Kafedrasi sayfiyeva zamira hamdulla qizi
Download 236.81 Kb.
|
1.12.07.2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-bob bo’yicha xulosa................................................................. XULOSA VA TAKLIFLAR.........................................................
2-bob bo’yicha xulosa..................................................................
3-BOB. AUDITORLIK FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI.......................................................................... 3.1. Auditorlik faoliyati milliy standartlarini auditning xalqaro standartlariga moslashtirish tartibi.................................................. 3.2. Auditorlik faoliyatida hujjatlashtirishni xalqaro mezonlarga muvofiqlashtirish masalalari ...................................................... 3-bob bo’yicha xulosa................................................................. XULOSA VA TAKLIFLAR......................................................... FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI................. 3 7 7
18 31
32
42 57
58 58 64
70 71 75 4
KIRISH Mavzusining dolzarbligi. Iqtisodiyotini modernizatsiyalash sharoitida biznesni muvaffaqiyatli rivojlantirishga yordam beradigan, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy hisobotlarining ishonchliligi to’g’risida xulosa beradigan hamda hisobotni yaxshilash maqsadida ularga maslahat, yo’l-yo’riq va boshqa turlardagi amaliy yordam ko’rsatadigan professional xizmatning yangi shakli – auditorlik faoliyatiga talab ortib bormoqda. Mamlakatimizda auditorlik faoliyatni rivojlantirish bilan birga bu boradagi qonunchilikni tartibga solish va mustahkamlash bo’yicha katta ishlar amalga oshirilmoqda. xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, xalqaro va xorijiy moliyaviy institutlar bilan aloqalarni kengaytirish, puxta o’ylangan tashqi qarzlar siyosatini amalga oshirishni davom ettirish, jalb qilingan xorijiy investitsiya va kreditlardan samarali foydalanishni to’g’ri yo’lga qo’yish muhim masalalardan biri hisoblanadi. Bu borada 2017 yil 7 fevral kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi PF-4947-son Farmoni imzolandi. Mazkur Farmoni 3.2. bandida “Makroiqtisodiy mutanosiblikni saqlash, qabul qilingan o’rta muddatli dasturlar asosida tarkibiy va institutsional o’zgarishlarni chuqurlashtirish hisobiga yalpi ichki mahsulotning yuqori o’sish sur’atlarini ta’minlash, harajatlarning ijtimoiy yo’naltirilganinini saqlab qolgan holda, Davlat byudjetining barcha darajalarida mutanosibligini muvozanatni saqlash, mahalliy byudjetlarning daromad qismini mustahkamlashga yo’naltirilgan byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish, ilg’or xalqaro tajribada qo’llaniladigan instrumentlardan foydalangan holda pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish, shuningdek valyutani tartibga solishda zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish, milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash”1. Mazkur chora tadbirlar, avvalambor aholining yangi shakllanayotgan bozor institutlari hamda mexanizmlariga ishonchini mustahkamlashga qaratilgani bilan 1 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi PF-4947-son Farmoni. 3.1-band. O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2017 y., 6-son, 70-modda. 5
muhim ahamiyat kasb etadi. Auditorlik faoliyatni rivojlantirish huquqiy-meyoriy va amaliy tashkil etish jihatlarini ilmiy asoslangan holda takomillashtirish maqsadida 2000 yil 26 mayda yangi tahrirdagi «Auditorlik faoliyati to’g’risida» qonun qabul qilindi. Ushbu qonunni amalga oshirish, auditorlik xulosalari soliq va boshqa nazorat organlari tomonidan hisobga olinishini ta’minlash maqsadida 2000 yil 22-sentyabrida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 365-sonli «Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshiruvlarining ahamiyatini oshirish to’g’risida»gi qarori orqali mustahkamlandi. Shuningdek 2000 yil 7 avgustda O’zbekiston hududida faoliyat ko’rsatayotgan auditorlar va auditorlik tashkilotlarini ixtiyoriy ravishda birlashtiruvchi mustaqil professional jamoat tashkiloti – O’zbekiston Auditorlar palatasi tashkil etildi. Auditorlik tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish shu bilan birga ular ko’rsatayotgan xizmatlarini rivojlantirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Auditorlik tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish hamda ular ko’rsatayotgan xizmatlar sifati uchun javobgarlikni oshirish to’g’risida» 4-aprel 2007 yil 615-sonli qarori hamda boshqa qator me’yoriy hujjatlar qabul qilindi. Natijada, auditorlik faoliyati bilan shug’ullanish huquqi uchun attestatsiya o’tkazish tartibi va auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish tartiblari aniqlandi. Bugungi kunda auditorlik tashkilotlari, aktsiyadorlik jamiyatlari, banklar va kredit tashkilotlari, investitsiya va pay fondlari, fond va tovar birjalari, xayriya fondlari va boshqa ijtimoiy fondlar ham “Auditorlik faoliyati to’g’ristda”gi Qonun talablari asosida faoliyat olib bormoqda. Shunga qaramasdan, mamlakatimizda auditorlik faoliyatining rivojlanishi ancha murakkab va qiyin, ko’plab jihatlari bo’yicha esa sust hamda ziddiyatli kechmoqda. Uning nazariy masalalari, huquqiy-me’yoriy hamda tizimli tartibga solishning boshqa imkoniyatlari etarli darajada amaliyotda ishlatilmayapti. Misol tariqasida 2015 yilda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo’mitasining navbatdagi yig’ilishida Mamlakatimizda bozor 6 iqtisodiyoti munosabatlarining rivojlanishi natijasida turli mulkchilik shaklidagi xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy-xo’jalik faoliyatini samarali tashkil etish va ularga professional auditorlik xizmatlar ko’rsatishni takomillashtirish bugungi kunda dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Iqtisodiy munosabatlarni erkinlashtirishda xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliya-xo’jalik faoliyatining moliyaviy hisobotlarda aks ettirilgan natijalarni baholash masalalariga yangicha, zamonaviy yondashuv uslublari juda ham zarur. Bu mavjud nazariy, tashkiliy – huquqiy asoslari va amaliy muammolar bo’yicha auditorlik faoliyatining sifatini oshirish, hamda respublikamizda tashqi va ichki audit tekshiruvlarini zamonaviy darajada tashkil qilish va uni rivojantirish borasida chuqur tadqiqotlar o’tqazishni taqozo etmoqda. Bir tomondan, auditorlik faoliyatining xalqaro tajribalariga tizimli yondashish, ularni chuqur tahlil qilish, boshqa tomondan bozor iqtisodiyotining jahon hamjamiyatida e’tirof etilgan o’zbek modelining xususiyatlari to’g’risidagi bilimlarimizdan maksimal foydalangan holda, iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida moliyaviy hisobot axborotlaridan foydalanuvchilar uchun nazoratning maxsus tashkiliy shakli – auditni istiqbolli rivojlantirish zarurligi ayon bo’lmoqda. Bo’lar o’z navbatida mavzuning dolzarbligini belgilaydi. Download 236.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling