Kafedrasi xaitov elbek panjiyevich
-bob. Hisob-kitoblar auditini takomillashtirish va mavzuni
Download 0.89 Mb. Pdf ko'rish
|
hisob kitoblar auditi mavzusida dars otishda interfaol metodlardan foydalanib dars samaradorligini oshirish
3-bob. Hisob-kitoblar auditini takomillashtirish va mavzuni
o‘qitishning samaradorligini oshirish yo‘llari 3.1. Hisob-kitoblar auditini takomillashtirish Debitorlik va kreditorlik qarzlari tahlilida foydalaniladigan axborot manbalaridan biri bu debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘risidagi ma'lumotnomadir. Debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘risidagi ma'lumotnoma hisobot davri oxirgi sanasida korxona debitorlik va kreditorlik qarzlarining holatini aks ettiradi. 2-ustunda-“Debitorlik va kreditorlik qarzlari ro‘yxati”- debitor(kreditordan) yuqori turadigan vazirliklar(idoralar) bo‘yicha debitor va kreditorlar ro‘yxati keltiriladi. Agar debitor (kreditor) yuqori turadigan vazirlikka (idoraga) ega bo‘lmasa, yuridik shaxsning to‘liq nomi ko‘rsatiladi. O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi qarzlar bo‘yicha debitor (kreditor) nomi (to‘liq yoki umumqabul qilingan o‘zgartirishlar bilan) ko‘rsatiladi, shuningdek qavslarda mamlakatning nomi ko‘rsatiladi. 2-ustunda 2.1, 2.2.1, 3.1, 5.1, 5.2.1, 6.1- satrlar bo‘yicha majburiy tartibda debitor (kreditor)ning nomini ko‘rsatish lozim. 3-ustunda qarzning umumiy summasi ko‘rsatiladi, xususan: a) 1-satr bo‘yicha debitor qarzlarning umumiy summasi ko‘rsatiladi, u 3- ustunning 2 va 3- satrlari summasiga teng bo‘lishi kerak. b) 4-satr bo‘yicha kreditorlik qarzining umumiy summasi ko‘rsatiladi, u 3- ustunning 5 va 6-satrlari summasiga teng bo‘lishi kerak. Debitorlik qarzining umumiy summasi o‘z ichiga uzoq muddatli ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlarni, xaridor va buyurtmachilardan, sho‘'ba va tobe xo‘jalik jamiyatlaridan, da'volar bo‘yicha olishga doir hisob varaqlarini; xodimlarga, mahsulot yetkazib beruvchilarga, pudratchilarga berilgan bo‘naklarni; byudjetga, davlat maqsadli jamg‘armalariga va sug‘urta bo‘nak to‘lovlarini; muassislarning ustav sarmoyasiga badallar bo‘yicha qarzlarini; xodimlar va boshqa debitorlarning boshqa operatsiyalar,ijara majburiyatlari bo‘yicha qarzlarini, shu jumladan, ichki idoraviy hisob-kitoblarni oladi. Bunda 46
ichki idoraviy hisob-kitoblar deganda mustaqil balanslarga ega bo‘lgan va bir muayyan vazirlik, idora, korporatsiya, uyushma, konsern, yoki birlashma tarkibiga kiradigan korxonalar va tashkilotlar o‘rtasidagi hisob-kitoblar tushuniladi. Debitorlik qarzining umumiy summasi buxgalteriya balansi 1-son shaklining 110 va 210-satrlari summasiga muvofiq kelishi kerak (alohida bo‘linmalarning qarzi bundan mustasno). Kreditorlik qarzining umumiy summasi o‘z ichiga mahsulot yetkazib beruvchilar, pudratchilar, sho‘'ba va tobe xo‘jalik jamiyatlariga to‘lashga doir hisobvaraqlarni; olingan bo‘naklarni; byudjetga, sug‘urta bo‘yicha davlat maqsadli jamg‘armalari, muassislar oldidagi, mehnatga haq to‘lash bo‘yicha va boshqa kreditorlar oldidagi to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni, shu jumladan ichki idoraviy korxonalar bilan hisob-kitoblarni oladi. Kreditorlik qarzining umumiy summasi buxgalteriya balansi 1-son shaklining 491 va 601-satrlari summasiga muvofiq kelish kerak. 3-ustun bo‘yicha 2, 2.1, 2.2, 2.2.1, 3.3.1-satrlar bo‘yicha 1-satr bo‘yicha aks ettirilgan debitorlik qarzining umumiy summasi quyidagi tartibda ochib ko‘rsatiladi: a) 2-satr bo‘yicha respublika ichida debitorlik qarzining umumiy summasi ko‘rsatiladi; b) 2.1-satr bo‘yicha respublika ichida debitorlarning nomlari bo‘yicha ko‘rsatiladi; v) 2.2-satr bo‘yicha ichki idoraviy debitorlik qarzining umumiy summasi keltiriladi; g) 2.2.1-satr bo‘yicha 2-satrdan ajratilgan, debitorlar nomlari bo‘yicha ichki idoraviy qarz summasi ko‘rsatiladi; d) 3-satr bo‘yicha respublika tashqarisidagi debitorlik qarzining umumiy summasi ko‘rsatiladi; ye) 3.1-satr bo‘yicha respublika tashqarisida debitorlar nomlari bo‘yicha qarz ko‘rsatiladi; 5, 5.1, 5.2, 5.2.1, 6, 6.1-satrlar yuqoridagi bandlarga ko‘ra, debitorlik qarziga
47
o‘xshash holda to‘ldiriladi. 4-ustunda muddati o‘tkazib yuborilgan, qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda so‘ndirilmagan qarzning umumiy summasi ko‘rsatiladi. Korxonaga bog‘liq bo‘lmagan sabablar bo‘yicha yuzaga kelgan qarzlar bo‘yicha: a) 5-ustunda korxonaga bog‘liq bo‘lmagan sabablar bo‘yicha yuzaga kelgan umumiy qarz ko‘rsatiladi, xususan: 1-satr bo‘yicha- debitorlik qarzining umumiy summasi, u 7, 9,11, 12-ustunlarda ko‘rsatilgan summaga teng bo‘lishi kerak; 4-satr bo‘yicha- kreditorlik qarzining umumiy summasi, u 7, 11, 12-ustunlarda ko‘rsatilgan summaga teng bo‘lishi kerak; b) o‘tkazib yuborilgan qarzning umumiy summasi ko‘rsatiladi; v) 7-ustunda korxona va tashkilotning hukumat qarorlariga ko‘ra oldindan haq to‘lamasdan yuklab jo‘natilgan (olingan) mahsulot (ish,xizmat) bo‘yicha umumiy debitorlik (kreditorlik) qarzi ko‘rsatiladi.Undan o‘tkazib yuborilgan qarz 8-ustun bo‘yicha aks ettiriladi; g) 9-ustunda ular bo‘yicha xom-ashyo va materiallarni davlat zahiralari va fondlaridan yuklab jo‘natish nazarda tutilgan bo‘nak to‘lovlarining summasi ko‘rsatiladi. Undan muddati o‘tkazib yuborilgan qarz 8-ustun bo‘yicha aks ettiriladi; d) 11-ustunda korxona va tashkilotning hukumat qarorlari bo‘yicha qarzni so‘ndirish muddati aniqlangan tartibda kechiktirilgan qarzi aks ettiriladi; y) 12-ustunda qonun hujjatlariga muvofiq taqdim etilgan da'volar bo‘yicha sud tekshiruvi jarayonida boradigan qarz summasi ko‘rsatiladi. Bu yerda u bo‘yicha xo‘jalik sudining kreditordan undirish to‘g‘risida hal qiluv qarorlari chiqarilgan qarz ham aks ettiriladi. Zarurat tug‘ilgan vaqtda korxona va tashkilotlarga “Korxonaga bog‘liq bo‘lmagan sabablar bo‘yicha yuzaga kelgan qarz” bo‘limida qo‘shimcha ustunlar ochishga ruxsat beriladi. 2a-son shakl satrlarining miqdori tegishlicha 2.1, 2.2.1, 3.1, 5.1, 5.2.1, 6.1-
48
satrlar bo‘yicha ko‘rsatiladigan debitorlar va kreditorlar miqdoriga bog‘liqdir. 2a-son shakl rahbar va bosh buxgalter tomonidan imzolanadi hamda har bir sahifada muhr bilan tasdiqlanadi. Korxonaning debitorlik va kreditorlik qarzlarini tahlil qilishda buxgalteriya balansi ma'lumotlari bilan cheklanish tahlil xulosalarining yetarlicha ob'yektiv bo‘lishiga salbiy ta'sir qilishi mumkin. Chunki buxgalteriya balansida debitorlik va kreditorlik qarzlari haqida ma'lum bir sanadagi axborotlar ifodalaniladi xolos. Debitorlik va kreditorlik qarzlari haqida ko‘proq ma'lumot olish uchun tahlilchi korxonaning debitorlik va kreditorlik qarzlari haqidagi ma'lumotnomasini ham o‘rganib chiqishi zarur, deb o‘ylayman. Chunki , bu ma'lumotnomada yuqorida aytib o‘tilganidek, debitorlik va kreditorlik qarzlari haqida qo‘shimcha ma'lumotlar keltirib o‘tiladi. Ma'lumotnomada har bir debitor va kreditorlarning ro‘yxati nomma-nom keltirib o‘tiladi. Bu esa tahlilchiga korxona debitorlari va kreditorlari haqida ko‘proq ma'lumot olish imkonini beradi. Bu esa korxona debitor va kreditor qarzlarida har bir korxonaning ulushi qanchaligini baholash imkonini beradi. Bu orqali esa korxonada debitorlik va kreditorlik qarzlari diversifikatsiyasini o‘rganish mumkin. Bizga ma'lumki, har qanday holda ham korxona debitorlik qarzlarining bir nechta cheklangan korxonalarda to‘planib qolishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak. Agar qarzlar o‘z vaqtida to‘lanmay qolsa yoki fors-major holatlarida korxona uchun katta yo‘qotishlarga olib kelish mumkin. Shu sababli ham korxona iloji boricha ko‘proq xaridorlar bilan ishlashga harakat qilishi kerak. Debitorlik va kreditorlik qarzlari haqidagi ma'lumotomada debitorlik va kreditorlik qarzlarining korxonaga bog‘liq bo‘lmagan sabablar bo‘yicha vujudga kelgan qismining ajratilib ko‘rsatilishi tahlil xulosalarining yanada mukammal bo‘lishiga olib keladi. Korxonaga bog‘liq bo‘lmagan sabablar bo‘yicha vujudga kelgan qarzlar 4 guruhga ajratilib ko‘rsatilgan. Bular:
49
· Hukumat qarorlariga asosan oldindan haq to‘lamay jo‘natilgan(oligan) mahsulotlar bo‘yicha qarzlar; · Davlat resurslari va jamg‘armalaridan jo‘natish ko‘zda tutilgan xom- ashyo va materiallar bo‘yicha o‘tkazilgan bo‘nak to‘llovlari summasi; · Hukumat qarorlari bo‘yicha kechiktirilgan qarzlar; · Qonunchilikka muvofiq da'volar bo‘yicha sud jarayonida ko‘rib chiqilayotgan yoki xo‘jalik sudi tomonidan kreditorlardan undirish to‘g‘risida qaror chiqqan qarzlar summasi. Yuqorida aytilganidek, zarurat bo‘lgan taqdirda bu ro‘yxatga qo‘shimcha sabablarni kiritish mumkin. Qarzlarning bunday
turkumlarga ajratilishi, ayniqsa, korxona
rahbariyatining qarzlarning oldini olish chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish borasidagi hatti-harakatlariga baho berishda muhim sanaladi. Misol uchun, buxgalteriya balansida debitorlik qarzlari summasi jami aylanma aktivlarning 70 foizini tashkil qiladi. Bu korxona uchun ijobiy hol deb baholanmaydi va bu qarzlarning kamaytirish yuzasidan rahbariyatni qo‘shimcha chora-tadbirlar ishlab chiqishga undash mumkin. Agar debitorlik va kreditorlik qarzlari ma'lumotlariga e'tibor beradigan bo‘lsak, bu qarzlarning katta qismi korxonaga bog‘liq bo‘lmagan sabablar bo‘yicha vujudga kelgan qarzlar tashkil etishini ko‘rishimiz mumkin. Bunday holda tahlilchi korxonadagi debitorlik va kreditorlik qarzlari holatiga baho berishda yuqoridagidek vaziyatlarga e'tibor berishi shart. Bundan tashqari ushbu ma'lumotnomada qarzlar respublika ichidagi, respublika tashqarisidagi va ichki idoraviy qarzlarga ajratilib ko‘rsatiladi. Debitorlik qarzlari tahlilida respublika ichidagi va respublika tashqarisidagi qarzlarga alohida e'tibor berish kerak. Respublika tashqarisidagi qarzlar bo‘yicha mavjud risklar har doim ham katta bo‘ladi. Ularning o‘z vaqtida to‘lanmasligi korxona uchun respublika ichidagi qarzlarga nisbatan ortiqcha qiyinchiliklar keltirib chiqaradi. Agar respublika tashqarisidagi qarzlar xorijiy valyutalarda yuritilishini inobatga oladigan bo‘lsak, tahlil jarayonida bu
50
ko‘rsatkichga alohida e'tibor berish kerakligini yana bir bor anglash mumkin. Ichki idoraviy qarzlar ham tahlil jarayonida katta e'tibor bilan o‘rganilishi lozim bo‘lgan mavzudir. Chunki ichki idoraviy qarzlar bitta yuqori turuvchi muassasa tarkibidagi korxonalar o‘rtasidagi qarzlar bo‘lganligi sababli bu qarzlarni o‘zaro kechib yuborish yo‘li bilan kamaytirish mumkin. Tahlilchi agar tarmoqdagi korxonalar o‘rtasidagi mavjud qarzlarni yetarlicha o‘rganib chiqish imkoni bo‘lsa, mavjud muammolar yuzasidan kerakli chora-tadbirlar ishlab chiqishi mumkin. Yuqoridagi ko‘rsatkichlarning har biri bo‘yicha muddati o‘tgan qarzlarning alohida ajratilib ko‘rsatilishi muddati o‘tgan qarzlar tahlilida yanada ko‘proq ma'lumotlardan foydalanish va tahlil samaradorligini oshirish imkonini beradi. Xulosa o‘rnida quyidagilarni aytish mumkin, debitorlik va kreditorlik qarzlari tahlilida axborot manbai sifatida odatda buxgalteriya balansidan foydalaniladi. Ammo buxgalteriya balansidan tashqari axborot manbalaridan ham foydalanish mavjud vaziyatni yanada atroflicha o‘rganish imkonini beradi. Bunday manbalar boshlang‘ich hujjatlar, debitorlik va kreditorlik qarzlarining analitik va sintetik hisobi ma'lumotlari hamda debitorlik va kreditorlik qarzlari haqidagi ma'lumotnomalar bo‘lishi mumkin. Bu manbalarni atroflicha o‘rganish muddati o‘tgan majburiyatlarni kamaytirishda yanada muhimroq ahamiyat kasb etadi. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling