Kafedrasi sayfiyeva zamira hamdulla qizi


Download 236.81 Kb.
bet22/30
Sana08.08.2023
Hajmi236.81 Kb.
#1665899
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   30
Bog'liq
1.12.07.2023

2-bob bo’yicha xulosa

Ayrim xo’jalik sube’ktlarida IAXga auditorlik tashkilotlari xodimlarini o’rindoshlik asosida jalb qiladilar. Ularning asosiy ish joyi auditorlik tashkilotlari bo’lib qolmoqda. Rasmiy jihatdan bu respublika qonunchiligiga zid emas, chunonchi, O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq, o’rindosh xodim korxonaning xodimi hisoblanadi va uning shtatida hisobda turadi. Mazkur holda bunday mutaxassisning ish jadvalini belgilab olish kerak bo’ladi.


Ish haqi masalasi ayniqsa daromadi past bo’lgan xo’jalik sub’ektlarda dolzarblik kasb etadi. Shu bilan birga, aynan ichki auditor korxona ko’rayotgan zararlarning haqiqiy sababini aniqlab va uni tanozzuldan olib chiqish yo’llarini ko’rsatib berishi mumkin.


Boshqacha yo’nalish – xo’jalik sube’ktning o’zi xodimlar tarkibidan ichki auditorlarni tayyorlashi kerak. Bu muayyan mablag’ va vaqtni talab qilsa-da, afzalliklarga ham ega, ya’ni korxonadagi mutaxassis uning tarmoq ixtisoslashuvi va faoliyati xususiyatlarini yaxshi biladi. Bundan tashqari, ichki audit xizmatiga o’tish bu mutaxassis uchun xizmat pog’onasidan ko’tarilish hisoblanadi.


Shunday qilib, ichki auditorlar instituti faoliyatini boshqaruvchi huquqiy bazasi yaratildi. Endi ushbu institutning qanday qaror topishi va rivojlanishini vaqt ko’rsatadi. Bunda ichki auditorlar yangi faoliyat sohasida duch kelishi mumkin bo’lgan qiyinchiliklar va muammolarni aniqlash, ularni engishda yordam berish juda muhimdir.


Xo’jalik yurituvchi sube’kt rahbari, buxgalteriya xodimlari, ayniqsa korxonaning bosh buxgalteri ichki auditor vazifalarini chuqur tushunishi kerak. Har ikkala xizmat bir jamoa bo’lib ishlashi va yagona maqsadni ko’zlashi darkor, shuningdek bu maqsad esa xo’jalik sube’ktining buxgalteriya hisobi va hisobotini amaldagi qonunchilik me’yorlariga qat’iy rioya qilgan holda tashkil etishdan iboratdir.



59


3-BOB. AUDITORLIK FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI



Download 236.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling