Kafedrasi sayfiyeva zamira hamdulla qizi
-jadval Umumiy standartlar bo’yicha guvohlik beruvchi va auditning umumqabul qilingan standartlarini taqqoslash
Download 236.81 Kb.
|
1.12.07.2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- Guvohlik beruvchi standartlar Auditning umumqabul
- 3.2. Auditorlik faoliyatida hujjatlashtirishni xalqaro mezonlarga muvofiqlashtirish masalalari
5-jadval
Umumiy standartlar bo’yicha guvohlik beruvchi va auditning umumqabul qilingan standartlarini taqqoslash24
Hozircha xalqaro standartlar auditorlik tadbirlarini batafsil bayon qilishi va misollar keltirilishi bilan auditorlik faoliyatining milliy standartlaridan farq qiladi. Shu sababli xalqaro standartlarni o’rganish sifatli o’tkazilgan auditlarning ko’payishiga va jamoatchilik orasida auditor kasbi nufuzining ortishiga ko’maklashadi. Xorijiy adabiyotlarda “Auditorlik faoliyatini rivojlantirish bo’yicha rivojlangan xorij tajribasi juda qo’l keladigan tamonlari ko’pdir. Shunday ekan rivojlangan mamlakatlar tajribasini o’rganish muhim hisoblanadi” deb 24Karimov A.A., Islomov F.R., Avloqulov A.Z. Xalqaro audit. Darslik. –T. “IQTISOD-MOLIYA”, 2015. -380 b. 65
keltirilgan.25 3.2. Auditorlik faoliyatida hujjatlashtirishni xalqaro mezonlarga muvofiqlashtirish masalalari Xalqaro auditorlik standartlari auditorlik tekshiruvi va xizmatlarini butun dunyo amaliyotida auditorlikning rolini oshirishning yagona shaklini amalga oshiradi. Ular har qanday sharoitda mustaqil audit jarayonida amal qiladi va auditorlik faoliyatining boshqa xizmatlarini amalga oshirishda zaruriyat bo’lganda qo’llanishi mumkin. Lekin, xalqaro auditorlik standartlari u yoki bu davlatlarda moliyaviy hisobotlarni audit qilishning joriy qilingan milliy standartlaridan ustun kela olmaydi. Mavjud xalqaro auditorlik standartlari Avstriya, Braziliya, Gollandiya, Hindiston, Rossiya va O’zbekistonda milliy auditorlik standartlarini ishlab chiqish manbasi sifatida ishlatiladi. Kipr, Malayziya, Nigeriya va boshqa mamlakatlarda milliy standart sifatida qabul qilingan. Angliya, Irlandiya, Kanada, AQSH, Shvetsiya va boshqa mamlakatlarda ya’ni Xalqaro auditorlik standartlarga juda yaqin bo’lgan o’z milliy standartlariga ega davlatlarda – shu ish bilan shug’ullanuvchi tashkilotlar tomonidan ma’lumot uchun qabul qilinadi. Xorijiy auditorlik firmalari o’zlari bajargan ishning hajmi va sifatini tasdiqlovchi asosiy hujjatlar hisoblanadigan ishchi hujjatlarini tuzadilar. Bo’larning shakli ixtiyoriy bo’lib, unda firma bajargan ishlarining qisqacha bayoni beriladi, xususan: qanday birlamchi hujjatlar va hisobga olish registrlari tekshirilganligi, tekshirish usuli bu yerda yalpi yoki tanlov asosidaligi ko’rsatiladi. Tanlab tekshirishda tanlash darajasi (masalan, tekshiriladigan hujjatlarning xar bir yoki uchinchisi va xokazo) yoki tekshirilgan hujjatlar xajmi(masalan oylar bo’yicha ko’rish mumkin) yoki tanlash boshqa bir me’zon asosida bo’lganligi ko’rsatiladi. Xalqaro tajribada nufuzli auditorlik tashkilotlarining xulosa va ish Scopus: Henri Guenin-Paracini, Bertrand Malsch, Marie-Soleil Tremblay (2015) On the Operational Reality of Auditor`s Independence. A journal of Practice & Theory: June 2015, Vol. 34, No.2, pp 201. http://education.svtuition.org/2015/06/liability.html 66
hujjatlarga bo’lgan ishonch korxonaning kelgusi faoliyati uchun muhim o’rin tutadi. Auditor auditorlik xulosani tasdiqlovchi dallilar takdim etilishda muxim axamiyatga ega bo’lgan ma’lumotlarni hamda audit 230-AXS “Hujjatlar” standartiga muvofiq o’tkazilganligining dalillarini hujjatli rasmiylashtirishi lozim. “Hujjatlar” deganida audit o’tkazilishi munosabati bilan auditor tomonidan auditor uchun tayyorlangan yoki auditor tomonidan olingan va saqlanayotgan material (ishchi xujatlar) tushuniladi. Ishchi hujjatlar qogozlarda, fotoplenkada, elektron formatda yoki hujjatlarni yuritish va saqlashning boshqa shakllarida saqlanishi mumkin. Ishchi hujjatlar: auditni rejalashtirish va o’tkazishda yordam beradi; auditorlik ishini nazorat kilish va sharxlashda yordam beradi; bajarilgan auditorlik ishi natijasida olingan va auditorlik xulosani tasdiqlovchi auditorlik dalillardan iborat. Audit to’la mukammal tushunarli bo’lishligini ta’minlash maqsadida auditor ishchi hujjatlarni yetarli darajada tulik va batafsil tayyorlashi lozim. Ishchi hujjatlarda auditor auditorlik ishini rejalashtirish, bajarilgan auditorlik amallarining tavsifi, muddati va xajmi, kelgusi natijalar hamda olingan auditorlik dallilar asosida kilingan xulosalar tugrisidagi ma’lumotni aks ettirishi kerak. Ishchi hujjatlar muloxaza yuritilishi lozim bo’lgan va ushbu masalalar buyicha auditorning xulosasi kerakli bo’lgan barcha axamiyatli masalalar buyicha auditor tomonidan asoslanganligidan iborat bo’ladi. Murakkab tamoyillik masalalar kurib chiqish yoki muloxaza bildirish lozim bo’lgan xolatlarda ishchi hujjatlarda auditor xulosani shakllantirish paytida ma’lum bo’lgan tegishli xolatlar aks ettiriladi. Ishchi hujjatlarning xajmi auditorning kasbiy muloxaza yuritish kobiliyati bilan belgilanadi, zero auditor tomonidan kurib chikiladigan xar bir masalani hujjatlashtirishga zaruriyat yuk va maqsadga muvofiq emas. 67
Download 236.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling