Kalandarova Munojatning "Dastlabki hujjatlashtirish"


Download 0.74 Mb.
bet21/41
Sana25.06.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1654629
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   41
Bog'liq
JASIRIN BUNKER Dastlabki hujjatlashtirish

Baliqchilik xo‘jaligi suv havzalarida korxonalar, inshootlar va boshqa obyektlarni joylashtirish, loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilish va ishga tushirish shartlari-Baliqchilik xo‘jaligi suv havzalarida yangi va ta’mirlangan korxonalar, inshootlar va boshqa obyektlarni joylashtirish, loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilish va ishga tushirish chog‘ida ushbu Qonun 15-moddasining talablariga rioya qilish bilan bir qatorda, baliq zaxiralariga yetkazilayotgan zararning o‘rnini qoplash, boshqa suv hayvonlari va o‘simliklarini muhofaza qilish hamda ularni asrash, qayta tiklash va ko‘paytirishni ta’minlaydigan tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish lozim.
Suv iste’molchilari-korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, fermer va dehqon xo‘jaliklari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, boshqa davlatlarning fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar suv iste’molchilari bo‘lishi mumkin.
Suv iste’molchilari uyushmalari-Suv iste’molchilari uyushmalari asosan gidrografiya prinsipiga yoki suv resurslarini oqilona boshqarish va ulardan oqilona foydalanishni ta’minlaydigan boshqa shartlarga muvofiq tashkil etiladi.
Fermer xo‘jaliklari, yuridik shaxs tashkil etgan holdagi dehqon xo‘jaliklari, shuningdek yuridik shaxs bo‘lgan boshqa suv iste’molchilari suv iste’molchilari uyushmalarining muassislari bo‘lishi mumkin.
Fermer va dehqon xo‘jaliklari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek boshqa suv iste’molchilari suv iste’molchilari uyushmalarining a’zolari bo‘lishi mumkin.
Suv iste’molchilari uyushmasi va uning xizmat ko‘rsatish zonasida joylashgan a’zolari, shuningdek boshqa qishloq va suv xo‘jaligi organlari hamda o‘zga yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi suvga doir munosabatlar shartnoma asosida tartibga solinadi.
Suvdan foydalanish turlari-suv obyektidan suv olish usuliga, suvlarning va suv obyektlarining holatiga ta’sir etilishiga qarab suvdan foydalanish suvdan umumiy va maxsus foydalanishga bo‘linadi.
Jismoniy shaxslar tomonidan suvlarning va suv obyektlarining holatiga ta’sir etuvchi maxsus inshootlar va qurilmalarni qo‘llamagan holda o‘z ehtiyojlarini hamda boshqa ehtiyojlarni qondirish maqsadida suvdan foydalanish suvdan umumiy foydalanishdir.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan suvlarning va suv obyektlarining holatiga ta’sir etuvchi maxsus inshootlar va qurilmalarni qo‘llagan holda amalga oshiriladigan suvdan foydalanish suvdan maxsus foydalanishdir. Suvdan maxsus foydalanishga ayrim hollarda maxsus inshootlar va qurilmalarni qo‘llamagan holda, ammo suvlarning va suv obyektlarining holatiga ta’sir etadigan suvdan foydalanish ham kiritilishi mumkin.
Suvdan umumiy va maxsus foydalanish turlari ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Suv obyektlari tanho yoki birgalikda foydalanishda bo‘lishi mumkin.
Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuridik yoki jismoniy shaxslarga butunlay yoki qisman foydalanishga berilgan suv obyekti tanho foydalaniladigan suv obyektidir.
Tanho foydalanishga berilmagan suv obyekti birgalikda foydalaniladigan suv obyektidir.
Suv obyektlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qishloq va suv xo‘jaligi, sanitariya nazorati, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, geologiya va mineral resurslar organlari bilan kelishilgan holda foydalanishga beriladi.
qishloq xo‘jaligi, ichimlik, davolash va maishiy ehtiyojlarini, aholining kurort, rekreatsiya va o‘zga ehtiyojlarini, sanoat, energetika, transport, baliqchilik xo‘jaligi hamda boshqa davlat yoki jamoat ehtiyojlarini qondirish uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan talablar va shartlarga rioya qilingan holda foydalanishga beriladi.
Oqindi suvlarni oqizish uchun suv obyektlaridan foydalanishga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda hamda maxsus talablar va shartlarga rioya qilingan taqdirdagina yo‘l qo‘yilishi mumkin.
Suv obyektlari bitta yoki ayni bir vaqtda bir nechta maqsadda foydalanishga berilishi mumkin.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling