Kafedrasi xaitov elbek panjiyevich
Download 0.89 Mb. Pdf ko'rish
|
hisob kitoblar auditi mavzusida dars otishda interfaol metodlardan foydalanib dars samaradorligini oshirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa va takliflar
“Aytsang, unutaman!
Ko’rsatsang, eslab qolaman! O’zim bajarib, anglab etaman!” kabi iborasida ham ta’lim jarayonini ko’proq ko’rgazmalilik asosida tashkil etish ta’lim jarayonini samarali bo’lishini ta’kitlab o’tilgan.
56
Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash joizki, hozirgi kunda ta’lim tizimida juda katta o’zgarishlar bo’lmoqda. Bugungi kun ta’lim tizimining bosh maqsadi har tomonlama yetuk kadrlarni yetkazishdir. Buning uchun ta’lim muassasalarida o’quv jarayonlari yangicha shaklda olib borilmoqda. Ilgargi an’anaviy usullardan zamonaviy pedagogik texnologiyalarga o’tilmoqda. Hisob-kitoblar auditi mavzusida dasr o’tishda interfaol metodlarni qo’llab dars samaradorligini oshirish mavzusida bitiruv malakaviy ishini yozish davomida kelgusida mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojiga ulkan hissa qo’shuvchi audit mutaxassislarini tayyorlashda ilg’or zamonaviy texnalogiyalar va metodlarini qo’llash nechog’lik muhim ekanligini tushunib yetdim. Talabalarga ”Hisob-kitoblar auditi” mavzusida dars o’tishda eng samarali metod bu loyihalash metodikasi hisoblanar ekan. “Hisob-kitoblar auditi” mavzusi audit fanining muhim mavzularidan biri sanaladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotning barcha sohalari samarali rivojlanishi uchun xo’jalik sub’ektlari hamkorlikda faoliyat yuritishlari zarur hisoblanadi. Hisob-kitoblar muomalalari korxonalar faoliyatining doimiy yo‘ldoshi hisoblanadi. Ammo, hisob-kitoblar muomalalarida to‘lov muddatining o‘tib ketishi korxonalarning moliyaviy holatining yomonlashuviga, ishlab chiqarish jarayonida uzilishlarning vujudga kelishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bular nafaqat korxonalar faoliyatida salbiy oqibatlarga olib kelishi bilan bir qatorda, byudjetga daromad tushishini kamaytiradi va mamlakat makroiqtisodiy barqarorligiga ham salbiy ta'sir etadi. Shu sababli ham korxonalarda hisob- kitoblar auditini o’tkazish muhim ahamiyatga ega. Talabalarga “Hisob-kitoblar auditi” mavzusini o’qitishda bir qancha metodlar va texnalogiyalardan foydalanish mumkin ammo, shunday bir usulni tanlash kerak ekanki, o’sha usul talabalarda hisob-kitoblar auditi mavzusida ko’proq ta’savvur hosil qilishga xizmat qilsin. “Hisob-kitoblar auditi” mavzusida dars o’tishda talabalarga amaliy ko’nikma berish, mavzuga 57
qiziqishini oshirish, mustaqil ishlashlariga majbur qilish, o’zaro fikr almashish bir vaqtning o’zida professor o’qituvchining talabalarni nazorat qilishi, talabalarga mavzuni tushunarliroq yetkazish imkonini berishda loyihalash metodikasi eng samarali metod hisoblanadi. Bitiruv malakaviy ishi bo’yicha fikrimizni umumlashtirar ekanmiz “Hisob-kitoblar auditi” mavzusida dars o’tishda loyihalash metodikasini qo’llash samaradorligini oshirish rejasida ta’kidlab o’tilgan fikrlarni yana bir bor eslab o’tish maqsadga muvofiq bo’ladi. Nafaqat “Hisob-kitoblar auditi” mavzusida dars o’tishda balki, boshqa mavzularda dars o’tishda har bir professor-o’qituvchi o’z o’ziga nimaga o’qitaman? nimani o’qitaman? qanday o’qitaman? natijasi qanday bo’ladi? kabi savollarni berishi va javob topishi muhim hisoblanadi. Yuqoridagi savollarga javob topish uchun talabalarga “Hisob-kitoblar auditi” mavzusida dars o’tishda loyihalash metodikasini qo’llash maqsadga muvofiq. Ayrim kamchiliklarga qaramay, “Hisob-kitoblar auditi” mavzusida dars o’tishda loyihalash metodikasini qo’llashning afzalliklari ko’p ekan. Bitiruv malakaviy ishining materiallari Qashqadaryo viloyati Yakkabog’ iqtisodiyot kollejida o’tkazilgan. Bitiruv malakaviy amaliyoti davomida o’quv- tarbiya jarayonlariga tatbiq etildi va pedagogik tajriba-sinovidan o’tkazildi. Mavzu bo’yicha amalga oshirilgan yondashuv ta’lim-tarbiya jarayonlarining sifat va samaradorligini oshirishga yordam berishi isbotlandi. Mavzu bo’yicha quyidagi metodik tavsiyalarni bildirishimiz mumkin: - Loyihalash metodida motivatsiya va tasavvurni shakllantirishga alohida e’tibor berish; - Loyihalarning mazmun-mohiyatini, maqsad
vazifalarini tushuntirish talabalarning kasbiy malaka-ko’nikmalarini shakllantirishga yordam berishi lozim;
58
- Loyihalarni rejalashtirish va tayyorlashni muvofaqqiyatli amalga oshirish iqtisodiy ta’lim tarbiyaning muhim sharti hisoblanadi; - Loyihalash metodini o’tkazish jarayonining o’ziga xos xususiyatlarini aniqlash va tushuntirish; - Loyihalash metodini oldindan tushuntirish ta’lim sifati va samaradorligi kafolati ekanligini inobatga olish; - Loyihalash metodini o’tkazishdan oldin uning didaktik va tarbiyaviy maqsadlariga alohida e’tibor qaratish lozim.
Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling