Kafedrasi sayfiyeva zamira hamdulla qizi
Download 236.81 Kb.
|
1.12.07.2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- XULOSA VA TAKLIFLAR
3-bob bo’yicha xulosa
O'zbekistonda auditorlik faoliyatining yanada takomillashishi biznes yuritish uchun mo'ljallangan axborot manbalarini yaxshilash, mahalliy va xorijlik investorlarning xavf-xatarlarini kamaytirish va buning natijasida xususiy sektor o'sishining barqaror yuqori sur'atlarini ta'minlashga ko'maklashadi. Auditorlik hujjatlari tekshirish faoliyatini xalqaro standartlar talabiga javob beruvchi zarur darajada saqlab turishga yordam beradi va har xil auditorlik tashkilotlari tomonidan o’tkazilgan tekshirishlarni umumiy ko’rinishga olib keladi va bajarilgan ishlar sifatini taqqoslanishini ta’minlaydi hamda auditorlik tekshiruv ishlarini ixchamlashtiradi va yengillashtiradi. Xorijiy auditorlik firmalari o’zlari bajargan ishning hajmi va sifatini tasdiqlovchi asosiy hujjatlar hisoblanadigan ishchi hujjatlarini tuzadilar. Bo’larning shakli ixtiyoriy bo’lib, unda firma bajargan ishlarining qisqacha bayoni beriladi, xususan: qanday birlamchi hujjatlar va hisobga olish registrlari tekshirilganligi, tekshirish usuli bu yerda yalpi yoki tanlov asosidaligi ko’rsatiladi. Tanlab tekshirishda tanlash darajasi (masalan, tekshiriladigan hujjatlarning xar bir yoki uchinchisi va xokazo) yoki tekshirilgan hujjatlar xajmi(masalan oylar bo’yicha ko’rish mumkin) yoki tanlash boshqa bir me’zon asosida bo’lganligi ko’rsatiladi. Auditning samadorligini oshirish uchun auditor sub’ekt tomonidan tayyorlagan jadvallardan, taxliliy va boshqa hujjatlardan foydalanishi mumkin. Bunday xolatlarda auditor ushbu materiallar tegishli ravishda tayyorlanganligiga ishonch xosil kilishi lozim. 72
XULOSA VA TAKLIFLAR O’zbekistonda bozor iqtisodiyotininng shakllanishi moliyaviy nazoratning mohiyati, maqsadi va vazifalarini tubdan qayta ko’rib chiqish zaruriyatini tug’dirdi. Chunki, moliyaviy nazoratning harakatdagi tizimi va asosan taftish, birinchidan, mulkchilikning turli shakllarga asoslanib tuzilgan yangi korxonalarning ehtiyojlarini qondira olmay qolgan bo’lsa, ikkinchidan, bu korxonalarda davlat manfaatlari va qonunchilikni nazorat qilishda ojizlik qilib qoldi. SHunday sharoitda ishbilarmonlarga yuzaga kelgan yangi iqtisodiy voqelikda paydo bo’lgan muammolarni yechish borasida amaliy yordam ko’rsatuvchi, hamda ular faoliyat ko’rsatayotgan korxonalarda qonunchilikning buzilishini oldini oluvchi bozor iqtisodiyotining infratuzilmasining elementi bo’lgan xizmat turi – audit vujudga keldi. Ishida keltirilgan takliflar va tavsiyalar bozor iqtisodiyoti o’tayotgan davrda amaliyotda qo’llash, shuningdek xo’jalik sub’ektlarining audit qilishni to’g’ri tashkil qilish, uning xulosa va hisobotlari milliy auditorlik standartlari talablariga mos ravishda amalga oshirish imkonini beradi. Ilmiy ishdagi ayrim takliflar va tavsiyalar xo’jalik yurituvchi sub’ektni audit qilish faoliyatida qo’llash va takomillashtirish yuzasidan tadbirlar ishlab chiqishda qo’llanishiga imkon berishi mumkin, hamda O’zbekiston Respublikasida milliy audit standartlarini joriy qilish masalalarini ko’rib chiqilishi ilmiy ishning amaliy ahamiyatini yanada oshiradi. Undan tashqari bitiruv malakaviy ish bilan shug’ullanuvchilar, o’z ilmiy ishlarida qo’llash, hamda o’zbek tilida audit adabiyoti sifatida va milliy audit standartlari to’g’risida va ularni qo’llashdagi muammolar to’g’risida umumiy ma’lumot olishi mumkin deb o’ylaymiz. Ishni yozish jarayonida quyidagi xulosalarga keldik: Auditor, auditorlik tekshiruvlari jarayonida xo’jalik yurituvchi sub’ektning buxgalteriya hisobi tizimining tashkil qilinishi qonunchilik talablariga muvofiqligini tekshirishi va natijalarini ishchi hujjatlarda aks ettirishi lozim. 2.Amaliyotda asosiy e’tibor mohiyati bo’yicha auditorlik tekshiruv o’tkazilmoqda. Bu rejalashtirilgan tekshiruv muddatiga katta ta’sir ko’rsatmoqda. 73
Auditorlik dalillarini olishda mohiyati bo’yicha tekshirish bilan birgalikda testlash tizimini yo’lga qo’yilishi lozim. Bu auditorlik tekshiruvi samaradorligini oshishiga va tekshiruv muddatini qisqartirish imkonini beradi. 3.Ish hujjatlarini tuzishda ularninig tekshirish sub’ektlarni xususiyatiga va auditorlik xulosalarni shakllantirishda alohida turlarga ajratish kerak; masalan Kichik xo’jalik sub’ektlar uchun Yirik kompaniyalar uchun Banklar va sug’urta kompaniyalar uchun Bo’lardan tashqari, hammamizga ma’lumki, mamlakatimiz YAIMning asosiy qismini kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan yaratilmoqda. Shuni e’tiborga olgan holda bir tomondan tadbirkorlik sub’yektlarning moliya-xo’jalik faoliyatini baholash bo’lsa,ikkinchi tomondan auditorlik faoliyatini rivojlantirishni hisobga olib quyida keltirilgan kichik tadbirkorlik sub’yektlari har yili auditorlik tekshiruvidan o’tishlarni taklif etmoqchiman: Korxona aktivlari yillik balans qiymati eng kam oylik ish haqining 10000 baravaridan yuqori bo’lgan kichik tadbirkorlik sub’yektlari Korxona asosiy faoliyatida valyuta konvertatsiyasi(eksport-import operatsiyalari) mavjud bo’lgan kichik tadbirkorlik sub’yektlari Mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan kichik tadbirkorlik sub’yektlari Audit ish hujjatlarini takomillashtirishda alohida e’tiborni auditorlik tashkiloti tomonidan tuziladigan reja va auditorni dasturlarni tuzishda umumiy yo’nalishni belgilash kerak.Shu maqsadda auditor ish dasturida umumiy yo’nalishlar va alohida xususisiyatlarni ko’rsatishi lozim. Ushbu masala; xalqaro audit standarti 230-XAS “Hujjatlar” standartida ishchi hujjatlarida ko’rsatib o’tilgan. 5. Auditorlik tashkilotlari mutlaqo mustaqil yuridik shaxslar hisoblanadi va qonunchilikda ko’zda tutilgan xar qanday tashkiliy-xuquqiy shaklni tanlash (ochiq turdagi aktsiyadorlik jamiyatidan tashqari), auditorlik tekshiruvlarini va hokazolarni o’tkazish shakllari va uslublarini belgilash, uyushma,assotsiyalar va boshqa birlashmalarni tuzish xuquqlariga ega hamda qonunchilikda ko’zda tutilgan 74
barcha majburiyatlarning qat’iy bajarilishi uchun to’liq javobgarlikni o’z zimmalariga oladilar. 6. Auditorlik faoliyati raqobatchilik sharoitida amalga oshishi lozim. Bu O’zbekiston uchun ayniqsa, dolzarb hisoblanadi. Chunki, bizda tijorat korxonalari va tashkilotlarining yuzaga kelish jarayoni jadal sur’atlar bilan bormoqda. Bu esa moliyaviy hisobotlarni mustaqil ekspertiza va tahlil qilish, shuningdek, tegishli buxgalteriya hisobi va hisobotlarini tashkil etish zaruratini yuzaga keltiradi. Yuqori xaq olish imkoniyati auditorlik xizmatlari takliflarining tez o’sishiga olib kelmoqda. Biroq, ushbu xizmatlar ko’pincha sifatsiz va ular audit printsiplari hamda kasbiy etikaga rioya qilinmagan tarzda amalga oshirilmoqda. Bunday sharoitda auditorning kasbiy mahorati faqat raqobatchilik muhitida, qattiq malakaviy tanlov sharoitida rivojlanishi lozim. Auditorlar va auditorlik tashkilotlari faoliyatining shartnoma asosida amalga oshirilishi auditning muhim printsipi - xarajatlarni mustaqil qoplash, daromad olish va uni tasarruf etish imkoniyatini beruvchi mustaqillikni (tekshirilayotgan xo’jalik sub’ektidan, shuningdek, boshqa har qanday uchinchi tomondan) ta’minlash imkoniyatini beradi. Shubhasiz, shartnomada ko’zda tutilmagan boshqa har qanday manba hisobidan moliyalash auditorga ta’sir o’tkazish imkoniyatini yuzaga keltiradi. Shu bilan birga, auditorlik faoliyati tadbirkorlikning o’ziga xos turi hisoblanadi va u quyidagilar yordamida tartibga solinishi lozim: auditor xuquqlari, majburiyatlari va javobgarligining qonuniy belgilab qo’yilishi; auditorlik faoliyati bilan shug’ullanish xuquqiga ega bo’lmagan shaxslar doirasini belgilab qo’yish; auditorlik faoliyati bilan shug’ullanish uchun litsenziya oluvchi shaxslarni attestatsiya qilish va uni litsenziyalashning qat’iy tartibiga rioya qilish; audit standartlarini tartibga solish; auditorning kasbiy etika printsiplariga rioya qilish. 75 Auditorlar va auditorlik tashkilotlari o’z faoliyatlarida amaldagi qonunchilikka va xo’jalik sub’yekti (buyurtmachi) bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq ravishda tekshirish shakllari va uslublarini mustaqil belgilash, buyurtmachidan audit qilinayotgan korxonaning moliyaviy-xo’jalik faoliyatini aks ettiruvchi barcha hujjatlarni olib tekshirish, mavjud pul mablarlari, qimmatli qog’ozlar, moddiy boyliklarni tekshirish; yuzaga kelgan masalalar bo’yicha korxona rahbarlari va xodimlaridan xar qanday tushuntirishlar va qo’shimcha ma’lumotlarni talab qilish (ular talab etilgan ma’lumotlarni berishlari shart), tekshirish uchun zarur ma’lumotlarni boshqa uchinchi shaxslar, jumladan, banklar va soliq organlaridan olish, tekshiruvda ishtirok etish uchun shartnomaviy asosda mutaxassislarni jalb etish (mazkur korxonani tekshirish vakolatiga ega bo’lmaganlardan tashqari) xuquqlariga ega. Mustaqil O’zbekiston xalqi tanlab olgan yo’l – ochiq, erkin bozor iqtisodiyotiga asoslangan fuqarolik jamiyati, kuchli demokratik xuquqiy davlat qurish yo’lidan bosqichma–bosqich olg’a bormoqda. 76
Download 236.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling