Kafedrasi xaitov elbek panjiyevich
-rasm. Turli debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblarni tekshirish
Download 0.89 Mb. Pdf ko'rish
|
hisob kitoblar auditi mavzusida dars otishda interfaol metodlardan foydalanib dars samaradorligini oshirish
3-rasm. Turli debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblarni tekshirish 17 Yuqorida keltirilgan schyotlarda hisobga olinadigan muomalalarning xilma- xilligini etiborga olgan holda, auditor hisob-kitoblar ahvolini tahlil qilish mobaynida ushbu schyotlar qo’llanishining qonuniyligini aniqlaydi. (ya’ni 4800, 6900 schyotlarda aks ettiriladigan muomalalar boshqa schyotlarda aks ettirilmayotganligini aniqlaydi va aksincha). Auditor yil oxirida to’lanmagan, deponentlanmagan summalar buyicha xaqiqatda to’langan ish xaqi summalaridan hisoblanishi lozim bo’lgan daromad solig’ining qayta hisoblanganligini aniklash zarur. Ijro varaqasi bo’yicha boshqa korxonalar foydasiga ushlanadigan summalar (alimentlar, jarimalar, moddiy zararni undirish va h.k. ) to’g’riligi va asoslanganligi hisob yozuvlarini hisoblashuv-to’lov vedomostlari va ushlash uchun asos bo’lgan boshqa hujjatlar bilan solishtirish orqali tekshiriladi. Bunday summalarni o’tkazishning o’z vaqtidaligi va to’liqligi shaxslar bo’yicha qarzlarning ahvoli va harakatini tahlil qilishda va summalarning xodimlardan ushlangan hamda o’tkazilgan sanasi bilan taqqoslash orqali aniqlanadi. Byudjet tashkilotlari bilan hisob-kitoblarni tekshirishda shartnomalar mavjudligi, ish (xizmat) bajarilishining hujjat bilan tasdiqlanishi, ularning xususiyatlari, ishlab chiqarish yoki noishlab chiqarishga taalluqli ekanligi aniqlanadi. Bular sarflarni moliyalashtirish manbalarini aniqlashning to’g’riligini tasdiqlash uchun zarur. Chunonchi, o’qitish, malaka oshirish bilan bog’liq va ishlab chiqarish maqsadlari uchun zarur bo’lsa, o’quv uchun to’lovlar
17 Muallif tomonidan tayyorlandi. Turli debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblarni tekshirishda quyidagilarni aniqlash lozim:
shartnomalar mavjudligi; kreditni qoplash tartibi va boshqalar.
kreditga sotilgan tovarlar bo’yicha hisob-kitoblar to’g’riligi;
xaridorlar topshiriqnoma- majburiyatlarining taqdim etish muddatlari;
38
«Xarajatlar tarkibi . . . to’g’risidagi Nizom»ga 18 muvofiq tannarxga qo’shilishi mumkin. Ayrim hollarda hisob-kitoblarni debitor qarz summasi katta bo’lgan tashkilotlardagi tegishli hujjatlar bilan taqqoslab ko’rish tavsiya qilinadi. Bunday qarama-qarshi tekshiruvlar birinchi navbatda, savdo va ta’minot tashkilotlarida o’tkaziladi. Debitor va kreditor qarzlarining da’vo muddatlari, hamda debitor qarzlarni undirish bo’yicha xo’jalik sudiga murojat qilish tartibi tekshiriladi. Shuningdek, debitor va kreditor qarzlarining inventarizatsiyasi va uning natijalari tahlil qilinadi. Buning uchun auditor turli debitor va kreditorlar bilan hisob-kitob muomalalarini auditorlik tekshiruvidan o’tkazishni yakunlashda ishchi hujjatlardagi malumotlarni umumlashtiradi va 4800, 6900 - schyotlar bo’yicha hisob hamda hisobot malumotlarining ishonchliligi, hisobni yuritish to’g’riligini baholaydi. Auditor ushbu baholash natijasida korxona faoliyatiga ijobiy yoki salbiy xulosa beradi.
Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling