Kalandarova Munojatning "Dastlabki hujjatlashtirish"


Download 0.74 Mb.
bet16/41
Sana25.06.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1654629
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   41
Bog'liq
JASIRIN BUNKER Dastlabki hujjatlashtirish

Yig'ma hujjatlar – bir nechta dastlabki hujjatlar ma'lumoti asosida yigilib tuzilgan hujjatlarga aytiladi. Bunday hujjatlarga kassirning kunlik hisoboti, moddiy javobgar shaxslarning hisoboti kiradi.
Masalan, korxona kassiri bir kundagi kirim va chiqim orderlari va boshqa xo'jalik operatsiyalari ma'lumotlariga asoslanib, ish kuni yakunida hisobot tuzadi va buxgalteriyaga topshirishi yig'ma hujjat bo'ladi.
Xo'jalik operatsiyalarini tuzishda buxgalteriya hujjatlari bir martalik va jamlanma hujjatlarga bo'linadi.
Bir martalik hujjatlarda ma'lum bir vaqtda amalga oshirilgan operatsiyalar. Bunday hujjatlarga kassa kirim va kassa chiqim orderi, materiallarni qabul qilish orderi, bajarilgan ishlarni qabul qilish dalolatnomasi va boshqa shunga o'xshash hujjatlar kiradi.
Jamlama hujjatlargahar xil vaqtlarda amalga oshirilgan bir xil xo'jalik operatsiyalari aks ettiriladi. Jamlama hujjatga misol tariqasida limit-zabor kartasini olish mumkin. Limit-zabor kartada ombordan muayyan ishlab chiqarishga bir oy davomida chiqarilgan bir necha materiallarning miqdori ko'rsatiladi. U oy davomida amalga oshirilgan xo'jalik operatsiyalarini isbotlash hujjati bo'lib xizmat qiladi.
Buxgalteriya hujjatlari tuzilgan joyiga qarab korxonaning o'zida va boshqa korxonalarda tuzilgan hujjatlarga bo'linadi.
Korxonaning o'zida tuzilgan hujjatlar – amalga oshirilgan xo'jalik operatsiyalarini aks ettiradi. Bunday xujjjatlarga kassa kirim orderi, bank hisobotlari kiradi. Shuning bilan birga korxonaga mol yetkazib beruvchilarning yuborgan schet-to'lovi, talabnomalari, spetsifikatsiyalari, kvitantsiyalari va boshqa korxonalarda tuzilgan hujjatlar bo'lib, korxonaning buxgalteriya hisobotlaridagi yozuvlari uchun asos bo'lib xizmat qiladi.
Auditor, bank va kredit hujjatlarini rasmiylashtirish. Korxonaning yillik, kvartallik moliyaviy holatini, iqtisodiy faoliyatini, buxgalteriya operatsiyalarini auditorlar tomonidan tahlil ishlari olib boriladi.
Auditor, bank, kredit hujjatlari xo'jalik operatsiyalarining amalga oshirilganligini qayd qiladi. Korxona hujjatlarini tuzish, qabul qilish, saqlash va buxgalteriya hisobida qayd qilish tartibi “Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanishi haqida nizom” bilan o'rnatilgandir. Shu qoida talablari asosida tuzilgan hujjatlar buxgalteriya hisobi registrlariga qayd qilinadi. Amalga oshirilgan xo'jalik operatsiyalari haqida ma'lumotlar uchun asos bo'lib hisoblanadi.
Korxonada quyidagi rekvizitlar bo'lgan hujjatlar huquqiy kuchga ega bo'ladi: hujjatning nomi, shaklning kodi; hujjat tuzilgan sana; xo'jalik operatsiyasining mazmuni; xo'jalik operatsiyasi (miqdor va qiymat ifodasi) o'lchovi; xo'jalik operatsiyasining amalga oshirilishi va uni to'g'ri rasmiylashtirish uchun javobgar shaxslarning mansablari, nomlari, imzolari va ularning rasshifrovkalari. Bundan tashqari, zarurat tug'ilsa, hujjatda yana quyidagi qo'shimcha rekvizitlar ham bo'lishi mumkin: hujjatning raqami; korxonaning nomi va manzili; hujjatda qayd qilingan xo'jalik operatsiyasini amalga oshirish asosi; hujjatlashtirilayotgan xo'jalik operatsiyalarining xarakteri bilan aniqlanadigan boshqa qo'shimcha rekvizitlar. Hujjatlarni arxivda saqlash davrida ulardagi yozuvlar uchib ketmaydigan bo'lishi kerak. Korxonalarda bosh hisobchi bilan kelishilgan holda hujjatlarga imzo chekish huquqi berilgan shaxslarning ro'yxati tuziladi. Bu ro'yxat korxona rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Buxgalteriyaga kelib tushgan hujjat shakli va mazmuni bo'yicha tekshiriladi. Hujjat shakli bo'yicha tekshirilganda uning to'la va to'g'ri rasmiylashtirilganligi va hujjat rekvizitlarining to'ldirilganligi tekshiriladi. Ishlangan hujjatlarning qayta ishlatish imkoniyatini yo'qotish maqsadida ularga quyidagicha belgi qo'yiladi. Hujjat qo'lda hisoblangan bo'lsa, u holda hujjatga uning ma'lumotlari hisob registriga yozilgan sana yozib qo'yiladi; hujjat hisoblash mashinalarida hisoblangan bo'lsa, u holda hujjatga uni ishlagan javobgar nazoratchining shtampi bosiladi.
Buxgalteriyada hisoblash texnikasi vositalari yordamida ma'lumotlarni ishlash uchun moslashtirilgan hujjatlar qo'llaniladi. Hisoblash mashinalariga moslashtirilgan hujjatlarni saqlash va ulardan foydalanish bilan bog'liq bo'lgan masalalarni yechishda hisoblash texnikasi vositalari bilan yaratilgan hujjatlarni tanlab olish, arxivda saqlash uchun qabul qilish va ularni foydalanuvchilarga berish haqidagi qoidaga asoslaniladi.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling