasdiqlangan biznes-reja bajarilishini, korporativ boshqarish printsiplariga rioya qilinishini, buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobning holatini, soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar to’g’ri hisoblab chiqilishi va to’lanishini, hamda moliya-xo’jalik faoliyatini amalga oshirishda qonun hujjatlariga rioya etilishini, shuningdek aktivlarning holatini, ichki nazoratning holatini tekshirishlari va ularning monitoringini olib borishlari bilan boshqa xodimlardan ajarlib turadilar. Shuning uchun ularning faoliyati xo’jalik sube’ktlarining boshqa bo’limlari va tashqi



55


hamkorlari(qiziquvchilari) bilan bevosita bog’liq hisoblanadi. Demak bundan ko’rinib turibdiki ichki audit xizmatining yana bir xususiyatlaridan biri tashqi sube’ktlarning imkoniyatlarini ham aniq va to’liq baholashlari lozim.

Ichki audit tizimining ish natijalarini baholash mezonlarini ishlab chiqishda MDH davlatlari meyoriy-huquqiy bazasi va Xalqaro auditorlik standartlaridagi me’yorlar o’rganib chiqilishi va qo’llanilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi (7-ilovaga qarang).


Kuzatuvchi kengash tomonidan korxona ixtisosidan kelib chiqib qonun hujjatlariga muvofiq tekshirishni o’tkazishning boshqa yo’nalishlari belgilanishi mumkin. Bunga muvofiq o’tkazilgan tekshirishlar natijalari bo’yicha bevosita uni o’tkazgan xodim (xodimlar) tomonidan imzolanadigan tegishli hisobotlar tuzilishi lozim.


Ushbu hisobotlarda:


Birinchidan: biznes-reja bajarilishini tekshirish natijalari to’g’risidagi hisobot quyidagilarni o’z ichiga olishi kerak:

uning bajarilishining miqdor va sifat ko’rsatkichlari tahlili;


uning bajarilishi ta’minlanmagan taqdirda aybdor mansabdor shaxslar shaxsan ko’rsatilgan holda aniqlangan sabablar bayoni;




Ikkinchidan: korporativ boshqarish printsiplariga rioya qilishni tekshirish natijalari to’g’risidagi hisobot quyidagilarni o’z ichiga olishi kerak:

Ya’ni ushbu holatda, korxona boshqaruv organlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning samaraliligi, uning qatnashchilari (muassislar)ning qonuniy huquq va manfaatlariga rioya etilishini tahlili hamda korporativ boshqarish sohasida qonun hujjatlari buzilishi holatlari bayoni (ta’sis hujjatlariga rioya qilish, umumiy yig’ilishlar va korxona boshqaruv organlari majlislari o’tkazilishi, dividendlar to’g’ri hisoblanishi va o’z vaqtida to’lanishi va hokazolar) aks ettirilgan bo’lishi kerak;



56

Uchinchidan; xo’jalik sube’ktining buxgalteriya hisobi va moliya hisoboti holatini tekshirish natijalari to’g’risidagi hisobot quyidagilarni o’z ichiga olishi kerak:

Ya’ni bunda buxgalteriya hisobini yuritish va moliya hisobotini tuzishning belgilangan tartibiga rioya qilinishini baholash hamda aniqlangan buxgalteriya hisobotini yuritish va moliyaviy hisobotni tayyorlashning belgilangan tartibi buzilishining tavsifi keltirilgan bo’lishi kerak.




To’rtinchidan: soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar to’g’ri hisoblanishi va to’lanishini tekshirish natijalari to’g’risidagi hisobot quyidagilarni o’z ichiga olishi kerak:

Bu holatda tuzilgan va tegishli organlarga taqdim etilgan soliqlar va majburiy to’lovlar hisob-kitobi to’g’riligini baholash kerak, soliqlar va majburiy to’lovlarni hisoblash va to’lashning belgilangan tartibi buzilishi holatlarini, soliq solinadigan bazani belgilashda chetga chiqishlarni aniq batafsil bayon qilish lozim.




Beshinchidan: moliya-xo’jalik operatsiyalarini amalga oshirishda korxona tomonidan qonun hujjatlariga rioya qilinishini tekshirish natijalari to’g’risidagi hisobot quyidagilarni o’z ichiga olishi kerak:

Ushbu vaziyatda xo’jalik sube’ktlari tomonidan amalga oshirilgan moliya-xo’jalik operatsiyalarining qonun hujjatlariga muvofiqligini baholash, hamda ichki audit davomida aniqlangan korxona tomonidan amalga oshirilgan moliya-xo’jalik operatsiyalarining qonun hujjatlariga nomuvofiqligini bayon qilish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan o’z takliflarini kuzatuv kengashiga taqdim etish lozim.




Oltinchidan: ichki nazoratning holatini tekshirish natijalari to’g’risidagi hisobot quyidagilarni o’z ichiga olishi kerak:

Xo’jalik sube’ktlarning ichki nazorat tizimini va uning faoliyat ko’rsatishidagi mavjud kamchiliklarni bayon etilishi hamda korxona tarkibiy bo’linmalaridagi ijro intizomining holati to’g’risidagi ma’lumotlar, uning aniq xodimlari ishidagi mavjud kamchiliklari ko’rsatib o’tilishi lozim.



57


Aktivlarning holatini tekshirish natijalari aktivlarni xatlovdan o’tkazishning asoslanishini hamda ularning harakati, amalda mavjudligi va saqlanishi to’g’risidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olishi kerak. Shuningdek o’tkaziladigan tekshirishlar bo’yicha barcha hisobotlarda korxona ijro etuvchi organi va uning tarkibiy bo’linmalari faoliyati baholanishini, aniqlangan chetga chiqishlar va qonunni buzishlarni bartaraf etishga doir tavsiyalarni, tasdiqlaydigan hujjatlarning to’liq paketini o’z ichiga oladigan yakuniy qism bo’lishi kerak.

O’tkazilgan ichki audit yakunlari bo’yicha, yuqorida ta’kidlangan hisobotlarni umulashtirgan holda ichki audit rahbari tomonidan imzolanadigan yig’ma hisobot tuziladi. Yig’ma hisobotning tahliliy qismi ichki audit xodimlari tomonidan o’tkazilgan tekshirishlar natijalari to’g’risidagi umumlashtirilgan axborotni o’z ichiga oladi va aniqlangan natijalar yuzasidan tegishli choralar ishlab chiqilishi kerak.


Hisobot tarkibining yakuniy qismida xo’jalik sube’ktning ijro etuvchi organi va tarkibiy bo’linmalari faoliyatiga, shuningdek likvidligiga umumiy bahoni hamda aniqlangan chetga chiqishlar va qonunni buzishlarni bartaraf etish bo’yicha ichki audit xizmatining tavsiyalarini shuningdek korxonaning moliya-xo’jalik faoliyati samaradorligini oshirishga, korporativ boshqarishni takomillashtirishga doir umumlashtirilgan takliflarni o’z ichiga olishi kerak.


Ichki audit xizmati yig’ma hisoboti qo’yidagi qismlardan iborat bo’ladi:





  1. Tahliliy qism;




  1. Yakuniy qism;




  1. Tasdiqlaydigan hujjatlarning to’liq paketini o’z ichiga olishi kerak; Yig’ma hisobot ichki audit yakunlangandan keyin amaldagi qonunchilikga

ya’ni Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 16 oktyabrdagi 215-son qaroriga muvofiq 10 kun mobaynida tugallanishi zarur.


Yig’ma hisobotlar bevosita korxonaning kuzatuvchi kengashiga ko’rib chiqish va keyinchalik tasdiqlashi uchun taqdim etilishi kerak. Hisobotlar nusxalari tasdiqlangandan keyin xo’jalik yurituvchi sube’ktning ijro etuvchi organiga taqdim etilishi kerak.


Ichki audit xizmati tekshirish davomida aniqlangan qonun buzilishlarini bartaraf etish, shuningdek umuman korxonaning moliya-xo’jalik faoliyati



58


samaradorligini oshirish bo’yicha chora-tadbirlarning o’z vaqtida va zarur darajada bajarilishi ustidan nazorat o’rnatishi kerak.

Download 236.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling