Kafedrasi sayfiyeva zamira hamdulla qizi


Bitiruv malakaviy ishi tarkibining qisqacha tavsifi


Download 236.81 Kb.
bet5/30
Sana08.08.2023
Hajmi236.81 Kb.
#1665899
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
1.12.07.2023

Bitiruv malakaviy ishi tarkibining qisqacha tavsifi: kirish qismi, 3 ta bob, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.

8


1-BOB. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA AUDITORLIK


FAOLIYATINI TASHKIL ETISHNING NAZARIY VA TASHKILIY -


HUQUQIY ASOSLARI


1.1. Auditorlik faoliyatini tashkil etishning maqsadi, iqtisodiyotni


rivojlantirishda o’rni

Bozor iqtisodiyoti talablaridagi infratuzilmalar faoliyati yo’lga qo’yilganligi xorijiy mamlakatlar sarmoyalarining kirib kelishiga zamin bo’lib ko’plab yangi mahsulotlar ishlab chiqarishga va ish joylari tashkil etilishiga asos bo’lmoqda. Shu bilan birga, bu kapitalni O’zbekiston iqtisodiyotiga joylashtirmoqchi bo’layotgan xorijiy investorlar oldida ishonchli sherik tanlash va ularning moliyaviy holatini aniq baholash kabi jihatlari muammoli bo’lib turibdi. Ma’lumki, har qanday voqea, hodisa, buyum qaysi zamonda va makonda paydo bo’lishidan qat’iy nazar ma’lum zaruriyat tufayli yuzaga keladi. Auditga oid manbalarda2:





  • axborot etkazib beruvchilar (ma’muriyat) bilan axborotlardan foydalanuvchilar (davlat organlari, banklar, aktsiyadorlar, kreditorlar) manfaatlarining mos kelmasligi, natijada, ular o’rtasida ziddiyatli vaziyatlar yuzaga kelganida ma’muriyat tomonidan noto’g’ri ma’lumotlar berilishi;




  • noto’g’ri axborotlarga asoslangan holda xo’jalik qarorlarining qabul qilinishi natijasida noqulay iqtisodiy ahvolga tushib qolinishi yoki inqirozga yuz tutilishi;







  • axborotlardan foydalanuvchilarda ma’lumotlarni bevosita baholash va sifatini aniqlash uchun maxsus malaka, vaqt va materiallarning etishmasligi kabi masalalardir.

Ushbu muammolarni hal qilishga yordam beradigan auditorlik xizmatlari shakllana boshlagan. Uning asosiy vazifasi axborotlardan foydalanuvchilarga taqdim qilinadigan hisobotlar to’g’risida xolis fikr-mulohazalar bildirishni taqozo





  1. Fayziev Sh., Avloqulov A. Audit fanidan ma’ruza matnlari. Toshkent moliya instituti, 2017. – B. 13-14.

9


etgan. Auditorlar etarli bilim va tajribaga, shuningdek, buxgalteriya hisobi hujjatlari va asoslovchi ma’lumotlarni olish huquqiga ega bo’lganliklari uchun bu vazifani malakali darajada bajarganlar. Bundan tashqari, ular korxona ma’muriyatiga bo’ysunmaydigan va uning tazyiqlaridan holi faoliyat yuritganlar.

Rivojlangan mamlakatlarda mustaqil auditorlik tashqi moliyaviy nazoratning asosiy shakli bo’lib hisoblanadi va u keng profilli taftishchilar tomonidan amalga oshiriladi.





Download 236.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling