Kalandarova Munojatning "Dastlabki hujjatlashtirish"


Download 0.74 Mb.
bet14/41
Sana25.06.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1654629
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   41
Bog'liq
JASIRIN BUNKER Dastlabki hujjatlashtirish

Hujjatlashtirish yordamida xo'jalik mablag'larining harakatini to'g'ri hisobga olish, shuningdek, bir moddiy javobgar shaxsdan ikkinchisiga o'tkazishda moddiy qiymatliklarning butligi ta'minlanadi. Shuning uchun ham xo'jalik operatsiyalarini hujjatlashtirish natijasida mol-mulk qo'riqlanadi. Hujjatlashtirilgan barcha ma'lumotlar korxonalarning hamma ishlari hisob-kitobi ustidan xo'jalik rahbari nazoratni olib boradi. Bundan tashqari nazorat organlari ham buxgalteriya ishlarining qonuniyligini asoslash imkonini beradi. Hujjatlashtirish yordamida hamma hisob-kitoblar amalga oshiriladi. Xo'jalikning ishlab chiqarish moliyaviy natijalari aniqlanadi. Har bir xodimning mehnat natijalari, xarajat va daromad ko'rsatkichlari aniqlanadi.
Buxgalteriya sohasida natura o'lchovi, mehnat va pul o'lchovlaridan foydalaniladi. Har qanday xo'jalik operatsiyasi albatta pulda ifodalanadi. Shuning uchun ham buxgalteriya hisobi pulli hisob turi deb yuritiladi.
Demak, hujjatlashtirish xo'jalikda amalga oshirilgan xo'jalik operatsiyalari ustidan nazorat o'rnatish bilan birga, iqtisodiyotni tartibga soladi.
Auditor, bank va kredit hujjatlarini turkumlanishi
Buxgalteriya hisobida hujjatlar turli xususiyatlarga qarab turkumlarga ajratiladi. Barcha hujjatlar buxgalteriya hisobida bajaradigan vazifalariga, tuzilish joyiga, xo'jalik operatsiyalarini aks ettirish miqdorlariga qarab quyidagi 5 ta turkumga bo'linadi: 1. Farmoyish hujjatlari; 2. Tasdiqlovchi hujjatlar; 3. Kombinatsiyalashtirilgan hujjatlar; 4. Buxgalteriyada rasmiylashtirish hujjatlari; 5. Axborot hujjatlari.
Farmoyish hujjatlariga – kassaga naqd pul olishga yozilgan cheklar, vakolatnomalar, qarorlar operatsiyasini bajarish uchun korxona ishchisiga rahbar tomonidan berilgan buyruqlar, naryadlar va boshqa hujjatlar kiradi. Farmoyish hujjatlarda berilayotgan topshiriqning mazmuni, bajarilish muddati, tartibi, shuningdek, bajaruvchi shaxs ko'rsatilgan bo'ladi. Bunday hujjatlar asosida buxgalteriya schetlarida qayd qilinmasdan, xo'jalik rahbari xodimlari faoliyati yuzasidan nazorat o'rnatish mumkin.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling