Kafedrasi xaitov elbek panjiyevich
-jadval Xodimlar bilan mehnat haqi yuzasidan hisob-kitoblar bo‘yicha
Download 0.89 Mb. Pdf ko'rish
|
hisob kitoblar auditi mavzusida dars otishda interfaol metodlardan foydalanib dars samaradorligini oshirish
5-jadval
Xodimlar bilan mehnat haqi yuzasidan hisob-kitoblar bo‘yicha buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimi holatini tekshirish yuzasidan testlar 13 T.r.
Savol mazmuni yoki o’rganilayotgan obyekt Javob mazmuni (tekshiruv natijasi) Belgi Auditoring xulosalari ва қарорлари 1 2
4 5 A.Ichki nazorat 1. Xodimlar jadvali tasdiqlanganmi va unga rioya etiladimi?
Xodimlar jadvali har yili bir marotaba qaytadan ko‘rib chiqiladi
N
Ichki nazorat susaytirilgan, xatolar bo‘lishi mumkin
2. Har bir xodimga shaxsiy varaqalar yuritilganmi?
Ha, yuritilgan N 4
Nazorat yetarli darajada 3. Ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatish to‘g‘risidagi buyruqlar o‘z vaqtida qabul qilinadimi?
Buyruqlar o‘z vaqtida va to‘g‘ri qabul qilinadi
N 4 Nazorat yetarli darajada 4.
Xodimlar bo‘limi tomonidan tasdiqlangan ishbay haqlar va tarif stavkalar qo‘llaniladimi?
Xodimlar bo‘limi tomonidan bir yilda kamida bir marotaba tanlab olib nazorat amalga oshiriladi
N
Ichki nazorat susaytirilgan, xatolar bo‘lishi mumkin
5. Ish haqidan ushlab qolishlar tekshiriladimi?
Bir yilda kamida bir marotaba tanlab olib nazorat amalga oshiriladi
N
Ichki nazorat susaytirilgan, xatolar bo‘lishi mumkin
6. Soliqlar bo‘yicha hisob-kitoblar, yagona ijtimoiy to‘lovlarni soliq idoralari tomonidan tekshirilganmi?
Hisobot yilida tekshiruv o‘tkazilmagan
N 2
Ichki nazorat susaytirilgan, xatolar bo‘lishi mumkin
7. Hisob-kitob-to‘lov qaydnomalari to‘g‘ri raqamlanganmi?
Ketma-ket raqamlash qo‘llaniladi N 4 Nazorat yetarli darajada 8. Mukofotlar, mehnat ta'tili, kassalik va- raqalari va boshqalarni hisoblash tartibiga rioya qilinadimi?
Rioya qilinadi, lekin korxonada to‘lovlar tartibi to‘g‘risida ichki Nizom ishlab chiqilmagan va tasdiqlanmagan
N 2
Ichki nazorat susaytirilgan, xatolar bo‘lishi mumkin
9. Ish haqi va boshqa to‘lovlar o‘z vaqtida to‘lanmagan holatlari bo‘lganmi?
Ha, bo’lgan N 2
Sabablarini aniqlash lozim
10. Ish haqini tayyor mah-sulotlar bilan to‘lash holatlari bo‘lganmi?
Ha, bo’lgan N 2
Soliqqa tortish to‘g‘ri
hisoblanganligini tekshirish lozim
11.
Ish haqi bo‘yicha hi-sobvaraqlarning o‘zaro bog‘lanish chizmasi ishlab chiqilganmi?
Yo‘q, ishlab chiqilmagan N 2 Schetlar korrespondentlan ishida xatolar bo‘lishi mumkin
12.
Ish haqini hisoblash bo‘yicha dastlabki hujjatlar, tahliliy va sintetik hisob ma'lumotlari solish-tiriladimi?
Chorak oxirida tanlab olib tekshiriladi
N 3 Tanlab olib tekshiruv o‘tkazish lozim
13 To’laxodjayeva M.M. Axmatjonov K.B. “Audit”(Darslik) Toshkent-2008. 321-bet 33
birday to‘g‘ri kelmasligi mumkin. Shu bilan birga, auditor tekshiruvni faqatgina savolnomada keltirilgan vazifalar bilan cheklamagan holda, yana qanday qo‘shimcha tekshiruv amallari qo‘llanilishi mumkinligini aniqlashi maqsadga muvofiq. Savolnomani to‘ldirgan auditor ichki nazorat tizimining sifatini baholaydi. Ichki nazorat tizimini noto‘g‘ri axborot yuzaga kelgani to‘g‘risida rahbariyatni o‘z vaqtida ogohlantirsa, shuningdek, noto‘g‘ri axborotni to‘g‘irlay olish darajasida sifatli bo‘lsa, ushbu tizim samarador hisoblanadi va audit tekshiruvida bu tizimga murojaat etish mumkin. Ichki nazorat tizimining samaradorligini baholash avvalo auditorlik dalillariga asoslanishi sabab, ichki nazorat tizimini tekshirish uchun mas'ul auditor ichki nazorat tizimiga doir audit dalillari yetarli miqdorda ekanligiga ishonch hosil qilishi lozim. Ammo dalillarning yetarliligini aniqlashning umumqabul qilingan usulbiyati mavjud emasligi sabab, bu vazifa auditorning shaxsiy muloxazasiga asoslanadi. Audit tekshiruvida ishtirok etayotgan auditor assistenti audit dasturida keltirilgan xar bir vazifani amalga oshirganini og‘zaki tarzda emas, balki tegishli ishchi qog‘ozlarda yozma tartibda bayon etadi. Katta auditor xam aynan shu ishchi qog‘ozlar asosida audit tekshiruvining AFMSga amal qilgan holda o‘tkazilayotganiga ishonch hosil qiladi, auditorlik firmasi rahbari xo‘jalik yurituvchi sub'yektning moliyaviy hisoboti to‘g‘risida auditorning xolis fikrini shakllantiradi va shakllangan fikrga mos keluvchi auditorlik hisoboti va xulosasini imzolash uchun asosga ega bo‘ladi. Ishchi qog‘ozlarning ana shunday katta ahamiyatga egaligi sabab, ular tegishli tartibda rasmiylashtirilib borilishi, ularda har bir bajarilgan auditorlik amali maxsus
raqamlashtirish tizimiga asosan kodlanishi kerak. Raqamlashtirishning axamiyati shundaki, auditor tekshiruv jarayonida o‘zi yoki tekshiruvda ishtirok etayotgan boshqa auditor tayyorlagan ishchi qog‘ozlarga qayta murojaat etishi zarur bo‘lganda kerakli ishchi qog‘ozlarni oson topish mumkin bo‘ladi. Shu bilan birga ishchi qog‘ozlarning kod raqami bo‘yicha joriy
34
va doimiy fayllarda arxivlash kelgusida shu mijoz korxonada o‘tkaziladigan audit tekshiruvi jarayonida ularga murojaat etilishinini soddalashtiradi. Audit tekshiruvini o‘tkazish davrida dastlab ma'lum bo‘lmagan, ammo keyinchalik yuzaga chiqqan holatlar, misol uchun mijoz tomonidan yashirilgan kreditorlik qarzlarining aniqlanishi sababli rejalashtirilgan audit amallarini o‘zgartirish zarurati yuzaga kelishi mumkin. Shunga mos ravishda dastlab tuzilgan audit rejasi va dasturini qayta ko‘rib chiqish lozim bo‘ladi. Demak rejalashtirish va dasturlash audit tekshiruvining dastlabki bosqichi hisoblansada, bu jarayon butun tekshiruv davomida takolmillashib boraveradi. Ammo, katta auditor reja va dasturdagi o‘zgarishlarning sabab va natijalarini ko‘rsatuvchi qo‘shimcha ma'lumotnoma tayyorlashi lozim.
Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling