Ishning bajarilish tartibi.
Tajriba uskunalari: silindrik freza; toretsli freza; burchak o’lchagich — 2 dona; koordinata metodlari bilan burchaklarni o’rnatish uchun moslama; shtangentsirkul.
Frezani o’lchash usullari.
Frezaning diametri va uzunligini shtangentsirkul orqali o’lchab olamiz, ayrim xollarda mikrometr bilan o’lchanadi. Oldingi va orqa burchaklari esa burchak o’lchagich bilan o’lchanadi.
1 burchak o’lchagichni aylana qismida lineyka joylashgan 3, kaysiki freza tishlarining bittasiga tayanib turadi. Yarim aylanada sektor xarakatga keladi 2 va burchak 4 lineyka chizig’i bo’yicha xarakatga keladi.
Burchak o’lchagichi yordamida freza burchaklarini o’lchash
Vintli ariqchani kiyalik burchaklarini univeral (a) va mayatnikli (b) burchak o’lchagichlar bilan o’lchash sxemasi
Oldingi burchagini o’lchash oldingilarga uxshash bo’lib, freza tishining oldingi yuzasi bilan burchaklari bir biri ustida yotqiziladi.
Burchak rasmda ko’rsatilgandek universal (a) va mayatnikli (b) burchak o’lchagichlar bilan o’lchaniladi.
Nazorat uchun savollar
Freza nima?
Frezalarning konstruksiyasini chizmada keltiring?
Frezalar yeyilishiga nimalar ta’sir qiladi?
Freza geometriyasini keltiring va freza turlarini sanab o’ting?
AMALIY ISH №6
JILVIRLASHDA XARORATGA KESISH ELEMENTLARINING TA`SIRI
Ishdan maqsad: – Tabiiy termopara yordamida temperaturani aniqlashni o’rganish, abraziv ishlov berishda kesish chuqurligi, surish tezligi, kesish tezligini temperaturaga bog’liqligini emperik formulalardan foydalangan xolda aniqlashni tekshirish.
Ishning mazmuni:
1. Tabiiy termopara bilan kesishdagi temperaturani o’lchashni o’rganish
2. eksperimentlar o’tkazish va grafik va formulalar yordamida kesishdagi temperaturani kesish rejimi elementlariga V, S va t ta`sirini o’rganish.
Do'stlaringiz bilan baham: |