Kalandrlash haqida tushuncha


Download 411.36 Kb.
bet2/4
Sana18.02.2023
Hajmi411.36 Kb.
#1213633
1   2   3   4
Bog'liq
Kalandrlash haqida tushuncha

Ekstruziya. Termo‘lastik polimerlarni har xil profilga ega bo‘lgan teshiklar orqali uzluksiz siqib chiqarish va uni sovitish ekstruziyalash deb ataladi. Bu usul bilan quvurlar, pardalar, list, plyonka, shlanglar, kabel simlarining ustini qo‘lash uchun polimerlar va uzunasiga ulchanadigan turli xil buyumlar olinadi.
Ekstruziya jarayoni ekstruder deb ataluvchi mashinalarda amalga oshiriladi (2-rasm). Ekstruderlar har xil: bir chervyakli, ikki cher-vyakli, diskli va kombinirlangan bo‘ladi.
Ekstruder, asosan, quyidagi qismlardan iborat: stanina, unda isitiladigan silindr joylashtiriladi; silindr, uning ichki qismida bitta yoki ikkita chervyak urnatiladi, -chervyaklar elektr dvigatelga ulangan; silindrda isitish va sovitish sistemasi mavjud.
SHakllash uchun maxsus qoli‘dan foydalaniladi. Masalan, quvur olish uchun mundshtuk va dorndan iborat profil beradigan qo‘shirncha uskuna yasaladi.
Ekstruziyalash uchun material granula o‘ziatida mashina bunkeri orqali isitiladigan silindrga tushadi. U yerdan oquvchan o‘ziatga o‘tgan issiq material aylanib turuvchi shnek vositasida oldinga surilib, mashinaning bosh qismiga urnatilgan qoli‘ orqali siqib chiqariladi.
Demak, ekstruderning vazifasi polimerni silindr buylab siljishi, uning yumshashi va gomogenlashishga o‘tishini tag‘minlash,

2-rasm. Ekstruder sxemasi

3-rasm. CHervyakning zonalarga bo‘linishi.
undan tashqari silindr ichida gidrostatik bosim paydo qilishdan iborat. Bosim polimer oqishi va uning kallak orqali shaklga aylanishi uchun xizmat qiladi.
Isitiladigan silindr, chervyak singari, shartli ravishda uch zonaga bo‘linadi (3-rasm).
1-zona - granulaning silindrga tushishi hamda uni oldinga siljishi va zichlashish zonasi.
2-zona - siqish zonasi, bu zonada polimer sekin-asta issiqlik tag‘sirida yumshaydi va plastiklanadi. Jarayon berilayotgan issiqlik va materialning ichki ishqalanishi natijasida. Hosil bo‘ladigan issiqlik tufayli amalga oshadi.
Polimerlar suyuqlanganda hajmi kamayadi, shu tufayli bu zonada chervyak kanalining chuqurligi kamayib borishi reja-lashtirilgan.
Oxirgi 3-zona - meg‘yorlash deb ataladi. Bunda bo‘tun chervyak-vint kanali buylab suyuqlangan polimer bo‘ladi va bu suyuqlanma qoli‘ga siqib chiqarib beriladi.
Ekstruziyalashning texnologik parametria™. Bo‘larga quyidagilar kiradi: silindrda va kallakdagi suyuqlanmaning harorati; suyuqlanmaning kallakdagi bosimi, shnekning aylanish tezligi (chastotasi).
O‘timal rejimni belgilashda termo‘lastning turi, uning molekular massasi, kom‘ozitsiya tarkibi, buyumning ulchami va shakli, foydalanilayotgan uskuna turlari va hokazolami hisobga olish kerak.
Quvur va shlanglar ishlab chiqarish uchun halqasimon tug‘ri oqimli kallaklardan foydalaniladi. Uning tuzilishi 4-rasmda keltirilgan.


Download 411.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling