Kalandarova Munojatning "Dastlabki hujjatlashtirish"


Download 0.74 Mb.
bet19/41
Sana25.06.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1654629
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   41
Bog'liq
JASIRIN BUNKER Dastlabki hujjatlashtirish

Boshlang'ich hujjatlar, hisob registrlari, buxgalteriya hisobotlari va balanslarining mavjudligini, ularning devonxonaga berilishini rasmiylashtirish va arxivga topshirishni korxonaning bosh hisobchisi ta'minlaydi. Ular buxgalteriya va korxona devonxonasidan tashqari boshqa bo'linma xizmatchilariga berilmaydi. Ayrim hollardagina faqat bosh hisobchining ruxsati bilan korxonaning boshqa bo'linmalari xodimlariga berilishi mumkin.
Buxgalteriyada har bir jarayon hisob-kitob qilinadi. Har bir kirib kelgan yoki chiqib ketgan pul oqimi maxsus hujjatlarni to’ldirish orqali qayd etiladi. Misol uchun, kassa kirim orderi yoki chiqim orderi. Bu moliyaviy hujjatlar korxona kassasiga naqd pullar chiqib ketishi yoki kirib kelishini nazoratda ushlash orqali hisobot tuzishda yordam beradi.

Quyida ulardan na’munalar keltirilgan.








Korxonaning yer va suv resurslaridan foydalanish holatini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlarini chuqur o’rganish
Reja:
1.“Suv va suv resurslaridan foydalanish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni.
2. Suv iste’molidan foydalanish huquq va majburiyatlar.
3. Yer resurslaridan oqilona foydalanish.
4. Qishloq xo’jaligida yerlardan unumli foydalanish samaradorligini oshirish.

Korxona yer va suv resurslaridan foydalanish holatini tartibga solish uchun me’yoriy huquqiy hujjatlar tashkil etishni tizimlashtirish maqsadida bir qator qonun va qarorlab ishlab chiqilgan.Misol uchun, O'zbekiston Respublikasining “Suv va suvdan foydalanish” to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni ishlab chiqilgan (1-modda O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-240-sonli Qonuni tahririda —O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda).


Unga ko’ra, ushbu Qonunning asosiy vazifalari aholi va iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlari uchun suvlardan oqilona foydalanishni ta’minlash, suvlarni bulg‘anish, ifloslanish va kamayib ketishdan saqlash, suvlarning zararli ta’sirining oldini olish hamda ularni bartaraf etish, suv obyektlarining holatini yaxshilashdan, shuningdek suvga doir munosabatlar sohasida korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, fermer, dehqon xo‘jaliklari hamda fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan iboratdir. O‘zbekiston Respublikasida suvga doir munosabatlar ushbu Qonun hamda unga muvofiq chiqariladigan suv to‘g‘risidagi boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida suvga doir munosabatlar, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
Suv O‘zbekiston Respublikasining davlat mulki — umummilliy boylik hisoblanadi, suvdan oqilona foydalanish lozim bo‘lib, u davlat tomonidan qo‘riqlanadi.
Shuningdek, Yagona davlat suv fondi:
-jilg‘alar, soylar, daryolar, suv omborlari, ko‘llar, dengizlardan, kanallar, kollektor-drenaj tarmoqlari, buloqlar, hovuzlarning suvlari va boshqa yer usti suvlaridan;
-yer osti suvlari, qor zaxiralari va muzliklardan iboratdir.
-Transchegaraviy suv obyektlarining (Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon daryolari, Orol dengizi va boshqa transchegaraviy suv obyektlarining) suvlaridan foydalanish huquqi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida belgilanadi.



Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling