Kalit soʻzlar: lanshaft, joy, urochishe, fatsiya, deygish hodisasi, voha, eroziya, deflyatsiya Kirish
« Zamonaviy dunyoda tabiiy fanlar: Nazariy va amaliy
Download 0.75 Mb. Pdf ko'rish
|
ZDTF8015
« Zamonaviy dunyoda tabiiy fanlar: Nazariy va amaliy
izlanishlar» nomli 8-son ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiyasi 1. Viloyatning eng shimolida joylashgan Sulton Uvays tizmasining bir bo'lagi Yumurtov landshafti. Uning eni 1-1,5 kilometr, uzunligi 5 kilometrdan iborat. U paleozoy erasida xosil bo'lgan. Oʻsimliklari boyalich, yantoq. Relyefi kuchli yemirilgan. 2. Viloyatning ichki qismida orollar tarzida qolgan va deyarlik yoʻqolgan kichik-kichik qumlar. Bu yerda asosan oq saksovul,iliq, juzgʻunlar koʻp uchraydi. Bu hududlar viloyatning Daryoliq, Davdon, Amudaryoning eski qism va oʻzanlariga toʻgʻri keladi. Masalan, Bekobod qumlari( Urganch tumani) bunga misol boʻladi. Xozirgi kunda bu lanshaftlar deyarli oʻzlashtirilib boʻlingan, ularning aksariyat qismi sholizorlarga aylantirilgan. 3. Toʻqay oʻsimliklaridan tashkil topgan lanshaftlar. Ular asosan Amudaryo qayirlarini ishgʻol etgan. Bu yerda botqoq oʻtloq, botqoq allyuvial tuproqlar keng tarqalgan. Bu lanshaftlar Amudaryoning qirgʻoqlaridagi terassalarda joylashgan. 4. Delta tekisliklaridagi sugʻoriladigan shoʻrxok tuproqli joylar. Bu landshaft turi viloyatning sharqiy qismlarida mavjud o'tloq allyuvial shar boʻlib juda oz 1-1,5 foiz maydonni ishgʻol qiladi. 5. Deltaning eng past yerlaridagi changalzorlar bilan band boʻlgan joylar. Bu yerda o'tlok-taqir va qumlok tuproqlar tarqalgan, ular juda oz maydonlarni ishgʻol qiladi. zalashtirib dehqonchilik qilish mumkin[1]. Yuqorida keltirilgan jami 5 ta lanshaft hududlaridan tashqari yana 6 ta lanshaft hududlaridan iborat. Bundan koʻrinib turibdiki Xorazm viloyati lanshaftlari asosan 11 xildan iborat. Bu lanshaftlarini deyarli barchasi oʻzgarishda davom etmoqda. Bu oʻzgarishlarning asosiy sababi inson omili hisoblanadi. Masalan quyida toʻqay lanshaftlarining qisqarishiga toʻxtalsam. Xozirgi kunda toʻqay lanshaftlari deyarlik yoʻqolish arafasiga kelib qolgan sababi qishloq xoʻjaligi yerlarining maydonini kengayishi bilan koʻpchilik toʻqaylar, chala qumliklar va boshqa hududlarni yerlarga aylantirib madaniy ekinlar ekilmoqda. Bu esa oʻz navbatida lanshaftlarning ham oʻzgarishiga sabab boʻladi. Undan tashqari lanshaftlarning oʻzgarishida asosan 2 ta omil eng asosiy oʻrinni egallaydi. •Birinchi omil: Bu biz biladigan antropogen omil hisoblanib bunda viloyatning balki butun dunyo lanshaftlarini va manzaralarini oʻzgartirib yubormoqda. Xorazm viloyatida ham aynan shunday antropogen landshaftlar koʻpayib bormoqda. •Ikkinchi omil: Tabiiy omil boʻlib bunda asosan viloyatning yer osti suvlarining yer yuzasiga yaqinligini aytish mumkin. Sababi quyosh nurlari taʼsirida suv bugʻlanib ketadi undagi tuz va boshqa moddalar tuproqda qolib ketadi va lanshaftlarning oʻzgarishiga olib keladi. Masalan, bir vaqtlar koʻl boʻlgan hududdagi suv quyosh nuri taʼsirida bugʻlanib ketgan boʻlsa, uning oʻrnida yangi lanshaftlar hosil boʻladi. Birinchi navbatda koʻlning atrofidagi lanshaftlar oʻzgarishga uchraydi. Keyin asta sekin uning qurigan tubida ham oʻzgacha lanshaftlar hosil boʻladi. Yuqorida aytib oʻtilganidek viloyatning lanshaftlari ham oʻzgarishda davom etmoqda. Lanshaftlarning oʻzgarishi eng avvalo fatsiya misolida, keyinchalik urochishe miqdorida va joy soʻngra lanshaft miqdorida oʻzgarishda boʻladi. Xorazm viloyatida lanshaftlarning oʻzgarishida Deygish hodisasining ham ahamiyati katta. Deygish — daryoning kuchli oqimi va suv sathining keskin oʻzgarishi natijasida qirgʻoqlarning shiddatli yuvilishi. Oqim bilan yuvilgan qirgʻoq oʻpirilib, suv qayir tomon suriladi, sohil zonasida joylashgan ekinzorlarni yuvib, irrigatsiya inshootlarini vayron qiladi, xalq xoʻjaligiga katta zarar yetkazadi. Oʻtmishda Xorazm vohasidagi tabiiy ofat turlaridan biri |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling