Kalit so’zlar: ilmiy tadqiqot, litsenziya, patent, muallif, Annotatsiya
Download 44.72 Kb.
|
1 2
Bog'liqErgashev Javohir. Innovatsiya tezis
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
Mualliflik huquqi- gʻoya (fikr) yoki maʼlumotning maʼlum bir koʻrinishdagi ifodalanishini tartibga soluvchi ekskluziv huquqlar majmuidir. Umumiy qilib aytganda, soʻzma-soʻz „koʻchirish (nusxa olish)ga boʻlgan huquq“dir. Asosan, bu huquqlar cheklangan muddatli boʻladi. Mualliflik huquqi belgisi boʻlib, baʼzi bir yurisdiksiyalarda qoʻshimcha ravishda yoki bilan ham ifodalanishi mumkin.
Mualliflik huquqi belgisi Patent (lotincha: patens — ochiq, aniq, ravshan) — texnik yechim yoki ixtironing davlat tomonidan eʼtirof etilganligini va ixtirochining oʻz ixtirosiga olgan mutlaq huquqini tasdiqlovchi hujjat. Patent olish jarayoni, patent oluvchining maʼsuliyatlari va eksklusiv huquqlari turli mamlakatlarda turlichadir. Shunday boʻlsa ham, har bir patent olish uchun yozilgan arizada ixtironing biror-bir yangilik kiritayotgani haqida maʼlumot boʻlishi kerak. Koʻp mamlalakatlarda berilgan eksklusiv huquqlar boshqalar patentlangan ixtironi ruxsatsiz yasashi, qoʻllanishi, sotishi yoki tarqatishi oldini oladi. Faoliyat turiga qarab litsenziyani olish uchun hujjatlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar tadbirkorning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish: ● litsenziyalovchi organ tomonidan 10 ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda; ● sud tomonidan 10 ish kunidan ko‘p bo‘lgan muddatga amalga oshirilishi mumkin. Litsenziyaning amal qilishi to‘xtatiladigan holatlar: ● litsenziya talablari va shartlari buzganligi aniqlanganda; ● litsenziyalovchi organning aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha chiqargan qarori litsenziat tomonidan bajarilmaganda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n to‘rtinchi yalpi majlisida «Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ko‘rib chiqildi. Ta’kidlanganidek, bugungi kunda litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor etish masalalari 2 ta qonun, Oliy Majlisning 1 ta qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 7 ta Farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasinig 2 ta qarori hamda boshqa bir qator idoraviy hujjatlar bilan tartibga solinib kelinyapti. Xususan, 2000-yilda qabul qilingan «Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 12-maydagi «Amalga oshirilishi uchun litsenziya talab qilinadigan faoliyat turlarining ro‘yxati to‘g‘risida»gi Qarori shular jumlasidan. Masalaga oid qonunchilik hujjatlarining ko‘pligi tadbirkorlik sub’ektlari va aholi uchun turli noqulayliklarni keltirib chiqarishi bilan birga korrupsiya holatlarining ham yuzaga kelishiga omil bo‘lishi mumkin. Ushbu holatlar Senatning Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi tomonidan 2019-yilda Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti bilan birgalikda o‘rganib chiqilib, Vazirlar Mahkamasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiladigan yangi tahrirdagi qonun loyihasini kiritish tavsiya etilgan edi. Shunga ko‘ra kiritilgan Qonun amaldagi ikkita qonun, Oliy Majlis Qarori va boshqa qonunchilik hujjatlarini birlashtirish orqali sohada zamon talabiga mos, sodda tizimni yaratmoqda. Qonun bilan litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillaridan o‘tishning faqat elektron tarzda ishlaydigan maxsus - «Litsenziya» axborot tizimi orqali (shuningdek, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali) amalga oshirilishi mustahkamlab qo‘yilmoqda. Foydalanilgan adabiyotlar 1. https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Ilmiy_tadqiqot 2. https://yuz.uz/uz/news/litsenziyalash-ruxsat-berish-va-xabardor-qilish-tartib-taomillari-togrisidagi-qonun-maqullandi Download 44.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling