Kafedrasi sayfiyeva zamira hamdulla qizi


Download 236.81 Kb.
bet8/30
Sana08.08.2023
Hajmi236.81 Kb.
#1665899
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30
Bog'liq
1.12.07.2023

Auditorlik faoliyati

Auditorlik


tekshiruvlar
Majburiy auditorlik

tekshiruvi


Tashabbus tarzidagi

auditorlik tekshiruvi


Nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza qilish organlarining tashabbusiga ko’ra o’tkaziladigan auditorlik tekshiruvi


Auditorlik tashkilotlarining professional


xizmatlari
Buxgalteriya hisobini yo’lga qo’yish, qayta

tiklash va yuritish


Moliyaviy hisobotni tuzish
Milliy moliyaviy hisobotni buxgalteriya hisobi xalqaro standartlariga o’tkazish
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliya-xo’jalik faoliyatini tahlil qilish

Buxgalteriya hisobi, soliq solish, rejalashtirish, menedjment va moliya-xo’jalik faoliyatining boshqa masalalari yuzasidan konsalting xizmati


Auditorlik faoliyatining milliy

standartlarida nazarda tutilgan boshqa professional xizmatlar







3-rasm:O’zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyati8.



  1. “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi Qonuni, (yangi tahriri) 2000 yil 26 may.




  1. Fayziev Sh., Dusmurodov R., Karimov A., Qo’ziev I., Avloqulov A. “Audit” Darslik Moliya-iqtisod Toshkent 2015 y. 127 b.

14


Agar auditor auditorlik tashkilotining shtatida turgan bo’lsa yoki auditorlik tashkiloti u bilan fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma tuzgan bo’lsa, u auditorlik tekshiruvi o’tkazishga jalb etilishi mumkin.

Auditor auditorlik tekshiruvini sifatsiz o’tkazganligi, tijorat sirini oshkor etganligi hamda boshqa hatti-harakatlari oqibatida auditorlik tashkilotiga zarar etkazganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq auditorlik tashkiloti oldida javobgar bo’ladi.


Hisobot ma’lumotlarining ishonchliligini, birinchi navbatda, buxgalteriya balansi (1-shakl), moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot (2-shakl), shuningdek boshqa hisobotlarning ishonchliligi va unda keltirilgan ma’lumotlarning haqqoniyligini tasdiqlash (yoki tasdiqlamaslik) auditorlik xizmatining eng muhim vazifasi hisoblanadi.


Auditorlik tekshiruvlari ishlab chiqarishni rejalashtirish va tashkil etish, korxonadagi tartib, mehnat va texnologik intizomni, tovar-moddiy zahiralarning omborlar va boshqa saqlash joylaridagi hisobi, mulklarning saqlanishi, hisob-kitoblar holati va korxona moliya-xo’jalik faoliyati hamda uning natijalariga sezilarli ta’sir ko’rsatadigan boshqa ko’plab holatlarni qamrab oladi. Shuning uchun auditorlik hisobotida korxona moliya-xo’jalik faoliyati va uning natijalariga bevosita ta’sir-ko’rsatadigan, hamda hisob ma’lumotlari va hisobot ko’rsatkichlari ishonchliligini pasaytirishiga olib keladigan, mehnatni va ishlab chiqarishni tashkil etishdagi katta kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan tavsiyalar berilishi lozim.


Shuningdek, O’zbekistondagi auditorlik faoliyati oldida turgan muhim vazifalardan biri – xorijlik hamkorlar tan oladigan auditorlik xulosasi berish qobiliyatiga ega, sertarmoq va professional darajadagi umummilliy auditorlik kompaniyalari tashkil etish hisoblanadi.


Bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya hisobi, audit hamda soliqqa tortish tamoyillarini xalqaro talablarga moslashtirish jarayonida o’z navbatida buxgalteriya va soliqqa oid qonunchilik hujjatlari bazasiga tegishli o’zgartirishlar kiritishni taqozo etmoqda. Auditorlar o’z xizmat vazifalaridan kelib chiqqan holda qabul qilinayotgan barcha hujjatlardagi o’zgarishlardan nafaqat xabordor bo’lishlari, balki ularning mohiyatini aniq bilishlari darkor. Shuning uchun



15


auditorlarning malakasiga va bilimiga hozirgi kunda katta e’tibor berilmoqda. Auditorlik faoliyati bo’yicha me’yoriy hujjatlariga asosan auditorlar har yili 60 soatlik malaka oshirish kurslarida ishtirok etishlari shartligi ta’kidlangan bo’lib, auditorlar qonunchilikda yuz berayotgan o’zgarish va qo’shimchalardan o’z vaqtida xabardor bo’lishlari muhim hisoblanadi. Muvofiq ravishda, yuqorida keltirib o’tilgan auditorlik faoliyati sohasidagi muammolarni samarali bartaraf etish, mustaqil audit tizimini rivojlantirish, auditorlik xizmatlari sifatini oshirish, auditorlik tashkilotlari faoliyatini boshqarishning samarali usullarini tadbiq etish, ularning auditorlik tekshiruvi natijalari uchun javobgarligini va auditorlik tekshiruvlarining ob’ektivligini oshirish, shu asosda tadbirkorlik tizimlari tomonidan ularga bo’lgan ishonchni oshirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 4 apreldagi PQ-615- sonli “Auditorlik tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish va ular ko’rsatayotgan xizmatlar sifati uchun javobgarlikni oshirish to’g’risida”gi qarori qabul qilindi.

Ushbu qaror O’zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini kelgusida isloh qilish yo’lida yana bir kuchli turtki bo’lib xizmat qildi. Yuqorida aytib o’tilgan qarorning muhim momenti bo’lib auditorlik tashkilotlari to’g’risidagi Nizomning tasdiqlanishi hisoblanadi. Ushbu Nizomda auditorlik tashkilotlarining asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlari, javobgarliklari, auditorlik tashkilotlari faoliyatini tashkil etish, auditorlik tashkilotlariga qo’yilgan litsenziya talablari va shartlari, shuningdek, auditorlik tashkilotlari tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishining hisobi, hisoboti va nazorati aniq tartibga solingan.


Shuni eslatib o’tish joizki, yuqoridagi qarorga ko’ra, faoliyat yuritayotgan auditorlik tashkilotlari 2008 yilning 1 yanvarigacha bo’lgan muddatda ustav kapitali hajmini belgilangan miqdorga etkazishni ta’minlashi va faoliyatni ushbu Qaror bilan tasdiqlangan Auditorlik tashkilotlari to’g’risidagi Nizomda belgilab berilgan, faoliyatni tashkil qilish bo’yicha majburiy talablarni va litsenziya shartlarini bajarilishini ta’minlashlari lozim.


Auditorlik tashkilotlari to’g’risidagi Nizomning asosiy jihatlaridan auditorlik faolitini tashkil etishni Respublika iqtisodiyotidagi tutgan o’rni va ahamiyatini kengroq yoritib o’tmoqchimiz. Ta’kidlab o’tish joizki, ushbu Nizom “Auditorlik



16


faoliyati to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining Qonuni asosida ishlab chiqilgan va yagona hisoblanadi, zero ko’pgina mamlakatlarda bunga o’xshash o’zida auditorlik tashkilotlari faoliyatini tartibga solishning muhim omillari, auditorlik tashkilotlarining maqsadini, vazifalarini, majburiyatlarini, huquq va javobgarliklarini mujassam etgan me’yoriy hujjat mavjud emas.

Ma’lumki, “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, auditorlik tashkilotining rahbari, ya’ni auditorlik tashkilotini auditorlik malaka sertifikatiga ega bo’lgan rahbar boshqarishi mumkin.


Auditorlik tashkilotlari faoliyatini tartibga solishning samarali usullarini tadbiq qilish, auditorlik tekshiruvining natijalari uchun javobgarlikni va ob’ektivlikni oshirish maqsadida Nizomda auditorlik tashkilotlari rahbarlarining uch yilda bir marta O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligidan attestatsiyadan o’tishi ko’zda tutilgan. Shuningdek, attestatsiyadan o’ta olmagan rahbar ikki yil davomida auditorlik tashkilotining rahabari sifatida faoliyat yuritish huquqiga ega bo’lmaydi. Bunga muvofiq tarzda, bundan buyon auditorlik tashkilotida rahbar bo’lib, faqat auditor malaka sertifikatiga (amaldagi) ega bo’lgan auditor va O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida attestatsiyadan muvafaqqiyatli o’tgan jismoniy shaxs faoliyat yuritishi mumkin.


Yuqorida aytib o’tilgan Nizom qabul qilinguncha, auditorlik tashkilotlari o’z faoliyatlarini tashkil etishlarida va amalga oshirishlarida quyidagi majburiy shartlarga rioya qilishlari lozim bo’lgan: auditorlik tashkilotining ustav kapitali eng kam oylik ish haqining 1200 barobaridan kam bo’lmagan hajmda bo’lishi va auditorlik tashkilotining shtatlar jadvalida kamida ikkita auditor bo’lishi.


Mos ravishda, yuqoridagi Nizom qabul qilingungacha, yuqorida aytib o’tilgan majburiy shartlarga javob bergan va auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya olgan auditorlik tashkilotlari mulkchilik shaklidan, faoliyat yuritish sohasidan, ustav kapitali hajmidan va boshqalardan qat’iy nazar korxona va tashkilotlarni tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvini ham, majburiy auditorlik tekshiruvlarini o’tkazishga ham huquqlari bo’lgan.


Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish sharoitida respublikamizda auditorlik xizmatini rivojlantirish omillaridan yana biri xo’jalik sub’ektlariga auditorlik



17


xizmati ahamiyatini kengaytirishni tushuntirish, audit tizimiga bo’lgan ishonchini mustahkamlash va kuchaytirishdir. Afsuski, ko’pchilik xo’jalik sub’ekti rahbarlari auditorlar xizmati sifatini qanday baholashni yaxshi bilmaydilar. Auditorlik faoliyatining milliy standartlaridan xo’jalik sub’ektlari xabardor bo’lishlari lozim.

Auditor o’z oldiga qo’ygan maqsadiga erishish uchun avvalo, halollik, xolislik, kasbiy layoqat va odob, maxfiylik va albatta, mustaqillik tamoyillariga rioya qilishi shart. Keltirib o’tilgan bu tamoyillar O’zbekiston Respublikasi “Auditorlarning kasbga oid ahloq Kodeksi”da alohida qayd etilgan.


Xo’jalik yurituvchi sub’ekt bilan auditorlik tashkiloti o’rtasida tekshiruvini o’tkazish bo’yicha shartnoma tuzishdan oldin, auditorlik tashkiloti uning faoliyati bilan tanishib chiqishi lozim. Dastlabki tanishuv jarayoni “Xo’jalik sub’ektlari faoliyati bilan tanishish” nomli 31-sonli Milliy auditorlik standartida (Adliya vazirligi tomonidan 2001 yilning 21 iyunda 1043-son bilan ro’yxatga olingan) batafsil ko’rsatib o’tilgan.


Auditorlik tekshiruvi o’tkaziladigan


shaxslardan, shuningdek har qanday
uchinchi shaxslardan mustaqillik



Auditorlik tekshiruvini




Auditorlik




amalga oshiruvchilarning










tekshiruvlarini




professional








Download 236.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling