Kafedrasi xaitov elbek panjiyevich


-rasm. Hisob-kitoblar auditini rejalashtirish


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/34
Sana25.11.2021
Hajmi0.89 Mb.
#177167
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   34
Bog'liq
hisob kitoblar auditi mavzusida dars otishda interfaol metodlardan foydalanib dars samaradorligini oshirish

2-rasm. Hisob-kitoblar auditini rejalashtirish

10

.

 

        Hisob-kitoblar auditini rejalashtirishning dastlabki bosqichida Auditor 

xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliya-xo’jalik faoliyati bilan tanishishi va 

quyidagilar to’g’risida axborotga ega bo’lishi shart: 

                                                           

9

 O’zR AFMS « Auditni rejalashtirish » (3-AFMS) // O’zR Adliya Vazirligi tomonidan10.11.1999 yilda 837-son 



10

 Muallif tomonidan  tayyorlandi 



Hisob-kitoblar auditini 

rejalashtirish. 

1-bosqichi  

Dastlabki 

rejalashtirish 

2- bosqichi  

Auditning umumiy 

rejasini tayyorlash va 

tuzish 

3- bosqichi  

Audit dasturini 

tayyorlash va tuzish 


27 

 

 Xo’jalik  yurituvchi  sub’ektning  xo’jalik  faoliyatiga  ta’sir  ko’rsatadigan, 



umuman,  mamlakat  (mintaqa)dagi  va  iqtisodiy  vaziyatni  va  uning  tarmoq 

xususiyatlarini aks ettiradigan tashqi omillar haqidagi

 Xo’jalik yurituvchi sub’ektning xo’jalik faoliyatiga ta’sir ko’rsatadigan, uning 

individual xususiyatlari bilan bog’langan ichki omillar haqidagi; 

 Auditor quyidagilar bilan ham tanishishi kerak: 

a) xo’jalik yurituvchi sub’ektning tashkiliy-boshqaruv tuzilishi; 

b)  ishlab  chiqarish  faoliyati  turlari  va  ishlab  chiqarilayotgan  mahsulot 

nomenklaturasi; 

v)  kapital  tarkibi  va  aktsiyalar  kursi  (xo’jalik  yurituvchi  sub’ekt  aktsiyalari 

kotirovkalanishi kerak bo’lgan holda); 

g) mahsulot ishlab chiqarishning cheklanishi xususiyatlari; 

d) rentabellik darajasi

e) xo’jalik yurituvchi sub’ektning asosiy xaridorlari va ta’minotchilari; 

j) tashkilot tasarrufida qoladigan foydani taqsimlash tartibi; 

z) shu’ba va tobe tashkilotlar mavjudligi

i) xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan tashkil etilgan ichki nazorat tizimi; 

k) xodimlar mehnatiga haq to’lashni shakllantirish qoidalari. 

 

       Xo’jalik yurituvchi sub’ekt to’g’risida axborot olish uchun manbalar: 



1. Xo’jalik yurituvchi sub’ekt ustavi; 

2. Xo’jalik yurituvchi sub’ektni ro’yxatga olish to’g’risidagi hujjatlar; 

3.  Kuzatuv  va  (yoki)  ijroiya  organlari  aktsiyadorlar  yig’ilishlarining  yoxud 

xo’jalik  yurituvchi  sub’ektning  boshqa  shu  singari  boshqaruv  organlari 

majlislari bayonnomalari. 

4. Xo’jalik yurituvchi sub’ektning hisob siyosatini va unga o’zgartirishlar 

kiritishni tartibga soluvchi hujjatlar; 

5. Buxgalteriya hisobotlari

6. Statistika hisobotlari; 

7.  Xo’jalik  yurituvchi  sub’ekt  faoliyatini  rejalashtirish  hujjatlari  (rejalar, 

smetalar, loyihalar); 



28 

 

8. Xo’jalik yurituvchi sub’ektning kontraktlari, shartnomalari, bitimlari; 



9. Auditor maslahatchilarining ichki hisobotlari; 

10. Ichki firma yo’riqnomalari; 

11. Soliq tekshiruvlari materiallari; 

12. Sud da’volari materiallari; 

13.  Xo’jalik  yurituvchi  sub’ektning  ishlab  chiqarish  va  tashkiliy  tuzilishlarini 

tartibga soladigan hujjatlar, uning filiallari va shu’ba jamiyatlari ro’yxati; 

14.  Xo’jalik  yurituvchi  sub’ekt  rahbariyati  va  ijrochi  xodimlari  bilan 

suhbatlardan olingan ma’lumotlar; 

15.  Xo’jalik  yurituvchi  sub’ektni,  uning  asosiy  uchastkalari,  omborlarini 

ko’zdan kechirishda olingan axborot. 

Hisob-kitoblar  auditini  rejalashtirishning  2-bosqichida  umumiy  reja 

tuziladi.(3-jadval) 

Rejalashtirish  jarayonida  kutilayotgan  audit  tekshiruvining  hajmi, 

muddatlari  belgilanadi,  shuningdek,  auditorlik  tashkiloti  tomonidan  xo‘jalik 

yurituvchi  sub'yektning  moliyaviy  hisoboti  yuzasidan  xolis  va  asosli  fikr 

shakllantirilishi  uchun  amalga  oshirilishi  lozim  bo‘lgan  umumiy  auditorlik 

amallari  (protseduralar)ning  turi  belgilanadi.  Rejalashtirish  jarayoni  “audit 

dasturi”  nomli  ishchi  hujjat  tayyorlanishi  bilan  o‘z  nihoyasiga  yetadi.  Audit 

dasturi  audit  rejasining  kengaytirilgan  shakli  bo‘lib,  audit  rejasida  tekshiruv 

yuzasidan  belgilangan  yakuniy  maqsadga  erishilishi  uchun  amalga  oshirilishi 

lozim  bo‘lgan  vazifalar  batafsil  yoritiladi.  Boshqacha  qilib  aytganda,    audit 

dasturi  audit  rejasiga  erishish  vositasidir.  Audit  dasturining  shakli  4-  jadvalda 

keltirilgan.  

Audit  tekshiruvini  o‘tkazish  jarayonida  auditor  auditorlik  dasturining 

nazorat vositalarining testlar dasturi ko‘rinishida va mohiyatiga ko‘ra auditorlik 

amallarining dasturi ko‘rinishida tuzilganligini tekshirishi lozim.  

Nazorat  vositalarining  testlar  dasturi  ichki  nazorat  va  hisob  tizimining 

faoliyati  to‘g‘risidagi  axborotni  yig‘ish  uchun  mo‘ljallangan  harakatlar 

majmuining ro‘yxatidan iborat. Nazorat vositalari testlarining to‘g‘ri tuzilishi va  



29 

 


Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling