Kalandarova Munojatning "Dastlabki hujjatlashtirish"
Korxonaning mehnat resurslaridan foydalanish holatini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlarini o’rganish
Download 0.74 Mb.
|
JASIRIN BUNKER Dastlabki hujjatlashtirish
Korxonaning mehnat resurslaridan foydalanish holatini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlarini o’rganish.
Reja: 1. Qishloq xo'jalik korxonalarida mehnatni tashkil etishning huquqiy asoslari 2. Ish yurituvchi xodimlar mehnatini tashkil etish. 3. Shaxsiy ish rejasini tuzish. 4. Xodimlar ishi bilan bog’liq hujjatlardan na’munalar. Qishloq xo'jaligida mehnatni tashkil etish mulkchilikning turli shakllariga – davlat, jamoa, kooperativ, xususiy, shahsiy, aralash shakllarga asoslangan bo'lib, ularning barchasi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga binoan teng huquqqa ega va bir xilda himoya etiladi. Mulkchilikning shaklidan qat'iy nazar qishloq xo'jalik ishlab chiqarishida mehnatni tashkil qilish xo'jalik yurituvchining xohishiga ko'ra yakka tartibda, oilaviy yoki jamoa asosida amalga oshirilishi mumkin. Qishloq xo'jalik ishlab chiqarishida mehnatni tashkil qilish qishloq sharoitining o'ziga xos xusiyatlari, iqlim sharoitlari, qishloq xo'jalik mahsulotlari yetishtirishning davriyligi, bu davrda ish vaqtining uzaytirilishi, dam olish kunlarining boshqa davrga ko'chirilishi kabi xusuiyatlar bilan xarakterlanadi. Qishloq xo'jaligida mehnatni tashkil etish O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Fermer xo'jaligi to'g'risida”, “O'zbekiston Respublikasida korxonalar to'g'risida”gi qonunlari, O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi, “Ijara to'g'risida”, “Tadbirkorlik to'g'risida”gi qonunlari har bir qishloq xo'jalik korxonasining ustavi hamda Ichki mehnat tartibi namunaviy qoidalarida belgilangan tamooyillar asosida amalga oshiriladi. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida ko'rsatilishicha, har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash huquqiga ega. Qishloq xo'jalik korxonalarida mehnatni tashkil etish asosan ijara, fermer, dehqon va yakka tartibda amalga oshirilmoqda. Qishloq xo'jalik korxonalarida ish vaqti – qishloq xo'jalik xodimi jamoat ishlab chiqarishida sarflashi zarur bo'lgan mehnat miqdoridir. Ish vaqtini me'yorlash qishloq xo'jalik xodimi o'z ish joyida bo'lishga va o'z vazifasini vijdonan bajarishga majbur bo'lgan vaqt davrlari bilan belgilanadi. Qishloq xo'jalik korxonalarida me'yoriy ish vaqtining davomiyligi olti kunlik ish haftasida kuniga yetti soat, dam olish va bayram kunlari oldidan esa olti soat qilib belgilanadi. Choravchilik va boshqa ishlab chiqarish jarayoni uzluksiz bo'lgan ishlarda, shuningdek dolzarb qishloq xo'jalik ishlarida qatnashayotgan mexanizatorlar uchun ikki yoki uch smenali ish vaqti tashkil etilishi mumkin. Bunday hollarda ishlab chiqarish xarakteriga qarab mehnatni tashkil etish grafigi tuziladi. Dehqon xo'jaliklari ish vaqtini o'zlari mustaqil tarzda belgilaydilar. Qishloq xo'jalik xodimlarining yillik haq to'lanadigan ta'tillari davomiyligi 24 ish kunidan kam bo'lmasligi kerak. Mehnatni muhofaza qilish tushunchasi O'zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to'g'risida”gi qonuniga ko'ra mehnatni muhofaza qilish deganda, insonning mehnat jarayonidagi xavfsizligi, sihat-salomatligi va qobiliyati saqlanishini ta'minlashga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-gigiyena va davolash-profilaktika tadbirlari hamda vositalari tizimi tushuniladi. Mehnatni muhofaza qilish O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Mehnatni muhofaza qilish to'g'risida”gi qonuni, Mehnat kodeksi, “Fermer xo'jaligi to'g'risida”gi qonun, fermer xo'jaligining namunaviy ustavi va boshqa me'yoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi. Mehnat intizomi deganda qishloq xo'jalik korxonalari xodimlarining O'zbekiston Respublikasi qonunlari, boshqa me'yoriy hujjatlar, qishloq xo'jalik korxonalari ichki mehnat tartibi qoidalarida belgilab qo'yilgan burchlariga og'ishmay rioya qilish majburiyatlari tushuniladi. Mehnat intizomi tushunchasi o'z ichiga qishloq xo'jalik xodimlarining o'ziga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarishi, mehnatga halol munosabatda bo'lishi, mehnat natijalarining sifat va samaradorligiga erishishi kabilarni o'z ichiga oladi. Qishloq xo'jalik korxonalarida mehnat intizomi bilan bog'liq bo'lgan munosabatlar O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi, shirkat xo'jaliklarining namunaviy ustavi, har bir korxonaning ichki mehnat tartibi qoidalari bilan tartibga solinadi. Bu me'yoriy hujjatlarda qishloq xo'jalik korxonalari xodimlarining burchlari, mehnat intizomini ta'minlash choralari, rag'batlantirish, intizomiy jazolar kabi munosabatlar tartibga solingan. Korxonalarda ishni tashkil etishda avvalo mehnatchini har tomonlama nazariy va amaliy jihatdan tayyorgarligi, qobiliyatini, tadbirkorilik faoliyatini o'rganish kerak. Kadrlar tayyorlash va uning malakasini oshirish muammosi har qanday korxonada mavjud. Ish samarasini oshirishda ishchi mehnatidan tejamli foydalaniladi. Ishchi kuchi malakasi va malakasiz bo'ladi. Malakasiz ishchi kuchi – maxsus professional tayyorgarlikka ega bo'lmagan kishilar, malakali ishchilar esa biror faoliyat sohasi bo'yicha maxsus bilim va amaliy malakaga yoki kasbga ega bo'lgan xodimlar tushuniladi. Korxonada har qanday mutaxassis ishga qabul qilinishidan oldin uning ma'lumotnomasi ko'rib chiqiladi. Rahbar tomonidan ishga olish ma'qullansa, umumiy bo'lim boshlig'i tomonidan quyidagi hujjatlar talab qilinadi: 1. Ariza. 2. Tarjimai hol. 3. Rasm. 4. Pasport. 5. Mutaxassisligi to'g'risidagi diplom. 6. Sog'ligi to'g'risidagi ma'lumotnoma. Ushbu hujjatlar topshirilgandan so'ng mutaxassis ishga qabul qilinadi. Ishga qabul qilinganligi to'g'risidagi buyruq tayyorlangan kundan boshlab ish faoliyatini boshlaydi. Asosiy ish haqini vaqtbay, ishbay yoki lavozimiga qarab haq to'lash stavkasi bo'yicha belgilanadi. Mukofotlar yil oxirida olingan yaxshi natijalar uchun butun bir jamoaga berilishi mumkin. Mehnatni ilmiy asosda tashkil etishda avvalo ishchilar ish joyini to'g'ri tashkil etish kerak. Har bir ishchiga uning bajariladigan ishiga qarab ish joyi taqsimlanadi. Korxonada aralash vazifani bajaruvchi ishchilar bir-birlariga yaqin joylashtiriladi. Ish yurituvchi xodimlar mehnatini tashkil etish. Korxonada ish yurituvchi xodimlar mehnatini tashkil etishning asosiy yo'nalishi quyidagilardan iborat: Ish vaqtini ratsional taqsimlash. Ish vaqtini ishlovchining qobiliyatiga va maqsadiga muvofiq tashkil etish ish unumini oshiradi. Ish vaqtini tashkil qilib o'z vaqtida tahlil qilish maqsadga muvofiqdir. Ish yurituvchi xodimlar uchun o'z vaqtlarini boshqarishning samarali tizimini yaratishdagi muhim vazifa mehnat faoliyati maqsadini aniqlash kerak. Ish faoliyatida mehnatchining maqsadi qisqa muddatga, ham uzoq muddatga mo'ljallangan bo'lishi mumkin. Maqsadlar asosida boshqarish qo'shimcha kuch sarflash bilan bog'liq emas, chunki ular rejalashtirish jarayonlariga asoslanadi hamda belgilangan harakatlar yoki tadbirlarning bajarilish muddatlari ko'rsatilgan bo'ladi. Rahbar tomonidan belgilangan maqsadlarni amalga oshirish quyidagicha bo'lishi kerak: • haqiqiy va aniq bo'lishi; • faoliyatni amalga oshirishga emas, balki natijaga erishishga qaratilgan bo'lishi; • vaqt jihatidan aniq muddat bilan o'lchanadigan va cheklanadigan bo'lishi. Maqsadlarni aniqlash – bu faqat boshlang'ich bosqichdir. Maqsadni amalga oshirish yuzasidan, harakat rejasinituzish kerak. Mavjud maqsadlar va vazifalarning muhimliligini aniqlash hamda ulardan qaysilari zarur, qaysilarini to'xtatib turish mumkinligini belgilab olish kerak. Muhimlilik darajasini aniqlash vazifasini muvaffaqiyatli hal qilish xodimning ishi samarali bo'lishiga kuchli ta'sir qiladi. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling