Kafedrasi xaitov elbek panjiyevich


 Hisob-kitoblar auditi mavzusini interfaol metodlar asosida


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/34
Sana25.11.2021
Hajmi0.89 Mb.
#177167
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   34
Bog'liq
hisob kitoblar auditi mavzusida dars otishda interfaol metodlardan foydalanib dars samaradorligini oshirish

1.2. Hisob-kitoblar auditi mavzusini interfaol metodlar asosida 

o’rganishning nazariy va amaliy asoslari 

 Insonni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalash xalqimizning azaliy  

orzusi bo‘lib,  ajdodlarimiz ma'rifat, ma'naviyat va madaniyatni  qanday qilib 

yosh avalodga  o‘rgatish - ularni komillikka  yetaklash  yo‘llari, qonun - 

qoidalarini  mutassil izlaganlar.  



18 

 

Ma'lumki,  mamlakatimiz taraqqiyoti va kelajagi ta'lim - tarbiya  sohasidagi 



yuqori samaradorlikka  erishishga, ularning jahon  ta'limi  talablari bilan mosligi 

va amaliy  hayotdagi o‘rnini  qay  darajada topayotganligiga bog‘liq. 

Shu ma'noda ta'lim-tarbiya berish bo‘lajak mutaxassislarni yangicha sharoitlarda 

ishlashga  tayyorlovchi  innovatsion  jarayon  bo‘lib,  oldingi  egallagan  bilimlar 

asosida    ijobiy  pedagogik    samaralarni    beruvchi  yangicha    yondoshuv 

texnologiyalarini    yaratish  va  joriy    etishdan  iboratdir.  Bu  talablarni    bajarish 

ta'lim - tarbiya jarayonini ilm - fan va texnika - texnologiyalarning eng   so‘ngi 

yutuqlari  asosida,  zamon  talablarini  hisobga  olgan  holda    tashkil  etish 

muammosi mavjudligini  ta'kidlaydi. 

Shuning  uchun  ham,  har  qanday  o‘qituvchi  o‘quvchi-talabalarga  biror  bir 

fan  yoki  mavzu  bo‘yicha  ta’lim  berayotganida  uning  «Qanday  qilib,  qaysi 

usullar orqali bilim olish jarayonini faollashtirish mumkin?» - degan haqqoniy 

savolni hal qilish zaruriyati kelib chiqadi. 

 

Hozirgi  paytda  tayyor  bilimni  o’zlashtirish  asosiy  maqsad  bo’lmay,  eng 



asosiysi, talabalarning intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish, mustaqil tanlash 

va qaror qabul qilish ko’nikmasini hosil qilish ob’ektiv zaruriyatga aylandi. Bu 

maqsadni  amalga  oshirish  esa  ko’p  jihatdan  dars  o’tish    metodlarini  tanlashga 

bog’liq. 

Har qanday fanni o’rganishda turli metodlar qo’llaniladi. Buning sababi, 

 birinchidan,  dars  o’tishda  turli  uslublarni  qo’llash  uni  qiziqarli  bo’lishiga, 

talabalarni  diqqatini  o’tilayotgan  darsni  o’zlashtirishga  qaratiladi.  Bir  xil 

metodda  dars  o’tilaverishi  talabalarni  zeriktiradi.  Psixologlar  tadqiqotlariga 

ko’ra har qanday mohir o’qituvchi ham bir xil metodni qo’llab dars berar ekan, 

aytaylik,  ma’ruza  o’qir  ekan,  talabalar  dastlab  20  minut,  so’ngra  darsni 

tugashidan oldin 20 minut ma’ruzani diqqat bilan eshitar, kolgan paytda xayolga 

berilib ketar ekan.  

Ikkinchidan,  talabalarning  darsni  o’zlashtirish,  bilimni  qabul  qilish 

qobiliyatlari  har  xil  bo’lib,  turli  uslublarni  qo’llashgina  o’tilayotgan  mavzuni 

talabalar tomonidan nisbatan to’liq o’zlashtirishga olib keladi. Tadqiqotlar shuni  



19 

 

ko’rsatadiki,  bilimni  o’zlashtirish  jarayonida  mavzuni  tezroq  anglashga  bir  xil 



talabalarga bir uslub yordam bersa, ikkinchilariga boshqa uslub yordam beradi.   

Uchinchidan,  dars  o’tish  metodlari  talabalarni  fikrlash  doirasini 

shakllantirishga yordam beradi. 

Tajriba  shuni  ko’rsatadiki,  o’quvchi-talabalarni  barkamol,  chuqur  bilim 

egasi,  mustaqil  fikrlaydigan  inson  bo’lib  shakllanishi  faqat  individual 

xususiyatlariga bog’liq emas. Ta’sir ko’rsatadigan yana bir muhim omil, ta’lim 

berish  jarayonini  tashkil  etishdir.  Ta’lim  berish  jarayonini  tashkil    etishda  esa 

o’qitish shakllari va metodlari asosiy rol o’ynaydi. Ayniqsa, ta’lim metodlarini 

tanlash  katta  ahamiyatga  ega.  O’quv  metodlarini  tanlashda  esa  uning 

samaradorligini e’tiborga olish zarur. 

Mamlakatimizda  amalga  oshirilayotgan  siyosiy,  ijtimoiy,  iqtisodiy 

o’zgarishlar,  islohotlar  ta’lim  standartlarini  o’zgartirishga,  yangi  fan,  o’quv 

kurslarini  kiritishnigina  emas,  balki  dars  o’tish  metodlarini  ham  o’zgartirishni, 

talabalarni  darsga  qiziqib,  faol  qatnashishlarini  ta’minlaydigan  metodlarni 

qo’llash ehtiyojlarini keltirib chiqardi.   

Shuning  uchun  jahon  pedagogikasida  asosiy  e’tibor  talabalarda  ana  shu 

xislatlarni  hosil  qilishga  qaratildi.  Tajriba  talabalarda  aynan  ana  shu  xislatlar, 

ko’nikmalarni  hosil  qilishda  dars  berishning  interfaol  metodlarini    qo’llash 

ijobiy natija berishini ko’rsatdi. Bu uslublar dars o’tishni dialog tarzda amalga 

oshirishga,  ayniqsa,  talabalarni  darsga  faol  qatnashishlarini  ta’minlashga 

qaratilgan.   

Har  qanday  fandan  dars  o’tishda  turli  metodlarni,  ayniqsa,  interfaol 

metodlarni  qo’llash  zaruriyati  yana  shunda  ifodalanadiki,  birinchidan,  bunday 

metodlarni  qo’llash  darsni  qiziqarli  o’tish  va  talabalarni  darsga  faol 

qatnashishlarini,  ikkinchidan,  ularning  diqqatini  o’tilayotgan  darsni 

o’zlashtirishga qaratishlarini ta’minlaydi.  

         Dars  o’tishda  qo’llaniladigan  metodlarni  shartli  ravishda:  an’anaviy  dars 

o’tish  uslublari hamda  talabalar  faolligini oshiruvchi  interaktiv metodlarga 




20 

 

ajratish mumkin



7

.   


An’anaviy  dars  o’tishda  darsning  asosiy  maqsadi    ko’proq  tushuntirishga 

qaratilgan bo’lib, o’qituvchi  bilim beruvchi, o’quvchitalaba bilim oluvchi rolini 

bajaradi.  Ularni  o’rganilayotgan  mavzuni  qay  darajada  o’zlashtirganlarini 

nazorat qilish jarayonida bildirgan fikrlariga qarab aniqlanadi.   

Pedagoglar,  pedagog-olimlar  dars  jarayonida  o’quvchi,  talabalar  o’rtasida 

hamda ular bilan o’qituvchi orasida yuqori darajada hamkorlik o’rnatilsa, uni  

interfaol hisoblashadi.  

Interfaol ta’lim berish g’oyasining paydo bo’lshi 1990-yillarning o’rtalarida 

ya’ni  birinchi  internet  tarmog’i  va  veb-brauzerlarning  yaratilishi  bilan 

bog’lashadi. Bir qator mutaxassislar bu tushunchani “…kompyuter tarmog’i va 

internet resurslaridan foydalangan holda ta’lim berishdir” - deb tushuntiradilar

8

.  



Ushbu  tushunchani  quyidagicha  izohlash  mumkin  ya’ni  interfaol  ta’lim 

berish  –  birgalikda  harakat  qilish  qobilyati  yoki  biror  bir  narsa  (komyuter), 

shuningdek, biror kim bilan dialogga kirishish tartibidir. 

«Interfaol»  tushunchasi  ingliz  tilidan  kelib  chiqqan  bo’lib,  «interact», 

«inter»  -  o’zaro,  «act»  -  ishlamoq,  harakatlanmoq  ma’nolarini  anglatadi  ya’ni 

obyektlar  o’rtasidagi  xarakter  va  o’zaro  ta’sir  darajalari  kabi  tushunchalarni 

ochib beradi.   

Odatda bunday hamkorlik u yoki bu muammoni echish yo’llarini fikrlashib 

topishda,  qabul  qilingan  qarorni  qay  darajada  qo’llasa  bo’lishini  muhokama 

qilishda o’rnatiladi. Shunga alohida e’tibor berish kerakki, muhokama jarayoni 

uni javoblaridan ham muhimroq. Ta’lim  interfaol metodlarining maqsadi bilim 

berish  emas,  balki  o’quvchi,  talabalarda  mustaqil  ravishda  o’qish,  izlanish, 

savollarga javob topish, qaror qabul qilish ko’nikmasini shakllantirishdir.   

Dars o’tishning talabalar faolligini oshiruvchi interfaol metodlari ayrim 

adabiyotlarda  noan’anaviy  dars  o’tish  metodlari  deb  ham  ta’riflanadi.  Bu 

metodlardan avvallari ham foydalanilgan, lekin kamroq e’tibor berilgan. Hozirgi 

                                                           

7

 D.Tojiboyeva. “Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi”. O’quv qo’llanma. //Toshkent -2007, 83 bet. 



8

 Петякшева М.Г. “Интерактивные формы обучения на уроках истории”.// Старопестерево-2011, 79-лист.

 



21 

 

paytda  butun  dunyoda  interfaol  metodlarni  qo’llashni  dars  o’tishning  samarali 



metodi sifatida tan olinib, keng qo’llanilmoqda.   

Interfaol  metodika  o’zaro  hamkorlikning  nihoyatda  ko’p  usul  va  turlarini 

qamrab  oladi.  Lekin  metodik  usul  qanday  bo’lishidan  qat’iy  nazar,  o’quvchi 

talabalarning  tajribalari  asosiy  ta’lim  manbai  hisoblanadi.  Hamkorlik  asosida 

amalga oshirilayotgan metodlarning asosiy xususiyati shundaki, unda o’quvchi,  

talaba o’zi uchun nimanidir kashf qiladi.   

Interfaol 

metodlar 

«o’qishga 

va 


uqishga» 

o’rgatadi. 

o’quvchitalabalarning  nihoyatda  katta  intellektual  potentsialidan  foydalanish 



imkonini  beradi,    ularni  o’quv  jarayonida  faol  qatnashishlarini  ta’minlaydi. 

O’quv  jarayonida  nafaqat  hamkorlik,  balki  musobaqa,  bellashuv  elementlarini 

ham  qo’llash  imkonini  beradi.  Interfaol  metodlar  talabalarni  o’z  fikrini 

ifodalashi uchun keng imkoniyat yaratib beribgina qolmay, o’rtoqlarining fikri, 

asoslari,  dalillarini  tinglab,  o’z  fikridan  qaytishi  yoki  fikrini  tamomila 

o’zgartirishi  mumkin.  Interfaol  metodlar  boshqalarning  fikriga  hurmat  bilan 

qarashga, uni sabrtoqat bilan eshitishga ham  o’rgatadi. Auditoriyada hamkorlik 

muhitini yaratishning real imkoniyatini yaratadi.  

O’qituvchi  yaxshi  dars  berishning  tayyor  retseptiga  emas,  balki  interfaol 

metodlarga  asoslangan  ta’lim  texnologiyasiga  ega  bo’lishi  kerak.  U  ijodiy 

hamkorlikda  ishlashga  va  mas’uliyatli  qarorlar  qabul  qilish  uchun  tayyor 

turishga o’rgatadi.  

Ta’limning interfaol metodlari pedagoglarda:  

•  darsda o’rganilayotgan mavzuga qiziqish uyg’otishni ta’minlaydi;  

•  o’quv materialini puxta o’zlashtirish imkonini beradi;  

•  o’quvchi, talabaning tahliliy fikrlashini rivojlantiradi;  

•  barcha  o’quvchi,  talabalarni  o’quv  jarayoniga  tortish,  faolligini  oshirish 

uchun sharoit yaratadi;  

•  guruhda ko’ngildagidek ijobiy psixologik iqlim, muhit yaratadi.   

Dars o’tish metodlari turlicha bo’lib, ulardan ayrimlari quyidagilar:  




22 

 

  To’g’ridan  to’g’ri  bayon  qilish  uslubi.    Bu  model  (uslub)da    yangi 

tushunchalar,  navbatmanavbat,  astasekinlik  bilan,  mantiqiy  izchillikda  berib 

boriladi. Bu uslub ko’proq ma’ruza o’qiganda qo’llaniladi.  

  Guruhlarda  juftlik  yoki  kichik  guruhlarga  bo’linib  ishlash.  Bu  uslubda 

juftlik yoki kichik guruh bilan birgalikda qo’yilgan u yoki bu masalani, ma’lum 

belgilangan  vaqt  ichida  o’zaro  fikr  almashish,  muloqot  qilish  orqali  echish 

ko’zda tutiladi.  

  Intervyu  –  bir  yoki  bir  necha  kishilardan  axborot  olish  uchun  aniq 

maqsadga qaratilgan so’rov (savoljavob) o’tkaziladi.  

  Darsni aniq yo’naltirilgan (mo’ljallangan) savollar asosida olib borish. Bu 

uslubda  mavzu  bo’yicha  aniq  yo’naltirilgan  savollar    bilan  mavzu  muhokama 

qilinadi. O’qituvchi savoljavob, suhbatni boshqarib turadi.  

  Modellashtiruvchi  amaliy  o’yinlar  va  mashqlar.  Bu  uslubda  talabalar 

qatnashadi.  Modellashtirishda  abstrakt  uslublardan  foydalanib,  real  voqelikka 

iloji  boricha  yaqinlashtiriladi.  Bu  uslub  oson  tushunadigan  talabalarga  qo’l 

keladi.  Modellashtiruvchi  o’yinda  talabalar  o’zlari  belgilangan  rollarni 

bajaradilar.  O’z  xattiharakatlari  orqali    zarur  malaka  va  ko’nikmalarni 

egallashadi.   

Loyihalash  metodi  ta’lim  jarayonining  muhim    jihatlaridan  biri  bo’lib, 

o’qituvchining  talabalar  bilan  individual  ishlash  imkonini  beradi.  O’qituvchi 

dars  vaqtidan  unumli  foydalanib,  talabalarning  individual  psixologik 

xususiyatlarini  hisobga  olgan  holda  yakka  tartibda  ishlaydi.  Ularning  kasbiy 

fanlarni  chuqurroq  egallashlariga  kengroq  yo’l  ochib  beriladi.  Loyihalash 

ishlarini tashkil etishda didaktik vazifaning qo’llanilishi ko’rib chiqiladi. 

Masala  yoki  mashq  echish.  O’tilganlarni  nazariy  jihatdan  yodga  tushirib, 

berilgan  topshiriqni  bajarish.  Nazariy  bilimni  mustahkamlash  va  amaliy 

ko’nikmalarga ega bo’lishga qaratiladi.  

Tadqiqot metodi. Bu metodda biron muammo yoki gipoteza qo’yilib, 

guruh birgalikda tadqiqot o’tkazadi, mantiqiy xulosa chiqariladi, uni ilgari 

surilgan gipoteza bilan taqqoslaydi.  



23 

 

“Aqliy hujum”  metodi  muayyan muammo echish uchun talabalar o’rtasiga 



qo’yiladi.  Unda  har  bir  guruh  yoki  alohida  talabalar  tomonidan  fikr  va  

mulohazalar bildiriladi. Ular solishtiriladi va xulosa chiqariladi.  

  Konkurs(tanlov)lar o’tkazish. Ma’lum bir  mavzu yoki muammo bo’yicha 

talabalar olgan bilimlarini aniqlash va baholash uchun qo’llaniladi.  

  Dars o’tishda boshqa qator metodlar ham mavjud bo’lib, ularni o’qituvchi 

mavzuning mazmuni, guruhning tayyorgarligiga qarab, qo’llashi mumkin.   

Dars  berish  jarayonida  turli  metodlarni    qo’llashni  hozirgi  paytda  keng 

targ’ib qilinayotganiga qaramay hali kutilgan natijaga erishilgani yo’q. Buning 

qator sabablari quyidagicha:   

•    dars  jarayonini  turli  metodlar  asosida  tashkil  etish,  metodlarni  qanday 

qo’llash bo’yicha metodik qo’llanmalarning yo’qligi;  

•  interfaol  metodlarni  qo’llash  bo’yicha  o’tkaziladigan  darslarga 

tayyorgarlikning ko’p vaqt va mablag’ talab qilishi;   

•  interfaol  metodlarni  keng  qo’llash  uchun  barcha  oliy  va  o’rta  maxsus 

o’quv yurtlarida moddiy bazaning etarli emasligi;  

•  interfaol metodlarni keng qo’llab, dars o’tish o’qituvchidan chuqur bilim 

va mahorat talab qilishi;  

•    barcha  o’qituvchilarni  bunga  birday  jalb  qilishning  qiyinligi  va 

hokazolar.   

  Bundan  tashqari,  o’quv  jarayonini  tashkil  etishdagi  qiyinchiliklar  va 

kamchiliklar ham turli metodlarni qo’llab, dars o’tishga to’sqinlik qiladi.  

O’qish jarayonini tashkil etishdagi qiyinchiliklar:  

a) butun o’quv jarayonini tashkil qilishga tegishli;   

b) o’quv materialining ma’lum bir qismiga tegishli bo’lishi mumkin.   

Kamchiliklar esa:   

1) umumiy xarakterga ega bo’lgan;   

2) o’quv jarayonidagi individual to’siqlar;   

3) guruh tufayli kelib chiqqan qiyinchilik;  

4) dars jarayonini tashkil  qilishdagi qiyinchiliklar  tufayli  kelib  chiqqan 



24 

 

to’siqlar.   



Darsni  tashkil  qilish  bilan  bog’liq  qiyinchiliklar    shovqin,  dars  paytidagi 

tanaffus, darsni boshqalar tomonidan buzilishi tufayli kelib chiqishi mumkin.  

Dars  jarayonida  qo’llanishi  kerak  bo’lgan  texnik  vositalar,  darslik,  zarur 

o’quv qurollari etishmasligi kabilar ham qiyinchiliklar tug’diradi.  

O’qituvchininig  o’z  fanini  puxta  bilmasligi,  fanga  doir  yangiliklardan 

xabardor  emasligi,  o’zini  birorbir  aybi  bor  yoki  biror  narsa  etishmayotganday 

tutishi ham dars o’tishda qiyinchilik tug’diradi.  

Talabalarning darsda o’zini tuta bilmasligi, o’zaro raqobatlashuvi ham dars 

o’tkazishga  to’siq bo’lishi mumkin.  

Didaktik xarakterdagi kamchiliklar:  

   o’qituvchining hukmronlik rolini o’ynashi;   

   o’qituvchining o’zini tuta bilmasligi;  

   o’qituvchida sabrtoqatning etishmasligi;  

   xushmuomalalik, xushfe’llikning etishmasligi;  

   yordam berishga tayyor turishdagi kamchiligi;  

   xayrixoh  emasligi,  talabalarni  ko’rko’rona  so’zsiz  bo’ysunishga 

majbur qilishi kabilardan iborat.   

Dars  o’tishda  yuz  beradigan  turli  kamchiliklar  natijasida  talabalarning 

o’qishdan  ko’ngli  soviydi.  Bu  individual,  ruhiy  va  intellektual  qobiliyati 

darajasiga nisbatan o’zlashtirish darajasini tushib ketishida ifodalanadi.   

O’quv jarayonida to’sqinliklar yuz berganmi yo’qligini quyidagi mezonlar 

bo’yicha aniqlash mumkin:   

­  o’zlashtirish ko’rsatkichining pasayishi;   

­  darsga qatnashish darajasining pasayishi;   

­  materialni o’zlashtirish uchun ajratilgan vaqtda ulgurmaslik.   

Demak,  dars  jarayonini  tashkil  qilishda  o’qituvchi  iloji  boricha  ana  shu 

kamchiliklar yuz bermasligining oldini olishga harakat qilishi kerak.   

Darsda pedagog interfaol metodlarni qo’llashi uchun shaxsiy tajriba talab 

qilinadi. Interfaol  metod  va  ularni  qo’llash  haqida  ko’plab  o’quv, uslubiy 



25 

 

adabiyotlarni o’qish mumkin. Lekin ularni qo’llash malakasiga esa bevosita ana 



shu jarayonda o’zi qatnashibgina ega bo’lishi, ko’nikma hosil qilishi mumkin. 

Har  bir  insonning  hayoti  asosini  iqtisodiy  faoliyat  tashkil  etar  ekan, 

tabiiyki  har  bir  odamdan  iqtisodiy  fikrlashni  o’rganish  talab  etiladi.  Bozor 

iqtisodiyotiga  o’tish  bilan  bu  talab  yanada  kuchayib  bordi.  Yoshlarimizning 

yoshlikdan iqtisodiy  fikrlay  bilishi  uchun,  yurtimizda o’rta  maktabdan boshlab 

iqtisodiy bilim asoslarini o’rganishga kirishildi. 

Oliy  o’quv  yurtining,  ayniqsa,  iqtisodiy  yo’nalishdagi  o’quv  yurtining 

talabalari  esa  iqtisodiy  fikrlashgina  emas,  keng  doiradagi  iqtisodiy 

muammolarni aniqlash, tahlil qilish, iqtisodiy  rivojlanish tendensiyalariga baho 

berish, bu o’zgarishlar kelajakda qanday natijaga olib kelishi mumkinligini his 

qila bilishi, to’g’ri hisob-kitob qilishni o’rganishi zarur.  

Ayniqsa  iqtisodiy  fanlar  ichida  buxgalteriya  hisobi  va  audit  fanlari 

o’qitish, o’quvchi-talabalarga hisob sirlarini o’rgatish bugungi jahon moliyaviy 

–  iqtisodiy  inqirozi  sharoitida  bu  fanlarga  nisbatan  e’tibor  yanada  oshmoqda. 

Murakkab xo’jalik dunyosini aks ettiruvchi bu fanlarni o’rganish uchun to’g’ri 

metod tanlash muhim ahamiyatga ega. 

Xususan,  audit  fanining  hisob-kitoblar  auditi  hozirgi  butun  jahonda 

rivojlanib  borayotgan  xizmatlar  ko’rsatish  sektorida  dolzarb  tushuncha 

aylangan.  Yurtimizga  mustaqillikdan  so’ng,  chet  el  investitsiyalar  oqimining 

oshishi  hisob-kitoblar  auditiga  bo’lgan  talablarning  oshishiga  olib  kelmoqda. 

Shu  sababli  ushbu  fan  mavzusida  ta’lim  berishda  to’g’ri  metodlar  tanlanmasa, 

nazariy jihatdan o’qituvchining bilimi yuqori bo’lishidan qat’iy nazar, kutilgan 

natijani  bermaydi.  O’qituvchining  bilimi  pedagogik  mahorat  bilan 

qo’shilgandagina  o’quv  jarayonini  samarali  tashkil  etish  mumkin.    Buning 

uchun o’quv jarayonini tashkil etishning interfaol metodlari va ularni qo’llashni 

bilishi kerak.    

 

 

 




26 

 


Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling