Kalandarova Munojatning "Dastlabki hujjatlashtirish"


Hududlarning davlat kadastri axborotini foydalanuvchilarga berish tartibi


Download 0.74 Mb.
bet26/41
Sana25.06.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1654629
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   41
Bog'liq
JASIRIN BUNKER Dastlabki hujjatlashtirish

Hududlarning davlat kadastri axborotini foydalanuvchilarga berish tartibi

  • Hududlarning davlat kadastrida saqlanadigan axborot ochiq hisoblanadi va undan hamma foydalanishi mumkin, tarkibida foydalanish cheklangan axborot bor bo‘lgan ma’lumotlar bundan mustasno.

  • Hududlarning davlat kadastrida saqlanadigan axborotni muhofaza qilish axborot munosabatlarining tegishli subyektlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

  • Hududlar davlat kadastrining davlat mulki yoki davlat yoxud tijorat siri hisoblangan axborotidan foydalanishga cheklovlar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda belgilanadi.

  • Hududlarning davlat kadastrida saqlanadigan va foydalanishga cheklovlar bo‘lmagan axborot:

  • davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, hududlar davlat kadastrining boshqa bazaviy subyektlariga — hududlarning davlat kadastri axborot resurslaridan ruxsat berilgan holda to‘g‘ridan to‘g‘ri foydalanish huquqini berish yo‘li bilan muntazam (doimiy) asosda;

  • manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarga — so‘rov bo‘yicha besh kun ichida, shuningdek tegishli darajadagi hududlarning davlat kadastri axborot resurslarini tasarruf qiluvchi tomonidan tasdiqlangan foydalanuvchilarning alohida toifalari ro‘yxatiga muvofiq hududlar davlat kadastri axborot resurslaridan ruxsat berilgan holda to‘g‘ridan to‘g‘ri foydalanish yo‘li bilan beriladi.

Hududlarning davlat kadastrida saqlanadigan va foydalanishga cheklovlar bo‘lmagan axborot:
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, hududlar davlat kadastrining boshqa bazaviy subyektlariga — to‘lovlar undirilmasdan;
manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarga — haq to‘lash evaziga beriladi. To‘lov miqdori, muddatlari va tartibi belgilangan tartibda “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.

  • Hududlarning davlat kadastrini yuritish uchun taqdim etilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi uchun ushbu ma’lumotlarni taqdim etish vakolatiga kiradigan vakolatli tashkilotlar va mansabdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.

  • Yuridik va jismoniy shaxslar hududlarning davlat kadastri davlat axborot resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanishda:

  • axborotni hujjatlashtirish, shakllantirish, undan foydalanish hamda davlat axborot resurslaridan foydalanishni tashkil qilish tartibi va talablariga rioya qilishga;

  • davlat axborot resurslarining axborot xavfsizligini ta’minlashga;

  • davlat axborot resurslarini shakllantirishda va ularning faoliyat yuritishini ta’minlashda litsenziyali dasturiy hamda sertifikatsiyalangan texnik vositalardan foydalanishga majburdir.

  • Yuridik va jismoniy shaxslar hududlarning davlat kadastri davlat axborot resurslarini shakllantirishda va ulardan foydalanishda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishlari mumkin.

  • Yuridik va jismoniy shaxslar hududlarning davlat kadastri davlat axborot resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanishda:

  • axborot bilan ishlash, davlat axborot resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanish qoidalari buzganligi;

  • davlat axborot resurslaridagi axborot o‘g‘irlaganligi, yo‘qotilganligi, buzilganligi, blokirovka qilganligi va qalbakilashtirilganligi;

  • mualliflik huquqlari va intellektual mulk to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi uchun javob beradilar.

  • Yuridik va jismoniy shaxslar hududlarning davlat kadastri davlat axborot resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanishda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa jihatlar yuzasidan ham javob berishlari mumkin.




Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling