Kafedrasi sayfiyeva zamira hamdulla qizi
Download 236.81 Kb.
|
1.12.07.2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-rasm. O’zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini amalga oshirish tamoyillari 9
4-rasm. O’zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini amalga oshirish tamoyillari9 Fayziev Sh., Dusmurodov R., Karimov A., Qo’ziev I., Avloqulov A. “Audit” Darslik Moliya-iqtisod Toshkent 2015 y. 127 b. 18
Hozirgi vaqtda respublikamizda xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’rtasida auditorlik tekshiruvini o’tkazishdan oldin auditorlik tashkilotlari orasida o’ziga xos tanlov o’tkazmoqdalar. Biroq, tanlov mezonlari ichida auditorlik xizmatining bahosi asosiy o’ringa chiqib qolmoqda. Auditorlik tashkilotining amaliy tajribasi, xizmatlar sifati va ko’lami kabi masalalar keyingi o’rinlarga tushib qolmoqda. Shuning uchun tanlovda ishtirok etmoqchi bo’lgan auditorlik tashkiloti birinchi galda xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyati bilan tanishib chiqishlari lozim. Tanishuv davrida auditorlar xo’jalik sub’ektining ta’sis hujjatlari, buxgalterlik hisoboti va moliyaviy hujjatlar, tashkilotning rahbarlari va asosiy xo’jalik operatsiyalari haqida ma’lumot olishlari darkor. Tanishuvdan maqsad, auditorlik tashkiloti ushbu xo’jalik sub’ekti faoliyatining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda unga sifatli va to’la qonli xizmat ko’rsata olish yoki olmaslikni aniqlash. Agarda auditorlar bunga ishonch hosil qilmasalar auditorlik xizmatini ko’rsatishdan voz kechishlari zarur. Albatta dastlabki tanishuv uchun xo’jalik sub’ekti auditorlik tashkilotiga hech qanday haq to’lamaydi. Ammo bu erda xo’jalik sub’ekti faoliyatiga tegishli bo’lgan tijorat sirlarini uchinchi tomonga oshkor bo’lish omili yuzaga keladi. Hozirgi kunda amaldagi qonunchilik normalarida auditorlik tashkiloti zimmasiga tanishuv vaqtida olingan ma’lumotlarni sir saqlash majburiyati rasmiy ravishda yuklatilmagan. Sir saqlash majburiyati auditorlik tashkiloti zimmasiga auditorlik xizmatini ko’rsatish bo’yicha shartnoma tuzgandagina yuzaga keladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 5 oktyabrdagi 3665-sonli «Tadbirkorlik sub’ektlarini tekshirishni yanada qisqartirish va uning tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Farmoyishiga asosan tadbirkorlik sub’ektlarini tekshirishni tashkil qilish tizimini takomillashtirish va tekshirishlar sonini keskin qisqartirish, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to’g’risidagi qonun hujjatlariga qat’iy rioya etilishi uchun nazorat organlari mansabdor shaxslarining javobgarligini kuchaytirish maqsadida mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xo’jaliklarining moliya-xo’jalik 19
faoliyatini reja asosida har to’rt yilda bir marta va boshqa tadbirkorlik sub’ektlarini esa har uch yilda bir marta tekshirish o’tkazilishi belgilangan. Bo’lar auditorlik tekshiruvlarining ahamiyati va rolini oshirishni taqqazo qiladi, auditorlik tekshiruvlarining sifatiga talabni keskin oshiradi. Respublikamizda auditorlik faoliyati bilan shug’ullanayotgan auditorlik tashkilotlar ham shunday imtiyozlarga ega bo’lgan tashkilotlar sirasiga kiradi. Yuqorida ko’rsatilgan imtiyozdan ya’ni moliyaviy faoliyatdan olingan daromad (foyda) maqsadli ishlatilishi ya’ni tashkilotni moddiy-texnika va ijtimoiy bazani mustahkamlashga, shuningdek xodimlarni moddiy rag’batlantirishga maqsadli yo’naltirgan bo’lishi lozim. Umumiy xulosa qiladigan bo’lsak, Respublikamizda auditorlik faoliyatini tashkil etishning maqsadi xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy-xo’jalik faoliyatini amaldagi qonunchilikka asosan atroflicha o’rganish va tahlil etish, muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish yuzasidan samarali taklif va tavsiyalar berish bo’lsa, iqtisodiyotda tutgan o’rni mulkchilik shaklidan qat’iy nazar birinchidan, moliyaviy-xo’jalik faoliyatining ishonchli, xolisona va mustaqil auditorlik tekshiruvidan o’tkazilishini ta’minlash, ikkinchidan, amaldagi qonunchilikning takomillashtirilishi auditorlik xizmatining sifatli o’tkazilishini rag’batlantirishdan iboratdir. Download 236.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling