Kafedrasi sayfiyeva zamira hamdulla qizi


Auditorlik tekshiruvini rejalashtirish jarayonida buxgalteriya hisobi va ichki audit tizimini baholashning asosiy vazifalari


Download 236.81 Kb.
bet19/30
Sana08.08.2023
Hajmi236.81 Kb.
#1665899
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   30
Bog'liq
1.12.07.2023

Auditorlik tekshiruvini rejalashtirish jarayonida buxgalteriya hisobi va ichki audit tizimini baholashning asosiy vazifalari


Xo’jalik yurituvchi sub’ektda auditorlik tekshiruvlari jarayonida auditor(auditorlar) tomonidan buxgalteriya hisobi va ichki audit tizimini baholashga qo’yiladigan asosiy talablarni ishlab chiqish;


Xo’jalik yurituvchi sub’ektda auditorlik tekshiruvlari jarayonida ichki audit tizimini baholash;


Xo’jalik yurituvchi sub’ektda auditorlik tekshiruvlari jarayonida buxgalteriya hisobi tizimini baholash;


9-rasm. Ichki nazorat tizimini baholashning asosiy vazifalari16.

Umuman buxgalteriya hisobi va ichki audit tizimi moliyaviy-xo’jalik faoliyatini samarali amalga oshirish, tadbirkorlikni yuritish, amaldagi qonunchilik talablariga rioya etish, mulklarning butligi va uni himoyalashning samarali usullarini ishlab chiqish va joriy etshi, talon-tarojlik va xatoliklarning oldini olish, hisob yozuvlarini himoyalash, ularning to’liqligi va butligini ta’minlash hamda faoliyat bilan bevosita bog’liq moliyaviy hisobotlar va bosha ma’lumotlarni o’z vaqtida tayyorlash imkonini beradi.


Shuni ta’kidlash lozimki, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 16 noyabrdagi 215-sonli qaroriga asosan "Korxonalardagi ichki audit xizmati to’g’risida Nizom"ning tasdiqlanishi ho’jalik sube’ktlarida ichki audit xizmatining asosiy mohiyati yoritilgan bo’lib, unda korxonalarda ichki audit xizmatining vazifalari, funktsiyalari, shuningdek, huquq majburiyatlari aniq aks etrilgan.





  1. Qo‘ziyev I., Avloqulov A., Sherimbetov I. Ichki audit. O’quv qo’llanma-T.: «Iqtisod-moliya»,

2015. – 220 b.



46


Xo’jalik yurituvchi sub’ektning samarali faoliyat yuritishi uchun boshqaruvning yo’lga qo’yilgan tizimi zarur, uning muxim elementi esa ichki audit xizmati tomonidan kuzatuv kengashiga doimiy ravishda ishonchli axborotlar etqazish va amaliyot natijalari bo’yicha korxona faoliyatini takomillashtirish maqsidida o’z takliflarini berishi lozim.

Ushbu ichki audit xizmati xo’jalik yurituvchi sube’ktlarda bajaradigan


vazifalarini va funktsiyalarini quydagi 10-rasmda yanada tushunarliroq qilib ochib beramiz.


Ichki audit xizmatining asosiy vazifalari


Kuzatuvchi kengashni ishonchli axborot bilan ta’minlash va ichki audit amalga oshirilishi natijalari bo’yicha korxona faoliyatini takomillashtirishga doir takliflarni tayyorlash;


Ichki audit jarayonida aniqlanadigan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan korxona boshqaruv organlariga tavsiyalarni tezkorlik bilan kiritish, ularning bartaraf etilishini nazorat qilish;

Davriy asosda kiritilgan ichki audit amallarining samaradorligi monitoring qilish;


Xo’jalik yurituvchi sub’ektining bo’linmalari bilan ichki audit tizimini tuzish masalalari bo’yicha o’zaro xamkorlik qilish.


.



Download 236.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling