Kalit so’zlar : Mungli ko’zlar, roman, bolalar, tarbiya, ko’ngil. Kirish


ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA


Download 21.5 Kb.
bet2/2
Sana16.01.2023
Hajmi21.5 Kb.
#1095050
1   2
Bog'liq
Xajinazarov Abdulla 911-22 guruh

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Bu asar Zafar obrazi tomonidan hikoya qilinib berilgan. “Ha men 16 yoshimda qamoqqa tushib qoldim.” Asar shu so’zlar bilan boshlanadi. 16 yoshga to’lgan Zafar bu kunlarni yaxshi eslashini aytishdan boshlaydi . 8-sinfni bitkazib oxirgi Rus tilidan bo’lgan imtihondan chiqib uyga keladi. Bu kun uning boshiga turli azob-uqubatlar soladigan tuhfalar kutib turgandi. Bu kun bir koshona siri fosh bo’ldi. Zafarlar oilasi birdan tanazzulga yuz tutadi: ota pora bilan qo’lga tushadi, noqoquniy savdo bilan shug’ullanuvchi tillafurush onaning jinoyatlari fosh bo’la boshlaydi. Ro’y bergan falokat erka farzandlarni hang-mang qilib qo’ydi. Akbar xonasiga qamalib , indamas bo’lib qoldi, Zafar dam xolasi, dam pochchasi bilan hali bu mahkamaga , hali bu idoraga qatnardi. Zufar o’zi bilan o’zi bo’lib qoldi. Nigora e’tiborsiz qolib ketdi. Fojea chuqurlashdi: ona qamoqxonada vafot etdi. Bolalar go’yo osmondan yerga quladilar: qon qaqshab , yetim bo’lib qoldilar. Bu qamoqqa olinishda Akbarning ham hissasi borligi uni yuragini sezardi. Uning faqatgina ota-onasiga bu ishlar yomonligini eslatib qo’yish edi. Chunki ular rostakamiga poraxo’r va chayqovchi edi. Bu bo’lsa ota-onasini qamoqqa tushishiga, onasining vafotiga, ukasi Zufarning bebaxt o’limiga , Nigoraning og’ir dardga chalinishiga , Zafarning jinnixonalarda so’ngra kaloniyalarda umr o’tkazishiga va o’zining hayotdan to’yib o’zini yoqib yuborishiga sababchi bo’ldi. Bu payt yordamga oshiqqan Ataullo muallim edi. U bilan ko’pchilik odamlardan tavsiyanoma olish uchun harakat qildi. Bir paytlar ota-onasi uchun jonini beruvchilar endi Zafarga ola ko’z bilan qarashardi . Otasining aytgani bilan Zafar Badalovich, Muhammedovlardan otasining pulini so’rab boradi. Ular esa rad javobini berishdi. Alamzada Zafar ularning uyiga o’t qo’yadi. Voqealar rivoji shu zaylda davom etadi. Albatta Badalovichlar ham buni o’z holiga qo’yib qo’yishmasdan Zafarni oxir oqibat qamatishgacha borishdi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Albatta bo’lgan voqealar odamni halol yashashga chorlaydi. Inson farzandi oldida faqat moddiy majburiyatlari bor deb o’ylasa adashadi. Vaqtida berilgan tarbiya, albatta, kun kelib uning o’ziga qilinadigan muomalada aks etadi. Balki , biz hikoya qilayotgan narsalar kimningdir hayotida sodir bo’lgandir, bu bizga a’yon emas. . "Bu shunday yo‘lki u xuddi ajdarhoga o‘xshaydi kirganni butkul kuydirib nobud qiladi. Oxir oqibat shunday bo‘ldi. Zafar qamoqdaligi paytida ham qilgan ishlari barchasi xato ekanini tushunib yetib halol yashayotgan qo‘shnisiga havas qiladi va o‘zi ham chiqqandan keyin qishloqqa qaytib halol yashashga qaror qiladi. Bosh qahramoni bundan aniq xulosa chiqargandi. “Bu yerdan eson-omon chiqsam, sen orzu qilgandek, halol yashayman,eshityapsanmi,akajon halol yashayman!Bu gapni men senga, mana, yig’lab aytyapman. Haromxo’rlikka qarshi kurashaman,ehtimol,orzum ulashib, prokuror bo’larman. Lekin kurashaman, qattiqroq kurashaman…” Bu gaplar inson bolasini o’ylantiradi, mushohadaga chorlaydi. Bunday ijtimoiy muhitda ulg’ayotgan muxitda ulg’ayotgan bolalar albatta ruhiy ziddiyatlar girdobida qolishi tabiiy. Xudoyberdi To’xtaboyev bu romani bilan bola ruhini parvarishlab , go’zal ishlov berish, ham uni tanazzulga boshlab borish ham ijtimoiy muxitdan ekanligiga ishora qiladi.



XULOSA
Asarda "… jinoyat bilan qonun olishadi, shafqatsiz olishadi. Pul goh vositachilik qiladi, goh sudyalik degan gap keltirib o‘tilgan. Bu fikr asar yozilganiga 30 yildan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lsa ham hayotimizda uchrab turibdi. Bu esa bizning kuni kelganda eng og’ir va nozik nuqtamiz . Bunga faqatgina haqiqiy komil tarbiya topgan bolalar qarshi tura oladi. Bola tarbiyalash og’ir ish. Buning uchun avvalo ota-ona tarbiya ko’rmog’i darkor.Biz istasak istamasak ham ota-onamizning aksiga aylanamiz. Bunday qobiqni yorib chiqish, ota-ona tarbiyasidagi nuqsonlarni o’ziga singdirmaslik katta jasorat talab etadi. Akbar bo’lsa buni uddalay oldi. Hayot bizni bundan ham qiyin sovg’alari bilan kutib turgandir. Bu bizga sir, yagona Haqga ayon. Nima bo’lgan taqdirda ham halol yashash umringizga baraka, yuzingizga nur, farzandlaringiz ardog’ini, oxiratda ulug’ martaba beradi. Har kimning o’z xulosasi bo’ladi va u boshqalarniki o’xshamaydi. Xulosa sifatida shuni aytolaman-ki farzandi uchun topayotgan pullariga ozgina mehr ham sotib olishsin. Bu farzand uchun eng zo’r tanlov bo’ladi.
Mungli ko’z asar nomiga loyiq holda asardagi bolalarni ham ko’zlari mo’ltiragan holatda ko’z oldingizda gavdalantiradi va o’zingiz ham shu holatga tushasiz.Har kim ham hayoti davomida ma’lum muddat bo’lsa ham mungli ko’zlar sohibi bo’ladi. Sabablar har xil lekin birgina ko’ngil azoblanadi.
ADABIYOTLAR RO’YHATI.
To’xtaboyev,X.(1991). Mungli ko’zlar.Kamalak.
Download 21.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling